3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


-rasm. “Zakovatli zukko” strategiyasining qo‘llanish tartibi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə28/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Saidova Parvina

6-rasm. “Zakovatli zukko” strategiyasining qo‘llanish tartibi.
KICHIK ESSE” STRATEGIYASI
Strategiya kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taassurot, tasavvurlarni ifodalashga xizmat qiladi. U o‘quvchi (talaba)lar tomonidan o‘rganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha erkin fikr bildirish, mazmun-mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. Kichik esseni yaratishda o‘quvchi (talaba)lar mavzu g‘oyalarini umumlashtirish, tizimlashtirish, turkumlashtirish, xulosalarni bayon etish imkoniga ega bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda strategiyani qo‘llash quyidagi tartibda yo‘lga qo‘yiladi:

7-rasm. “Kichik esse” strategiyasining qo‘llanish tartibi.
2.2-§. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarni shakllantirishning didaktik ta’minoti
Ma’lum bir sohani tadbiq etishda, uni amalga oshirishda tizimni didaktik ta’minoti muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik ta'minot deganda psixologiya, pedagogika, falsafa va boshqa fanlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan xilma-xil o‘quv axborotlarining didaktik maqsad va vazifalariga ko‘ra o‘zaro aloqador majmui. Didaktik ta'minot shaxsning axboriy madaniyatini shakllantirish uchun didaktika, psixologiya, axborot texnologiyalari va boshqa fan sohalarining muvafaqqiyatlariga asoslangan holda tashkil etilgan o‘quv axborotlari majmuasi tushuniladi.
Didaktik ta'minot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
1) nazorat topshiriqlari, test savollari bazasining mavjudligi;
2) o‘quv fani bo‘yicha didaktik materiallarning mavjudligi: audio-video materiallar, kompyuter dasturlari, jadval, slaydlar, tarqatma materiallar.
3) kichik esse, ijodiy yozma topshiriqlar, mustaqil izlanish uchun mavzular.
Didaktik ta'minot o‘quv mashg’ulotlarini o‘zlashtirish uchun axborotlarning to‘liqligi va yetarli hajmda bo‘lishi, pedagog va o‘quvchilarning birgalikdagi intellektual-emotsional o‘zaro harakati mazmuni va usullarining variativligi, interfaollik, dialoglik, muammolilik, amaliy yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan axborotlarning originalligi va tartibga solinganligi bilan xarakterlanadi. U ta'lim oluvchining axborotlarni o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va korreksiyalash maqsadida foydalaniladi va ta'lim oluvchi shaxsini shakllantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqotimiz davomida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda yetarlicha axboriy-didaktik ta'minot yaratilmagan. O‘quvchilarning deyarli ko‘p vaqti oila davrasida va ta'lim muassasasida o‘tadi. Shu sababli, oila va ta'lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik shakllarini va ularning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ma’naviy tarbiya mezonlarini shakllantirish modeli va amaliy-trening mashg'ulotlari dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
O‘tkazilgan tadqiqot ishlarimizning tahlillariga tayangan holda umumta’lim muassasalari o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy sifat (kompetensiya)larni rivojlantirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda izohlash lozim topildi (1-rasm):


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin