3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


-rasm. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlaydigan test turlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə26/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Saidova Parvina

2.1. 2-rasm. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlaydigan test turlari.
O‘quvchi-yoshlarimizni jamiyatimizga yot illatlardan asrab-avaylashimiz uchun tizimli tarbiyaviy metodikalardan foydalanishimiz lozim. Bunda ta’lim muassasasalari, oila, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish lozim. Buning uchun yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy qarashlar ko‘lamini kengaytirish, sayqallashib qolgan uslublardan voz kechib, yangi, zamon talablariga mos keladigan tizimli metodikani, pedagogik treninglarni ishlab chiqish kerak. Tizimli reja asosida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etishlari kerak. Turli xildagi o‘quvchilar ma’naviy olamini boyituvchi klub tadbirlari tashkil qilinib, unda ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy o‘qishlar, turli madaniy tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash zarur. Bu klublar faoliyati viloyat, shahar, tumandagi pedagogik tashxislash, o‘quvchi-yoshlarni reabilitatsiya qilish markazlari tomonidan nazorat olib borishlari kerak45.
Ta’lim-tarbiya jarayonining dolzarb muammolarini, o‘quvchilarda uchraydigan nuqsonlarni tezkorlik bilan tugatish uchun metodik ishlarning istiqbolini belgilash lozim. Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni tarbiyalashda metodik xizmat tizimi o‘qituvchi faoliyatini ham tashxis qilishni nazarda tutadi. Yoshlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, ularning sog'lom irodali bo‘lishlari uchun tarbiyaviy tadbirlarni yosh xususiyatlariga mos ravishda bir qator bosqichlarda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, biz ilmiy tadqiqotimiz davomida boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda quyidagi bir necha interfaol matodlardan foydalandik. Ushbu metodlar o‘quvchilardagi ma’naviy tarbiya mezonlarini aniqlashimizda yaqindan yordam berdi
GUGURT DONALARI” STRATEGIYASI
“Gugurt donalari” strategiyasi o‘quv materiallarining o‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan qay darajada egallanganligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Strategiya o‘quvchilarga o‘quv materialining mavzusidan kelib chiqqan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash, tahlil qilish, ta’riflashda yordam beradi. Shuningdek, strategiya mashg‘ulot davomida har bir o‘quvchiga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu strategiya o‘quvchilarda bir qator tarbiyaviy xarakterdagi, ya’ni: mustaqil ishlay olish; muloqatga kirishuvchanlik; xushfe’llik; o‘zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatning samarali bo‘lishiga qiziqish va intilish; o‘zini o‘zi baholash kabi sifatlarni shakllantirishga yordam berdi.
Strategiya qo‘llanilgan mashg‘ulot o‘quvchilarni o‘rganilgan yoki o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga olish, to‘plangan fikrlashni umumlashtirish, ularni yozma ravishda yoki rasm, chizma, tasvir, sxema, model ko‘rinishida ifodalashga o‘rgatadi. Mazkur strategiya juftlik, kichik guruhlar yoki jamoada tashkil etiladi. O‘quvchilar tushunchalarni yozma ravishda ta’riflaydi va ularni taqdimot asosida jamoaga namoyish qiladi. Mashg‘ulotda strategiyani qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin