3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Saidova Parvina

INSON MA’NAVIYATI
Tarixga nazar tashlasak, bizning ota-bobolarimiz ming yillar oldin o‘zlarining tarixiy yodgorlik manbalarida, buyuk mutafakkirlarimiz esa o‘zlarining ilmiy asarlarida ta’lim-tarbiya haqidagi pedagogik ta’limotlariga duch kelamiz. Ushbu ta’limotlarda ma’naviy kamolot va tarbiya haqida alohida so‘z yuritilgan. Dastavval, xalqimizning ilk yozma yodgorligi “Avesto”ga murojaat qilganimizda, inson odob-axloqi, ma’naviyati quyidagi “uchlik”da aks ettirilgan21 (1-rasm):

GVARSHTA (YAXSHI ISH) – insonning o’z xatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so’zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo’l-yo’riqlarga og’ishmay amal qilish va h.k

GUMATA (YAXSHI FIKR) – yaqin kishilarga mehribonlik qilish, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va h.k.




GUGTA (YAXSHI SO’Z) – o’z va’dasiga rioya qilish, so’zning ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo’lishga, qarzini o’z vaqtida to’lash, o’g’rilik va talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan o’zini tiyish va h.k.



1-rasm. “Avesto”ning ma’naviy-axloqiy uchligi.
Qarangki, oradan ming yillar o‘tgan bo‘lsada, hali hanuz bu ta’limotning mohiyati bugungi davr talabida ham o‘z ahamiyatini yuqotmagan. “Avesto”dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo‘lsa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo‘lib tushadi. Ushbu ma’naviy-axloqiy uchlik g'oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo‘lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G'arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo‘lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g'oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo‘lishiga olib kelgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo‘riqlariga binoan, inson tomonidan o‘z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan.
“Avesto” o‘zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bir necha ming yillik kishilik taraqqiyotida sivilizatsiyaviy ta’sir ko‘rsatgan, butun borliq, mavjudot, jimladan, inson mohiyati bilan bevosi bog’liq bo‘lgan buyuk qardiyat. U asotiriy-diniy qarashlarga asoslanghan bo‘lsa-da, tub mohiyati bilan dunyoviy tafakkurning noyob,o‘ziga xos, barkamol majmuasi, fundamental qarashlarga asoslangan, qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk yodgorlikdir”22.
Xalq og'zaki ijodi namunalarida jasurlik, mardlik, sadoqat, insoniylik, xushxulqlilik xislatlariga ega bo‘lgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush tarzi hamda odamlar o‘rtasidagi munosabatlar mazmuni insonlarda ana shunday sifatlarning shakllanishini taqozo etgan. Bilimlilik, xushxulqlilik, muayyan kasb yoki hunarga ega bo‘lish inson ma’naviy kamolotini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblangan.
Islom manbalarida islomiy g'oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ'ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go‘zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ'ib etadi. “Qur’oni Karim”ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo‘ladi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, buyuk muhaddis Imom Buxoriy axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik – mana shu to‘rt xislatni Alloh taolo senga bergan bo‘lsin, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir, deb yozadi. Shuningdek, ilm olish fazilatlari haqida shunday aytiladi: “Ilmga amal va rioya qiluvchi bo‘linglar, uni faqat hikoya qiluvchi bo‘lmanglar”23, - deyiladi (637-hadis). Hadislarda ilmning kishilarni fahm-farosatli, o‘tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan bo‘lsa ham borib o‘rganinglar”, - deya da’vat etiladi. “Olim bo‘l, ilm beruvchi bo‘l yoki ilm o‘rgatuvchi bo‘l yoki tinglovchi bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, halok bo‘lasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli bo‘lish insonni falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg'u beriladi (41-hadis). Bir qancha hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Xususan, “Ilm ibodatdan afzal va u taqvo dinining ustunidir”24 (268-hadis). Biroq ilmning manfaatsiz holda sarflashdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi va ilm ahlini ana shunga da’vat etiladi (173-hadis), haqiqiy komil insonning bilimga boy, xushxulq, sog'lom bo‘lishi (182-hadis), uni faqat foydali ishlar va insonlarning farovon hayot kechirishlari yo‘lida sarf etish kerakligi ham uqtiriladi: “Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing!”. Rasulloh sallallohu alayhivassalamning sahobalari yoshlari ulg'ayganda ham ilm o‘rganganlar. Ma’lumki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undab kelgan. Ilm-fan, ma’rifat taraqqiy etgan jamiyatgina ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. Ko‘rinib turibdiki, islom dini ta’limotiga ko‘ra, bilim va aqliy kamolot inson yetukligining asosiy mezoni sanalgan.
Ilm-fan taraqqiyoti insonning axloqiy kamolga yetishida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bois “Qur’oni Karim”da xulq-odob qoidalari majmuining yaratilishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Muayyan shaxs, jamiyatning ravnaq topishida axloqning o‘ziga xos o‘rni tavsiflanadi. Zero, o‘zi yashab turgan jamiyat a’zosi bo‘lgan har bir kishining axloqsizligi jamiyatga sezilarli darajada zarar yetkazsa, axloqli kishilar uning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shadilar. Islom ta’limotida ilgari surilgan g'oyalardan yana biri va uning eng muhim tarkibiy qismi poklik va tozalikka rioya qilishdir. Xulosa qilib aytganda, Islom va uning asosiy ta’limoti mujassamlash-gan Qur’oni Karim insonda aqliy, axloqiy hamda jismoniy xislatlarni shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, komil insonni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, bu fazilatlar sirasiga quyidagilar kiradi, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda, asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi (1.1.1-jadval):

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin