3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə25/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Saidova Parvina

Muammoli vaziyat o‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa yaqin turadi, ammo uning o‘ziga xos tomoni o‘quvchida faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya-vaziyat tavsiya etiladi, masalan birorta hikoya ma’lum bir yerida to‘xtatiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga hikoyadagi qahramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. O‘quvchilaming javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy, insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. O‘quvchilariga avval o‘qituvchining yordamida, keyinchalik esa mustaqil ravishda bu muammoni hal etish tavsiya etiladi.
Ma’naviy-axloqiy motivatsiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan o‘qituvchi o‘quvchilarda ijobiy axloqiy sifatlami mustahkamlash, o‘quvchi xulqidagi salbiy tomonlarni yo‘qotish maqsadida foydalaniladi. Koyish - jazo berishning yengil turi. O‘quvchiga tanbehlovchi so‘z aytish, tanbeh berish, urishib qo‘yish. Maqtash - o‘quvchini uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaxshi tomonlarini ko‘rsatib gapirish, yaxshi qilib ko‘rsatish. Taqdirlash - o‘quvchini qadrlash, munosib baholash, o‘quvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash - tarbiyaviy maqsadda o‘quvchiga, o‘quvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash - o‘quvchini «ofarin», «balli» kabi so‘zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash - vaqti-vaqti bilan o‘quvchiga yetarli darajada qattiqqo‘llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo‘ya xatti-harakatlari uchun koyib, «yo‘li»dan qaytarib turish. Uyaltirish - noma’qul qilig‘i uchun o‘quvchiga o‘ta noqulaylik tug‘dirish, xijolot qildirish. Shavqlantirish - o‘quvchining xulqi, muvaffaqiyatlari, kelajagiga g‘oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko‘tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish44.
Yoshlarni ma’naviy boy, jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab, ularning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash lozim. O‘qituvchilarning umumiy madaniyat va tarbiyalanganlik darajasini oshirish uchun optimal pedagogik-psixologik vaziyatlarni tashkil qilish, fanlararo integratsiyalashuv jarayonini ta’minlashda taqdim qilinayotgan o‘quv materiallarning sifat ko‘rsatkichini oshirish lozim.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini o‘stirish uchun ularda: axloqiy kategoriyalarni anglash, idrok qilish va ijtimoiy hayotda amal qilish tarbiya maqsadining kafolatlagan natijasidir. Bu esa o‘z navbatida, mustaqilligimizni qadrlay oladigan, o‘zligini, jamiyat, davlat va oila oldidagi mas’uliyatni anglaydigan yetuk shaxsni shakllantirish kabi vazifalar bilan bog'liq jarayondir. Qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo‘lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarar. Bunda pedagogik diagnostika katta ahamiyatni kasb etadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda pedagogik diagnostikada tashxislash metodlari to‘laqonli o‘rganilib chiqilmagan. Bugungi kunda tarbiyalanganlik darajasini aniqlaydigan quyidagi testlar mavjud (2-rasm):


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin