O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy darajasi ijtimoiy munosabatlar jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo‘lgan yondashuvida namoyon bo‘ladi;
O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyoti darajasiga bog’liq;
O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamoloti obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarlarning o‘zaro uyg’unlashuvi asosida tashkil etiladigan uzluksiz, tizimli ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi natijasida vujudga keladi;
O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabatlarning yo‘lga qo‘yilishida ijobiy natijalarga olib keladi;
Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi (3-rasm)38:
. 3-rasm. Ma’naviy tarbiya indikatorlari shakllantirish bosqichlari.
Bizning tadqiqot mavzuyimiz Konsepsiyaning uchinchi bosqichni birinchi davri – 7(6) – 10 yosh boshlang’ich sinflarni o‘z tarkibiga qamrab oladi. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish bugun kunda ta’lim muassasalarining rahbariyati, ta’lim beruvchilar mas’uliyatini yanada oshiradi. Ularga yuklangan vazifalarning samaradorligini oshirishda tinmay mehnat qilish vazifasini yuklaydi. Ta’lim berish uchun avvalo ta’lim beruvchida puxta bilim, yuqori malaka, kasbiy va hayotiy tajribalarga ega bo‘lgan mahorat hamda kompetentlik bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarni tarbiyalashda quyidagilarni hisobga olishi kerak39: