3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


-rasm. Boshlang‘ich sinflarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishdagi asosiy jihatlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə18/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Saidova Parvina

1.3 . 1-rasm. Boshlang‘ich sinflarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishdagi asosiy jihatlar.
Ushbu ko‘rsatilgan jihatlar asosida 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarining shakllanganligini aniqlashtirish oldimizga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Biz tadqiqotimizni tadqiqot obyektimiz bo‘lgan Termiz shahar 16, 13 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Uzun tumanidagi 5, 9 - umumiy o‘rta ta’lim maktabda 1-4-sinf o‘quvchilarida ushbu jihatlarning qay darajada shakllanganligini o‘rganib chiqdik. Kuzatishlarimiz davomida ko‘rsatilgan jihatlardan kelib chiqib ayta olamizki, ayrim o‘quvchi-yoshlarda o‘z-o‘zini real baholash, yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini-o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi, o‘zaro axloqiy munosabatlarining yaxshi emasligini ko‘rishimiz hamda bu jihatlar ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarimizning hayotda o‘z o‘rinlarini topishdalarida, mustaqil, ijobiy qarorlar qabul qilishda, jamiyatga nafi tegadigan faol shaxslar bo‘lib yetishida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishni inobatga olib, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablar o‘quv rejasiga “Tarbiya” fani kiritildi. Bu fanning asosiy mohiyati kichik yoshdan boshlab ma’naviy tarbiya xislatlarini singdirish, o‘quvchilarga puxta bilim berish, muvaffaqiyatga erishish motivini kuchaytirish, mehnatsevarlikka o‘rgatish, kasbga yo‘naltirish, o‘zaro hamkorlik qilish, kattalar bilan ijtimoiylashuv jarayoni, milliy qadriyatlarni o‘rganish, ajdodlarning boy ilmiy merosidan foydalanish, ma’naviy-axloqiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish kabi bir qancha vazifalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi kunda yoshlarga o‘rtasida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni singdirish bugungi ota-ona, o‘qituvchi-murabbiy va tarbiyalanuvchilarning burchi hisoblanadi.
Kuzatishlarimiz davomida biz 1-4-sinf o‘quvchilarini uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” darsliklarini o‘rganib chiqdik. Darsliklarda ma’naviy tarbiya indikatorlari mavzular doirasida kiritilgan. Unda pedagogik ta’sir etish usullari orqali tushuntirib o‘tilgan, ibrat-namuna vositasida misollar keltirib o‘tilgan. Boshlang’ich sinflar (1-4-sinf) uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” darsligida biz quyidagi ma’naviy tarbiya indiaktorlari ko‘rsatilganini aniqlab chiqdik (1.3.1-jadval):

1.3.1-jadval

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin