1-rasm. Ibn Sino e’tirof etgan ma’naviy-axloqiy xislatlar.
Ibn Sino insonning kamolga etishida to‘siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko‘rsatib o‘tadi. Johillikni—ilmga, nodonlikni - zehni o‘tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi, muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta’riflaydi. Alloma yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do‘st bo‘lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do‘stona yashashga intiladi. U do‘stlikni shunday ta’riflaydi:
o‘z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do‘stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do‘stlikni haqiqiy do‘stlik deb e’tirof etadi.
Inson hissiy va ma’naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe’l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino fikricha, insonning shakllanishida uning atrofini o‘rab olgan tashqi muhit, odamlar insonning atrof-dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqiga yaxshi yoki yomon jihatlar ham ta’sir etadi. Shuning uchun bolalami tarbiyalashda ehtiyotkor bolish kerak, bola yomon odatlarga o‘rganmashgi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarur.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalari keng o‘rin olgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga etadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onaning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Bolaga ham u tug'ilmasdan turib g‘amxo‘rlik qilish, go‘dakligidan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Bolaning yetuk nson bo‘lib shakllanishida unga g'amxo‘rlik, poklik, mas’uliyatni his etish, do‘stona munosabatlar tuyg’usini singdirib borish zarur, deydi olim. Chunki Ibn Sino merosinining asosiy qimmati uning kuchli gumanistik mazmunidir. Insoniy munosabatlaming eng oliy mezoni sanalgan hurmat va ehtiromni tarkib toptirishning barcha ko‘rinishlari asarda o‘z ifodasini topgan.