O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ularning ma’naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. O‘quvchilami axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi46:
1) o‘quvchilarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-harakatlarni tarbiyalash;
2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash;
3) axloqiy xulq-atvor ko‘kmalarini shakllantirish.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi47:
ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
ta’lim-tarbiya ishiga o‘quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
ma’naviy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog'lab olib borish;
o‘quvchilaming faolligi;
jamoada tarbiyalash;
tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi;
tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi;
oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi;
o‘quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishm ko‘zda tutish.
Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida subyekt-subyekt munosabatlarinmg o‘rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixik jarayonlarga (motivasiya, anglash, interiorizatsiya va boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Ma’naviy tarbiya berish yo‘llari.Ma’naviy tarbiya mazmuni avvalo, o‘quvchi-talabalarning amaliy faoliyatlarida, o‘qish, mehnat, jamoatchilik ishlari, ularning munosabatlari xarakterida, ozaro ta’sir ko‘rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishlarida namoyon bo‘ladi.
Ma’naviy tarbiya tarbiyalanuvchining yoshi va uning to‘g’ri yo‘nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhitni (oila, tengdoshlar, do‘stlar muhiti) ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Ma’naviy tarbiyaning yo‘l va usullari o‘quvchilarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni tashkil qilishda alohida xususiyatga ega. Axloqiy tasavvurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosida axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni:
Talabalarning o‘zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
Turli manbalarda axloq to‘g’risida olingan bilimlarni sinaydi;
Saxsning o‘ziga xos axloqiy tarbiyalashga zamin yaratish;
Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning shaxsiy axloqiy tajribalarini, axloqiy ma’yorlar to‘g’risidagi xabardorlik darajasini, axloq sohasida o‘zlashtirgan bilimlarning axloqiy talablari bilan munosabatini hisobga olish zarur. Axloqiy bilim asosan axloq to‘g’risidagi suhbatlar, ma’ruzalar mavzui, kechalar, turli kasb namoyandalari bilan uchrashuvlar, talabalar konferensiyalari va boshqa vositalar bilan amalaga oshiriladi.