3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


-rasm. “Gugurt” strategiyasining qo‘llanish tartibi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə27/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Saidova Parvina

3-rasm. “Gugurt” strategiyasining qo‘llanish tartibi.
Izoh: o‘quvchilar tomonidan tanlangan har bir gugurt donasi yoki oddiy cho‘p bittadan tushunchani ta’riflash shartligini anglatadi. Shunga ko‘ra o‘quvchilar agarda ikkita gurut donasini tanlagan bo‘lsa, u holda ikkita tushunchani ajratib ko‘rsatib, ularni ta’riflaydi. Gururt donalari sonining ortib borishiga ko‘ra tushunchalar soni va ularga beriladigan ta’riflar miqdori ham ko‘payib boradi.
BUMERANG” STRATEGIYASI
Texnologiya o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida ma’naviy tarbiya indikatorlari haqida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, yodda saqlash, so‘zlab berish, fikrlarni erkin bayon etish, qisqa vaqt ichida ko‘p bilimga ega bo‘lish, o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilar faoliyatining birdek baholanishi uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiya o‘qituvchiga ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish xususidagi bilimlarni tarqatma materiallar berilib o‘quvchilar tomonidan guruhli, individual shaklda samarali o‘zlashtirilishini, auditoriyada tashkil etiladigan suhbatning munozaraga aylanishini ta’minlash orqali ularning faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Bu texnologiyadan suhbat-munozara shaklidagi darslarda individual, juftlik, guruhli va jamoaviy shakllarda foydalanish mumkin. Boshqa interfaol metodlar kabi ta’lim jarayonida mazkur texnologiyani qo‘llash ham muayyan tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni:


4-rasm. “Bumerang” strategiyasining qo‘llanish tartibi.
DEBAT” METODI
“Debat” (fransuzcha “debattere” so‘zidan olingan bo‘lib, “debas” – “bahslashmoq”) texnologiyasi yig‘ilish, majlis yoki mashg‘ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro bahs uyushtirish, ularning o‘zaro fikr almashishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘quv mashg‘ulotlarida debat quyidagi tartibda uyushtiriladi:


5-rasm. “Debat” metodining qo‘llanish tartibi.
ZAKOVATLI ZUKKO” STRATEGIYASI
Bilimlarni puxta o‘zlashtirishda o‘quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish qobiliyatlariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu strategiya o‘quvchilarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Uni qo‘llash o‘z xohishiga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi.
Bunda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan ma’naviy tarbiya indikatorlari va ma’naviy fazilatlar haqidagi savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri, aniq javob qaytara olishlari zarur. Murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o‘quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Mashg‘ulotlarda strategiyani qo‘llash orqali o‘quvchilarning tafakkur tezligi quyidagi sxemaga asoslanuvchi faoliyat yordamida aniqlanadi:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin