Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi
__ kurs ____-guruh talabasi __________________________________________________ning “Pedagogika nazariyasi va tarixi ” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Cho‘lponning ijodiy merosida yoshlar tarbiyasi.
Topshirdi: _______________________
Qabul qildi: _______________________
Reja:
Cho’lponning hayot yo’li
Cho’lponning ilmiy adabiy merosi
Cho’lponning merosidan axloqiy tarbiya jarayonida foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari
4. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Choʻlpon (asl ism-sharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov; 1897-yil, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab, madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.
1914-yil Toshkentga kelib, „Sadoi Turkiston“ gazetasi bilan hamkorlik qilgan. „Yangi Sharq“, „Ishtirokiyun“ (1920-yildan „Qizil bayroq“, 1922-yildan „Turkiston“) gazetasida adabiy xodim (1919-1923), Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan Oʻlka oʻzbek bilim hayʼati, 1922-yildan Ilmiy hayʼat)da rais (1920-1923), „Buxoro axboroti“ gazetasida muharrir (1921-1922), „Turon“ teatrida direktor (1921; 1922-1923), „Mushtum“ jurnali va „Darxon“ gazetasida texnik muharrir, adabiy xodim (1922-1923), Oʻzbek drama studiyasi (Moskva, 1924-1927) va Oʻzbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh (1927-1931), SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931-1934), „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallari hamda „Teatru“ gazetasida adabiy xodim (jamoatchilik asosida, 1935-1937). 1938-yilda 4-oktabrda Boysuz boʻyida qatl qilinadi.
Adabiy ijodi 1913-1914-yillarda Andijonning ijtimoiy va madaniy hayoti haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. 1914-yil Toshkentda Munavvar Qori Abdurashidxonov va Ubaydulla Xoʻjayev bilan tanishish Choʻlponning milliy uygʻonish harakati namoyandasi sifatida shakllanishida muhim omil boʻlgan. Choʻlpon „Sadoi Turkiston“ gazetasida dastlabki „Turkistonli qardoshlarimizga“ sheʼri, „Qurboni jaholat“, „Doʻxtir Muhammadyor“ hikoyalari va „Adabiyot nadir?“ maqolasini eʼlon qilib (1914), shu davr adabiyoti namoyandalari safidan oʻrin egallagan. Turkiston aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashayotganining asosiy sababini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatida koʻrgan Choʻlpon boshqa jadidlar qatori, oʻz asarlari bilan xalqning madaniy va maʼrifiy saviyasini koʻtarishga kirishgan.
1917-yil Fevral inqilobining roʻy berishi taraqqiyparvar ziyolilar dunyoqarashini oʻzgartirib yubordi. Ular, shu jumladan, Choʻlpon mustaqillik uchun kurash endi targʻibiy-tashviqiy davridan amaliy faoliyat bosqichiga oʻtganini angladilar. Choʻlpon Turkiston muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etib, muxtoriyatni sharaflovchi „Ozod turk bayrami“ sheʼrini yozdi va bu sheʼr oʻzbek davlatchiligi tarixida ilk madhiya boʻldi. Shu davrda Turkistondagi koʻp millatli ziyolilar oʻrtasida federalizm gʻoyasi keng tarqalgani sababli Choʻlpon ayni paytda Z.Validiy bilan birga Orenburgga borib, Boshqirdiston muxtoriyat hukumatining tashkil etilishida ham ishtirok etdi. Federalistlarning fikrlariga koʻra, Turkiston va Volga boʻyidagi turkiy xalqlar oʻz muxtoriyat hukumatlarini barpo etganlaridagina bu hukumatlarning bolsheviklar tomonidan tan olinishi va birgalikda himoyalanishi mumkin edi.
Muxtoriyat tugatilgach, Choʻlpon „Ilmiy kengash“, „Chigʻatoy gurungi“, „Nashri maorif“ tashkilotlari va "Turon" teatrida adabiy, ilmiy-maʼrifiy ishlar bilan mashgʻul boʻldi. Ayni paytda shoʻro davlatining mustamlakachilik siyosati oqibatlarini fosh etuvchi sheʼr va maqolalar yozish bilan istiqlol uchun kurashda davom etdi. Ammo respublika madaniyat xodimlarining 2-qurultoyi 1927-yildan keyin Choʻlponga qarshi boshlangan kurash uni siyosiy faoliyatdan uzoqlashishga, hatto 1931-1935-yillarda Moskvaga qochib borib, musofirlikda yashashga majbur etdi.
Jadidlarga qarshi boshlangan kampaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi. Taʼqib va tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketgan va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlagan. Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi. Choʻlponning sheʼriy asarlari „Oʻzbek yosh shoirlari“, „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926) va „Soz“ (1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda eʼlon qilishgan. Ular gʻoyaviy-tematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va ijtimoiy-siyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat manzaralari tasvirlangan sheʼrlarida Choʻlpon jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan. Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta mahorat bilan aks ettirgan. „Goʻzal“, „Sezgi“, „Sirlardan“, „Men shoirmi?“ singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Barmoq vazni Choʻlpon va Fitratning ijodiy izlanishlari bilan 20-yillarning boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining asosiy vazniga aylandi.
Tarixiy davr va tarixiy sharoit Choʻlpondan muhabbat va tabiat lirikasidan koʻra shu davrdagi oʻzbek xalqining ijtimoi-ysiyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvolini yaxshilashga qaratilgan asarlar yozishni taqozo etdi. Vatan va millat manfaati bilan yashagan shoir davrning shu talabi bilan bolsheviklar olib borgan siyosatning mustamlakachilik mohiyatini fosh etishga, xalqni zulm va zoʻravonlikka qarshi hurriyat uchun kurashga daʼvat etishga qaratilgan sheʼrlar yozdi („Buzilgan oʻlkaga“, „Xalq“, „Vijdon erki“, „Kishan“ va boshqalar). Choʻlpon bu sheʼrlari bilan adabiyotning kurash quroliga aylanishi mumkinligini isbotlab berdi. Shoirning yurak qoni bilan yozilgan bu sheʼrlari vatandoshlarida oʻzbek diyoriga otashin muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, erk va hurriyat gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyaladi. Agar Choʻlponning „koʻngil lirikasi“ anʼanalari keyinchalik Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqalar ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi.Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning 20-yillarda yozgan „Oydin kechalarda“, „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“ singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, „Kecha va kunduz“ (1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan.Choʻlpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U „Yoʻl esdaligi“, „Vayronalar orasidan“ kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida 20-yillardagi mustamlaka oʻlka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir sanʼatini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi. Choʻlpon yozuvchilik mahoratining shunday qirralari „Kecha va kunduz“ romanida, ayniqsa, yorqinroq aks etgan. Choʻlpon Abdulla Qodiriy bilan birga oʻzbek adabiyotida realistik roman va hikoya janrlarining taraqqiyot tamoyillarini belgilab berdi.Choʻlponning dramaturgiya sohasidagi dastlabki izlanishlari 1919-yilga oid. U shu yili „Temirchi“, „Gunoh“, „Choʻrining isyoni“ singari kichik sahna asarlarini yozdi. 20-yillarning boshlarida esa Choʻlponning „Yorqinoy“, „Xalil farang“, Oʻldiruvchi (1921), „Sevgi va saltanat“, „Choʻpon sevgisi“ (1922) pyesalari maydonga keldi (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan).Choʻlpon „Turon“ teatriga direktorlik qilgan yillarida sahna sanʼati va dramaturgiya sirlarini, shuningdek, rus tilini puxta egallagani tufayli 1924-yil Moskvada tashkil etilgan oʻzbek drama studiyasiga adabiy emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini bilmagan vatandoshlariga moskvalik mashhur artist va rejissorlarning maʼruzalarini tarjima qilib berishdan tashqari, oʻzi ham studiyachilar uchun sahna asarlari („Yorqinoy“, „Yana uylanaman“, „Qorovul uyqusi“, Lev Sverdlin bilan hamkorlikda), „Uzun quloq bobo“ni yozib, rus va yevropa dramaturglarining pyesalari (K.Gotssi, „Malikai Turondot“, Nikolay Gogol, „Tergovchi“, Vladimir Bill Belotserkovskiy, „Labbay“, Molyer, „Xasis“)ni tarjima qilib berdi.
Choʻlpon 1927-yilda Moskva va Boku drama studiyalari qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat namuna truppasi (1929-yildan Oʻzbek davlat teatri) tashkil etilgach, mazkur truppa (teatr) ning adabiy emakdoshi sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda uning kishilar va jamiyat hayotidagi nuqsonlarni hajv etuvchi „Mushtumzoʻr“, „Hujum“ (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928), „Oʻrtoq Qarshiboyev“ (1929) kabi pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Choʻlpon ayni paytda teatr tarjimoni sifatida ham samarali ijod qilib, K.Goldonining „Ikki boyga bir qarol“, Lope de Veganing „Qoʻzi buloq“, William Shekspirning „Hamlet“, F.Shillerning „Bosmachilar“, Bill Belotserkovskiyning „Poʻrtana“, S.Levitinaning „Hukm“, A.Faykoning „Portfelli kishi“, V.Tretʼyakovning „Naʼrangni tort, Xitoy!“, Vs. Ivanovning „14–69 raqamli zirhli poyezd“ pyesalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Choʻlpon adabiy emakdosh, dramaturg va tarjimon sifatida Uygʻur bilan birga professional oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi.Choʻlponning adabiyot va sanʼat masalalariga bagʻishlangan faoliyati kichik-kichik maqolalardan iborat boʻlsada, ularning ayrimlari dasturiy ahamiyatga ega. Choʻlpon 1914-1915-yillarda yozgan „Adabiyot nadir?“ va „Muhtaram yozuvchilarimizga“ maqolalari bilan adabiyot va sanʼatning xalq va jamiyat oldidagi vazifasini, tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyatini aniq belgilab berdi. U oʻzbek va xorijiy xalqlar adabiyoti namoyandalari („Marhum Tavfiq Fitrat“, „Ikki yuqotish“, „Rizo Tavfiqbek“, „Tagor va tagorshunoslik“, „Ulugʻ hindi“, „Joʻrj Dandon“, „Katta maktab egasi“, „Uvaysiy“, „Ustodning xislatlari“), teatr va musiqa sanʼati („Abo Muslim“, „Iblis“, „Shayx Sanʼon“, „Oydin“, „Malikai Turondot“, „Meyerxold teatri“, „Tursunoy sahnada“, „Ashulaga ishkiboz“, „Qiziqlar“, „Otabola sanʼatkor“, „Bazmcholgʻu toʻdasi“, „Ukraina bandurachilari“), til („Shohnoma“ning turkcha tarjimasi", „Tilimizning ishlanishi“) va tarjima („Tarjima toʻgʻrisida jindak“, „Soʻz, soʻz, suz“) masalalariga bagʻishlangan maqolalari bilan 20-yillarda adabiy tanqid, sanʼatshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarining paydo boʻlishi va shakllanishiga katta hissa qoʻshdi.Choʻlpon adabiy merosining salmoqli qismini tarjima asarlar tashkil etadi. U Moskvada yashagan yillarida moddiy ehtiyoj orqasida koʻpgina oʻtkinchi asarlarni tarjima qilishga majbur boʻldi. Lekin shu bilan birga Choʻlpon Aleksandr Pushkin („Boris Godunov“, „Dubrovskiy“), Nikolay Gogol („Tergovchi“), I. S. Turgenev („Choʻri qiz“), I.Franko („Million“, „Feruza“), L.Andreyev („Gubernator“, „Osilgan yetti kishining hikoyasi“), A. P. Chexov („Qochoq“), A. M. Gorkiy („Ilgaklar“, „Ona“) singari rus va boshqa xalqlar adabiyotining mumtoz asarlarini ham katta mahorat bilan tarjima qilib, zamonaviy milliy tarjima maktabiga asos soldi. Choʻlpon tarjimasidagi William Shekspirning „Hamlet“ tragediyasi oʻzbek tarjima sanʼatining shoh namunasidir.
Choʻlpon shoʻro davlatining doimiy tazyiqi va nazorati ostida yashagani sababli uning koʻplab qoʻlyozmalari oʻgʻirlandi. U 1937-yilda „xalq dushmani“ sifatida ayblanib, qamoqqa olinishi arafasida va keyin ham barcha qoʻlyozma asarlari kuydirib tashlandi. Shunga qaramay, Choʻlpondan bizga qadar yetib kelgan 10 jild hajmdagi original va tarjima asarlar oʻzbek xalqining katta madaniy va maʼnaviy boyligidir.Oʻzbekiston mustaqil respublika deb eʼlon qilingach, Choʻlponning oʻzbek madaniyatini rivojlantirish va xalq ommasini istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholandi. Choʻlponga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va „Mustaqillik“ (1999) berildi. 1997-yil Choʻlponning 100 yilligi keng nishonlanib, Andijonda Choʻlpon uy-muzeyi tashkil etildi, Tillar pedagogika instituti va litsey Choʻlpon nomi bilan ataldi. Oʻzbek milliy akademik drama teatrida Choʻlpon xayoti va ijtimoiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi „Kunduzsiz kechalar“ (Usmon Azim asari) spektakli sahnalashtirildi. Xotirasini abadiylashtirish uchun ko‘chalar hamda muhim inshootlarga nomi berildi.Choʻlponning „Oʻzbek yosh shoirlari“ (1923), „Goʻzal yozgʻichlar“ (1925), „Adabiyot parchalari“ (1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz sheʼrlari asosida nashr qilingan „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926), „Soz“ (1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.
Uning „Kecha va kunduz“ (1936) romani, „Doʻxtur Muhammadyor“ (1914), „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“, „Oydin kechalarda“ hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi.
Choʻlponning „Yorqinoy“ (1920), „Xalil farang“ (1921), „Choʻrining isyoni“ (1926), „Yana uylanaman“ (1926), „Mushtumzoʻr“ (1928), „Oʻrtoq Qarshiboev“ (1928), „Hujum“ (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi.
Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi. Choʻlpon Pushkinning „Dubrovskiy“, „Boris Godunov“ asarlarini, Gorkiyning „Ona“ romani va „Egor Bulichev“ peʼsasini, Lohutiyning „Evropa safari“ni, Gotsiyning „Malikai Turandot“, Shekspirning „Hamlet“ dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning „Kecha va kunduz“ romani asosida videofilm yaratilgan.Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“ romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan.
Shu yilning oʻzida „Kecha va kunduz“ romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi.
2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida („Anthologie de la poésie d’Ouzbékistan“) Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga havola qilingan. Tarjilonlar Hamid Ismoilov va Jean-Pierre Balpe.
Choʻlpon yangi adabiyotda yangi shakllarga asos soldi. Mistik adabiyot oʻrniga zamonaviy ziyrak adabiy didga javob beruvchi ajoyib sheʼrlarni taqdim etdi. Bugungi yosh avlod uning jozibali texnikasini, sodda tilini, gʻaroyib uslubini sevadi va undan koʻp ajoyib narsalarni qabul qiladi. Abdulhamid Choʻlpon juda qisqa, bor-yoʻgʻi qirq yil umr koʻrdi. Uning hayot yoʻli bir-biridan tubdan farq qiluvchi, tarixiy voqealarga boy Turkistondagi siyosiy va maʼnaviy oʻzgarishlar koʻzga tashlangan ikki davr chegarasida oʻtdi. Agar ularning birinchisi oʻzida taraqqiyparvar gʻoyalari bilan turkistonliklarning milliy oʻzligini uygʻotgan eng ziyoli kuchlarni jamlagan jadidchilikning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan ifodalangan boʻlsa, ikkinchisi uni yoʻq qildi va “baxtli kelajak” haqidagi tasavvurlarni ostin-ustun qilib tashladi, jamiyatni oʻzgartirib, sanoatni yuksaltirish va “madaniy inqilob” niqobi ostida fojeali voqealarga yoʻl ochdi.
Dastlabki paytlarda qudratli hayot toʻlqini Abdulhamid Choʻlponni mavhumlik girdobidan olib chiqib, keng xalq ommasining sheʼriyatdagi qahramoniga aylantirdi. Isteʼdod uni yuksak choʻqqilarga olib chiqdi, lekin tez orada u jamiyatning ovloq joylariga uloqtirildi. Uning murakkab hayoti zamon talotoʻplarida yanchilgan taqdirlardan biri edi. Choʻlpon shaxsini bilish va uni oxirigacha tushunish, betakrorligini his qilish, buyukligi va qudratini anglab yetish uchun u qanday davrda yashaganini hisobga olish zarur. Biz oʻrganayotgan muammoga shu nuqtayi nazardan yondashib Choʻlpon yashab faoliyat yuritgan davrni ikki bosqichga boʻlish mumkin: XX asr boshlaridan 20 yillar oʻrtalarigacha va 20 yillar oʻrtalaridan uning taqdiri fojeali yakun topgan 1937-yilgacha.
Dastlab taqdir uni rosa siyladi. Uning isteʼdodi jadidchilik gʻoyalari bilan birga kamolga yetdi va hayotga tatbiq etildi. Abdulhamidning tugʻilishi ushbu oqim shakllangan vaqtga toʻgʻri kelgan.
XIX asr oxiri ‒ XX asr boshlaridagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlar taʼsirida shakllangan ijtimoiy fikr oʻz davrining eng taraqqiyparvar kishilarini jadidchilik maydoniga olib chiqdi. Ular orasida Fitrat, Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar qatorida nafaqat shoir, balki faol maʼrifatchi, ilk muxtor respublikalarning tuzilishidagi ishtirokini hisobga olganda siyosiy arbob ham boʻlgan Abdulhamid Choʻlpon bor edi.
1917-yilgi jadid gazetalari ‒ “Kengash”, “Turon”, “Turk eli” va boshqalar Turkiston xalqlarining oʻz taqdirini oʻzi belgilash shakllariga daxldor nihoyatda qizgʻin bahslardan dalolat beradi. Turkiston taraqqiyparvarlarining dastlab maʼrifatchilik, soʻngra siyosiy harakati keng quloch yozgan 1914-1917-yillarda Abdulhamid Choʻlpon ijodi ham gullab-yashnadi. 16 yoshida “Adabiyot nadur?” maqolasini yozgan muallif jadidchilik vujudga keltirgan yangi adabiyot asoschilaridan biriga aylandi. Biroq uning qiziqishlari faqat adabiyot va teatr sanʼati bilan cheklanmagan. 1914-yili “Sadoi Fargʻona”da eʼlon qilingan “Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik”, “Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar”, “Oyina” jurnalida chop etilgan “Andijonda yangi bank” maqolalarida uning iqtisodiyot sohasidagi chuqur bilimi namoyon boʻlgan. Abdulhamid Choʻlpon oʻz maqolalarida Rossiya, Yevropa va Amerikaning taraqqiyot tajribasidan misollar keltirib, Turkistonning boʻlajak iqtisodiyoti va uning rivojlanish yoʻllari haqida mulohaza yuritgan. Choʻlponga siyosat ham begona boʻlmagan. 1917-yili “Turon” gazetasida eʼlon qilingan “Ish vaqti ‒ ishlash vaqti”, 1918-yili “El bayrogʻi” gazetasida chop etilgan “Umid sizdan” maqolalarida uning bolshevizmga salbiy munosabati va Turkiston muxtoriyatini qoʻllab-quvvatlashi aks etgan. U nafaqat publitsist, balki amaliy siyosatchi ham boʻlgan, Turkiston va Boshqird muxtoriyatlarida faol ishtirok etgan. Qoʻqondagi Turkiston muxtoriyati tor-mor keltirilgach, koʻplab jadidlar yurtni tark etishga majbur boʻlganlar, u Ubaydulla Xoʻjayev, Abdulhamid Orifov, Mirmuhsin va boshqalar bilan birga Boshqird sovetlari kichik tashkilotida kotib boʻldi va uning axborot markazida faoliyat yuritdi. Keyin koʻplab taraqqiyparvarlar qatori maorif sohasida ishladi. Umuman, Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy va madaniy hayotida bu davrda kechgan ziddiyatli jarayonlar Choʻlpon taqdirini ham chetlab oʻtmadi. Uning uchun murakkab vaqtlar kelgandi. Bir tomondan, jadidlarning maʼrifatchilik faoliyati oʻzining yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, ularning katta qismi mamlakatda qolib, madaniyat muassasalari, maktablar, oliy oʻquv yurtlari va teatrlarda ishlashda davom etdi. Aholi savodxonligining keskin oshishi, texnologik taʼminotning oʻsishi, ilmiy muassasalarning paydo boʻlishi bilan Oʻzbekiston madaniyati taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Boshqa tomondan, boshqaruvning totalitar tizimi mustahkamlanib borishi madaniy jarayonlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. “Madaniy inqilob”ning joriy etilishi, kadrlarning proletarlashtirilishi eski milliy kadrlarning qoralanishiga olib keldi. Sovet hokimiyatining oʻylanmay qilingan islohotlari madaniyatda oʻnglab boʻlmas holatlarni keltirib chiqardi. Boshlangan qatagʻonlar, birinchi navbatda, ziyolilarga qaratildi, bu esa maʼnaviy hayotga ulkan ziyon yetkazdi.
“Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” boʻlgan proletar adabiyotning yaratilishi yozuvchilarni oʻz gʻoyalarini sunʼiy ravishda hosil qilingan qoliplarga solishga majbur etdi.
Bu yerda 1923-yildayoq L.Troskiy “Adabiyot va inqilob” asarida “proletar madaniyat boʻlmagan va boʻlmaydi ham” deb yozganini esga olib oʻtish oʻrinli. Aks holda dehqonlar adabiyoti va ziyolilar adabiyoti haqida masala yuzaga keladi. Choʻlpon ijodi, albatta, hech qanaqasiga proletar adabiyot qatoriga kirmagan.
Yuqoridan kelgan koʻrsatma asosida Choʻlponga qarshi ayovsiz siyosiy taʼqib amalga oshirilgan. Zarif Bashir, Ayn, Otajon Hoshimov, Sotti Husayn, Tregulov, S.Pismenniy, A.Arsharuni oʻzlarining tanqidiy maqolalarida unga millatchi shoir, “pessimistik kayfiyatdagi ziyolilar shoiri” tamgʻasini bosdilar. Partiyaning masʼul xodimi S.Pismenniy fikricha, 1924-yildayoq adabiyot vakillari orasida, umuman, jamiyatda ikkita lagerga boʻlinish xavfi vujudga kelgan, yaʼni koʻngil amri bilan ijod qilganlar va barcha narsada partiya belgilab bergan yoʻlga amal qilganlar.
Bu haqda Choʻlpon qaygʻurib yozadi: “Har doim tirnoq ostidan kir topish mumkin, qancha koʻp qidirsang, shuncha koʻp chiqadi.
Ammo odamga hayot faqat shuning uchun ato etilmagan. Ayniqsa, pedagoglar Turkistonning oqni qoradan ajrata olmaydigan mahalliy aholisiga nimanidir isbotlashga uringan holda bir-birining aybini qidirib umrini behuda oʻtkazishmoqda ‒ bu jinoyatdir”.
Choʻlponni tanqid qilish nafaqat respublika miqyosida, balki SSSR darajasida davom ettirilgan. Ommabop boʻlgan “Novыy Vostok” jurnalida 1929-yili partiyaning masʼul xodimi A.Arsharunining “Oʻrta Osiyo badiiy adabiyoti haqida qaydlar” maqolasi chop etilgan, u Choʻlponning “marksistcha” adabiyotshunoslik talablariga javob bermaydigan ijodi tahliliga bagʻishlangan. Oʻsha paytda Choʻlponni himoya qilishga jurʼat etgan yosh yozuvchi Oybekni ham ayovsiz tanqid ostiga olishgan. Muallifni, ayniqsa, Oybekning “Qizil Oʻzbekiston” gazetasidagi “... Choʻlpon oʻzining kelib chiqishi, tarbiyasi va intilishlari bilan bu narsadan yiroqdir”, degan soʻzlari gʻazablantirgan. Boz ustiga, Oybek uni ahamiyatiga koʻra Pushkin bilan bir darajaga qoʻyib, Choʻlpon va Pushkinni tenglashtirishga jurʼat etgan:
“... Nahotki, biz hozirgi adabiy talablarga javob bermaydi deb hisoblab Choʻlpondan voz kechamiz? Menimcha, bu xatodir... Shoirlarni qulogʻidan tortib proletar shoirga aylanishga majburlab boʻlmaydi...
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Bizning zamonaviy adabiy talablarimizga javob bermaydi deb Choʻlpondan uzoqlashishimiz kerakmi? Menimcha, bu yanglish harakat. Agar biz hozir rus oʻrtoqlarimizga qarasak, ular Pushkinni qanchalar sevishlarini koʻramiz. Uni hamma oʻqiydi va yaxshi koʻradi. U inqilobdan keyin ham Pushkinligicha qolgan. Rus adabiyotida oliy oʻrinni egallagan. Pushkin proletar shoir boʻlmagan, u pomeshchik va hukmdorlar shoiri boʻlgan va uning dunyoqarashi zamonaviy davrga mos kelmaydi, lekin nega uni bunchalar yoqtirishadi? Negaki u goʻzal asarlar yaratgan, rus sheʼriga ajoyib badiiy obrazlarni taqdim etgan, bu orqali rus adabiyotining oʻlmas boyliklarini yaratgan. Ruslar hech qachon ushbu buyuk adabiy merosdan voz kechishmaydi.
Biz ham Choʻlpondan qoʻl tortmaymiz. Choʻlpon yangi adabiyotda yangi shakllarga asos soldi. Mistik adabiyot oʻrniga zamonaviy ziyrak adabiy didga javob beruvchi ajoyib sheʼrlarni taqdim etdi. Bugungi yosh avlod uning jozibali texnikasini, sodda tilini, gʻaroyib uslubini sevadi va undan koʻp ajoyib narsalarni qabul qiladi.
Choʻlponning gʻoyalari emas, balki u tomonidan yaratilgan original sheʼriy obrazlar oʻqiladi va undan hech kim voz kechmaydi”.
Madaniyatli kishining buyuk mutafakkirlarga behurmat munosabatda boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqidagi fikr Oybek maqolasining leytmotivi sifatida yangragan. U Choʻlponni aynan shunday shaxs deb bilgan. Bunday tenglashtirishdan gʻazab otiga mingan A.Arsharuni Oybek agar Choʻlponni A. Pushkin bilan solishtirishga jurʼat etgan boʻlsa, bu uning A.Pushkin ijodini yaxshi bilmasligidan, deya ayblagan. Ehtimol Arsharuni Pushkin asarlarini yaxshi bilgandir, ammo Choʻlpon ijodidan umuman bexabar boʻlgan. Bu oʻrinda Germaniyada tahsil olgan, “Koʻmak” jurnalini chop ettirgan turkistonlik talabalar jurnal sonlaridan birida Choʻlpon Shekspir bilan taqqoslangan maqolani eʼlon qilishganini keltirib oʻtish joiz boʻlur edi. Maqola muallifi yozadi: “Men Shekspir lirikasi va Choʻlpon sheʼriyati oʻrtasidagi farqni qanchalik qidirmay, uni topa olmadim. Men Choʻlponning “Uygʻonish”ini qayta-qayta oʻqiganman. Shekspirni oʻqiganman. Nihoyat, Shekspir ‒ bu Choʻlpon yoki Choʻlpon ‒ bu Shekspir, degan xulosaga keldim”.
Biroq bunday munosabat shoirning ahvolini yana-da ogʻirlashtirgan. Mustaqil fikriga ega boʻlish, erkin ishlash, ayniqsa, oʻsha davr hukmron mafkurasiga toʻgʻri kelmaydigan mulohazalarni bildirish inson hayoti uchun nihoyatda xatarli edi. Choʻlpon yuz berayotgan holatlarni juda yaxshi anglagan. Bundan uning sheʼrlari dalolat berib turibdi. Chunonchi, u “Yaproqlar” sheʼrini Oʻzbekistonda emas, balki Turkiyada eʼlon qilgan. Vatanida buning imkoni yoʻqligini tushungan, degan fikr keladi xayolga:
Dostları ilə paylaş: |