3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


O‘quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə17/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Saidova Parvina

O‘quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon bo‘lib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:

  1. O‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy me’yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyatini va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to‘g’risida ma’lumot beriladi.

  2. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallshga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma’naviy-axloqiy ongni qaror toptirish.

  3. O‘quvchilarda ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlar (bilimlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, ota-ona va kattalarga hurmat, saxovat, burchga sadoqat va h.k.)larni qaror toptirish.

  4. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani qaror toptirish.

  5. O‘quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish.

O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi tarixiy-obyektiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning o‘zaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomillashuviga ko‘rsatiladigan ta’sirning ijobiy, ko‘tadil holatda bo‘lishini ta’minlashda ko‘rinadi.
Ma’naviy tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi insonda asl insoniy fazilatlarini shakllantirishdir. Lekin bu ancha murakkab va qiyin ish. Chunki, bir tomondan, har qanday tarbiya asosida bilim yotadi. Ikkinchi tomondan, bilimlar o‘z-o‘zidan insonni tarbiyalamaydi. Ular tuyg‘ular, ishonch, ixlos bilan bog‘lansagina, insonning ichki e’tiqodiga, dunyoqarashi unsuriga aylanadi. O‘quv va ma’naviy tarbiya faoliyati bir-birlarini to‘ldirilishi lozim: pedagog tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina biror maqsadga qartilganlik ma’lum bir tizim bo‘lishi mumkin. Ma’naviy tarbiyalash avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi.

1.3-§. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning amaldagi holati
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirayotgan islohotlar zamirida o‘sib kelayotgan avlodni har tamonlma yetuk va barkamol qilib voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib olingan. Ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar farzandlarimizning ma’naviy yetuk qiyofasini kamol toptirish hisoblanadi. Yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida davlatimiz tomonidan ishlab chiqiligan qonunlarning hayotga tadbiq etilishini alohida e’tirof etmoq joiz. Konsepsiyada ko‘rsatilishicha, boshlang‘ich sinflarda inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar quyidagilarda iborat (1-rasm):

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin