2.1. 1-rasm. Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari. Ma’naviy-axloqiy mavzudagi hikoya - axloqiy mazmundagi voqea-hodisalarni yorqin emotsional bayon etilishidir. Hikoya tarbiyalanuvchilaming his-tuyg‘ulariga ta’sir etib, ularga axloqiy me’yor va qoidalarni tushunish hamda o‘zlashtirishga yordam beradi. Yaxshi bayon tavsifiga ega hikoya axloqiy tushunchalarning mohiyatini ochib berishgagina xizmat qilib qolmay, balki tarbiyalanuvchilarda madaniy xulq-atvor qoidalariga ijobiy munosabatning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai bo‘lib xizmat qiladi, tarbiyalanuvchining xulq-atvor tajribasini kattalarniki asosida boyitadi. Ushbu metodning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
tarbiyalanuvchilarda ijobiy axloqiy hislarni uyg‘ota olish, hikoya qahramonlariga hamdardlik bildirish – yutug’idan quvonib, muvafaqqiyatsizligiga birgalashib achinish;
tarbiyalanuvchilarga tushunarsiz bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish;
ma’naviy-axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, tarbiyalanuvchilaming o‘z hayoti bilan bogiiq boigan joylarda ham foydalanish.
Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur: Hikoya tarbiyalanuvning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi lozim. Hikoyaning qisqa, emotsional, tushunarli boiishi maqsadga muvofiq. Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo‘rligida bayon qilinishi uning yaxshi idrok qilinishini ta’minlaydi. Ma’naviy-axloqiy mavzudagi hikoyaning yaxshi idrok qilinishi uchun unga mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Hikoyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona bayon etib bera olish lozim. Ishonarsiz, bir xil ohangda hikoya qilish orqali buni amalga oshirib bo‘lmaydi.