3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


Jaloliddin Rumiy “Masnaviy ma’naviy” asari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə12/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Saidova Parvina

Jaloliddin Rumiy “Masnaviy ma’naviy” asari ta’lim-tarbiyaviy qiymatga ega bo‘lgan ilmiy asar hisoblanadi. Mazkur asar orqali shaxsda iymon-e’tiqod, bag‘rikenglik, iroda, qalb pokligi, vijdon uyg‘oqligi, go‘zal axloq, o‘z-o‘zini anglash kabi sifatlarni qaror toptirish zarurligi allomaning ma’naviy merosidan ta’lim jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish hamda o‘qitishning takomillashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Asarda keltirilgan ma’naviy tarbiya indikatorlari o‘quvchilarda singdirish o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy qiyofasi yetuk bo‘lib ulg’ayishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as-solihin» asari yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba sifatida e’tirof etiladi. «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi») asari kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo‘lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo‘lib, muqaddima, yetti bob va xotimadan iborat. Asarning muqaddimasida uning maqsadi sifatda insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi ta’kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan odobli va toza bo‘lmasa, nafaqat o‘ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltiradi:Adabsiz na o‘zi uchun yomonlik qiladi, Balki butun dunyoga o‘t qo‘yadi”28. “Odob as-solihin” asarida bayon etilgan botniy va zohiriy qoidalar: salomlashish va ruxsat so‘rash odobi, muloqot odobi, uxlash va yo‘l yurish odobi, suhbatlashish odobi, er-xotin odobi, tozalik qoidalari, mehmon kutish odobi, ziyofat va ovqatlanish odobi, safar qoidalari kabi mavzularda o‘zining pedagogik qarashlarini keltirib o‘tgan.
XIX asrda yashab ijod etgan mutafakkir Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida quyidagi fikrlarni keltirgan: “ilmi axloqning asosi tarbiya o‘ldug’indan shul xususda biroz so‘z so‘ylayurmiz. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarini o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sturmakdur. Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolasning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib, katta qilmog’i lozimdur”. A.Avloniy tarbiyani to‘rt guruhga ajratib ko‘rsatadi: 1. Tarbiyaning zamoni; 2. Badan tarbiyasi; 3.Fikr tarbiyasi; 4. Axloq tarbiyasi. Uning fikricha, “axloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi axloq tarbiyasidur. Biz avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi-amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun ham tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga omil bo‘lib, shogirdlarga ham bergan darslarini amal ila chaqishturub o‘rgatmaklari lozimdur, bu ravishi ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilub, mulloyi boamal bo‘lurlar”29.
Abdulla Avloniy axloqni bunday ta’riflaydi: insonlarni yaxshilika chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qib, bilub amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanini, janobi haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish qilmoq uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini bilmas, o‘z aybini bilub, iqror qilub, tuzatmakg‘a sa’y va qo‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur. Mutafakkirlar o‘z pandnoma asarlarida halollik, poklik, mehnatsevarlik, kasb-hunar egallash, mehr-shafqat, javonmardlik, saxiylik, odillik, kamtarlik, sabr-qanoat, sofdillik kabi axloqiy qadriyatlarni yanada rivojlantirdilar. Masalan, Alisher Navoiyning fikricha, insonning qadr- qimmati uning mol-mulki bilan emas, balki ma’naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari bilan o‘lchanadi, ya’ni “Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab, lek sharaf keldi hayovu adab”. Uning falsafiy ta’limotiga asosan, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash orqali ideal davlat qurish mumkin. Navoiy o‘z zamonasi bilan hamnafas bo‘la oladigan va doimo komillikka intilib yashaydigan insonni axloqiy namuna deb biladi. Uning fikricha, har bir inson faqat o‘z zamonasidagina mavjud va shu mavjudlik doirasidagina biror ish qilishga qodir. Inson o‘z zamonasi imkoniyatlaridan foydalanib ham o‘zini yanada kamol toptirishga, ham zamonasini go‘zal qilishga intilib yashamog‘i lozim.
“Turkiy guliston yoxud axloq”da ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning yo‘llari haqida to‘xtalib, haqiqiy insoniy axloqni o‘zida barqaror qilgan yaxshi kishilar, yoshlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va ularni mehr-shafqatli, sofdil va maqbul bo‘lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi, degan fikrni bayon etadi. U insonga xos bo‘lgan axloqiy sifatlarni ikki guruhga ajratadi, ya’ni yaxshi xulqli va yomon xulqli kishilar. U o‘z asarida shunday deb yozadi: “Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo‘lmishlar; agar nafs tarbiyat topib yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lub yaxshi xulq, agar tarbiyatsiz usub yomon ishlar ishlaydurgon bo‘lub ketsa yomonlikka tavsif bo‘lub yomon xulq atalur”. Uning fikricha, yaxshi xulqlarga matonat, diyonat, riyozat, qanoat, bilim, sabr, intizom, miqyosi nafs, vijdon, Vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok, zako, adolat, muhabbat, afv, iqtisod, oliyhimmatlik, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat kabi ijobiy axloqiy xislatlar kiradi. Yomon xulqlarga esa, g‘azab, jaholat, razolat, xasosat, adovat, g‘iybat, shahvat, haqorat, hasad, ta’ma, zulm kabi salbiy xislatlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘tmishda ham komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu asarlarda keltirilgan ijobiy axloqiy fazilatlar insonlarni ezgulikka chorlab, ularni mehr-u muhabbat, vafo va sadoqat ruhida tarbiyalab kelgan bo‘lsa, salbiy axloqiy xislatlar va ularning oqibatlari haqida gapirish orqali esa nomaqbul qabih ishlardan saqlanishga da’vat etib, ularning inson ekanliklarini bir lahza bo‘lsa-da esdan chiqarmaslikka chaqirganlar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin