3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə30/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Saidova Parvina

Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat boladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ulami anglab yetishdan iboratdir. Ushbu jarayon nafaqat ijobiy xislatlarni shakllantirishni, balki salbiy sifatlarni bartaraf etishni, har qanday axloqsiz xatti-harakatlarga qarshi kurashga o‘quvchilarni undashni ham ko‘zda tutadi. Ma’naviy tarbiya jarayonida o‘quvchi (tarbiyalanuvchi)nng o‘z-0o‘zini tarbiyalashni kuchaytirish katta ahamiyatga ega. Ma’naviy tarbiya jarayonida barakamol shaxs tarbiyalanib voyaga yetkaziladi.
O‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasini amalga oshirish quyidagi tamoyillarga muvofiq yo‘lga qo‘yiladi:

  1. Ma’naviy tarbiyaning ijtimoiy-g’oyaviy asosga ega ekanligi.

  2. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiyaning izchil, tizimli, uzluksiz tashkil etilishi.

  3. Ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya g’oyalarining aniq maqsadga yo‘naltirilganligi.

  4. O‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishga har tomonlama (kompleks) yondashuv.

  5. O‘quvchilar ma’naviy tarbiyasini tashkil etishda tarixiy vorislik hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularda ilgari surilgan g’oyalarga tayanib ish ko‘rish.

  6. Ijtimoiy faoliyatning insonparvar va demokratik xususiyatlarga ega ekanligi.

  7. Ma’naviy-axloqiy ong va faoliyat birligi.

Ma’naviyat va axloq o‘z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etislmi taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni boiib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ulami uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvomi shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlami shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil boiadigan faoliyat eng asosiy boiib hisoblanadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin