3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə7/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Saidova Parvina

Abu Rayhon Beruniy bilim olishni ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog'laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Beruniyning inson kamolotida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muhim o‘rnini ta’kidlagan. Beruniy fikricha, axloqlilik insonning eng asosiy sifati bo‘liishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi, deydi u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezondir.
Insonning ma’naviy-axloqiy kamolga yetishi muammosi ta’lim-tarbiyada markaziy masala bo‘lib kelgan. Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to‘sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg'onchilik, munofiqlik, manmanlik, takabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, boylikka ruju qo‘yish va ta’magirlik, g'azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi. Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor bergan. Har bir axloqan barkamol inson o‘zining turmush tarzini uyg'un, go‘zal eta oladi. Uyg'unlik, go‘zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi - ozodalik, tarbiyalilik bo‘lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi, deydi. Shuning uchun inson o‘z tabiatiga yoqadigan ishlami bajarishi zarur, deb ko‘rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go‘zalligi, turmush tarzidagi go‘zallikning uyg'un bo‘lishi talab etiladi. Bunga inson kiyadigan kiyimidan kundalik turmushdagi yurish-turushi, so‘zi, qalbi, qilgan ishi - hammasining go‘zal bo‘lishi ta’kidlangan. Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri oliyjanoblik deb ko‘rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo‘lishi bilan birga, mehnatsevar va hunar egasi bo‘lishi ham kerak, deydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida, inson kamolga etishining eng muhim omillari ilm-ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim metodlari haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o‘ziga xos maktab yaratdi. Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigienasi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida yaxshilik, to‘g'rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, olijanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik, go‘zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog'lab tushuntirgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari faqat o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero, uning o‘zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy me’ros qoldirdi. Beruniy Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan bin sifatida nom qozondi. Mashhur sharqshunos olim J.Sarton jahon fani tarixida XI asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. Uni o‘z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin