Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf (1-4-sinf) o‘quvchilari uchun “Tarbiya” darsligida kiritilgan ma’naviy tarbiya indikatorlari.
Ma’naviy tarbiya indikator (mezon)lari
1.
Vatanga sadoqat
20.
Ota-onaga hurmat
2.
Salomlashish odobi
21.
Insonlarni xotirlash
3.
Bilimdonlik
22.
Qat’iyat
4.
Telefonda gaplashish odobi
23.
Mehnatsevarlik
5.
Tashqi ko‘rinish odobi
24.
Ehtiyotkorlik
6.
Sog’lom fikrlilik
25.
Kiyinish madaniyati
7.
Dasturxon atrofida o‘tirish odobi
26.
Ozodalik
8.
Jamoat joyda o‘zini tutish
27.
Inson odobi
9.
Mardlik va jasurlik
28.
Mehr-oqibat
10.
Vatanparvarlik
29.
Qariyalarni qadrlash
11.
Kitobxonlik
30.
Qo‘shnichilik odobi
12.
Yaxshilik qilish
31.
Jamoat transport odobi
13.
Matonat
32.
Tartib-intizom
14.
Rostgo‘ylik
33.
Ahillik (hamjihatlik)
15.
Halollik
34.
Insonparvarlik
16.
Ona tilga hurmat ko‘rsatish
35.
Mehmondorchilik
17.
Tejamkorlik
36.
Do‘stlik
18.
Muvaffaqiyatlilik
37.
Sovg’a berish va olish odobi
19.
Qonunlarga bo‘ysunish
38.
Ziyorat odobi va h.k.lar
Ushbu javdalda ma’naviy tarbiya indikatorlari ko‘rsatilgan bo‘lib, boshlang’ich sinf o‘quvchilari keltirilgan ushbu mezonlarni o‘qituvchi rahbarligi ostida o‘quv yillari davomida o‘zlashtirib boradilar. Bunda eng katta mas’uliyat o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, har doim pedagog o‘z ustida ishlab, yangi bilimlarni o‘zida hosil qilib, o‘quvchilarni ma’naviy yetuklikka erishtirishi, ularni komil inson qilib tarbiyalamog’i darkor. Qilingan mehnat zamirida biz doim e’tirof etadigan “husni xulq” – “ma’naviy yetuk” insonlarning kamol topishiga ishonamiz. Bu boradagi kutilgan natijalarga tarbiyachi-pedagoglar bilan birgalikda ota-onalar ham javobgar hisoblanadi. Ushbu jarayon samaradorligini oshirishda ta’lim muassasasi, ota-onalar jamoasi va mahalla hamkorligida olib boriladigan kompleks chora-tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirish lozim deb hisoblaymiz.
Bugun mamlakatimizning barcha sohalarida bo‘lganidek, ta’lim tizimida ham modernizatsiya ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan Prezident maktablari, ijod maktablari, kasb-hunar maktablari, professional ta’lim komplekslari, texnikumlar, va oliy ta’lim tizimida ham yangi ixtisosliklar bo‘yicha bo‘limlar, fakultetlar tashkil topmoqda. Bu o‘quv maskanlarida yosh avlodni zamon talablari asosida bilim, malaka, va ko‘nikmalarni shakllantiruvchi kompetentli kasb egalari zarur bo‘lmoqda. “O‘z xizmati xususiyatiga ko‘ra, o‘qituvchi tashkilotchilik, tashabbuskorlik faoliyatiga ega bo‘lmog’i lozim. Buning uchun har doim tetik, g’ayratli, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishongan bo‘lishi zarur”. Ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zinig asosiy o‘rnini egallash lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviylik katta e’tiborga molikdir”. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli, kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda ziddiyatlarga to‘la ma’mumotlardan foydalanishda izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”41ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llash, ma’naviy bilim berish, ularning ma’lumotli bo‘lish, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Fikrimizcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgarishdagi asosiy muammo shu yerda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim berishi kerak, deb o‘ylayamiz. Shu bilan birga, “zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o‘zida ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”42 deb ta’kidlanadi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishi emas, balki har bir mustaqil yo‘nalishi bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishi, yangi axborotlarni o‘rganishi, muhit ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topishi, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Taqdim etilgan ushbu tajriba-sinov ishlarining aniqlovchi-tajriba savolnomalari asosida 1-4-sinf o‘quvchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori emasligi aniqlandi. Bu borada manzilli va tadbirli ishlar samadorligini yanada oshirish zarurligini qayd etish lozim. Taklifimiz: ma’naviy tarbiya sohasida o‘qituvchilarning faoliyatini metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar miqdorini yanada oshirish, o‘quvchilarning tafakkuriga ma’naviy tarbiya indikatorlarini singdirishda ularning qiziqishlari, maqsadlari hamda individual va yosh xususiyatlariga qarab o‘zlashtirish motivini oshirish lozim. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, axloqiy fazilatlarni singdirishga yordam beruvchi treninglarni o‘tkazishni taklif etamiz.