3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


Izlanuvchi tajriba-sinov ishlarimiz



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə37/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Saidova Parvina

Izlanuvchi tajriba-sinov ishlarimiz (2021 yil sentabr-noyabr) natijalarida ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari jarayonida aniqlangan 240 nafar 1-4-sinf o‘quvchilari bilan ma’naviy-tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini ishlarini samarali tashkil etish, o‘tkazish va jarayonni baholashning mavjud holati kamchiliklarini bartaraf etishning shakl, usul va vositalari tavsiya etildi. Mazkur ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlari belgilandi. Ota-onalar majlislari tashkil etilib, farzand ta’lim-tarbiyasi borasidagi mas’uliyat va javobgarlik masalalari ota-onalar ishtirokida qizg’in muhokama etildi. Aniqlovchi tajriba savollari va “Farzandingiz ma’naviy qiyofasi” nomli pedagogik-psixologik testlar o‘tkazildi. Olingan natijlar umumlshtirilib, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy tarbiya mezonlarini rivojlantirishda ota-onalarning faolligini yanada oshirish, bu ishlarni tashkil etishning samaradorligini oshirish usullari, shakllari ishlab chiqildi. Izlanuvchi tajriba sinov ishalrida olingan natijalarni tahlil qilish asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shakllantiruvchi tajriba sinov ishlari (2021 yil noyabr – 2022 yil fevral) 1-4-sinf o‘quvchilari bilan ma’naviy-tarbiya indikatorlarini shakllantirish modelini yaratish, sog’lom oila muhitini tarkib toptirish, o‘qituvchilarning deontologik vazifalarini belgilash bo‘yicha tavsiya etilgan yangi shakl va usullar tashkil etildi., o‘tkazildi va sinab ko‘rildi. Tajriba o‘tkazilayotgan maktab 1-4-sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiya mezonlari darajasini baholashning pedagogik asoslari ishlab chiqildi, tajriba-sinov guruhlari tashkil etildi hamda ular bilan birgalikda tajriba ishlari olib borildi.
Yakunlovchi tajriba sinov ishlari (2022 yil mart-aprel oylari) ta’kidlovchi va shakllantiriuvchi tajriba-sinov ishlarining natijalarinidan olingan ma’lumotlarning to‘g’riligi bo‘yicha aniqliklar kiritildi. O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalarida 1-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga, milliy ma’naviy qadriyatlarga, atrofdagi voqelikka munosabat o‘zgarishlari umumlashtirildi, izohli tahlil amalga oshirildi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish borasidagi kompleks hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, olingan tajribalar asosida ilimiy xulosalar va amaliy tavsiyalar majmui ishlab chiqildi. Olib borilgan pedagogik tadqiqotlardan maqsad - boshlang’ich sinf o‘quvchilaning ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillarini belgilash asnosida ularda ma’naviy-axloiqy kompetensiyalarni shakllantirish darajasini qanday o‘zgarishini tahlil qilishdan iborat.
Ushbu bob o‘quvchilarning ma’naviy tarbiya mezonlarini darajasini tashxislash, baholash, ota-onalarning o‘zaro munosabatlar tizimi va yuksak axloqiy fazilatlarni rivojlantirish darajasiga matematik statistik ishlov berish ishlari bilan ahamiyatga ega.
Tajriba sinov avvalida tajriba sinov guruhiga 124 nafar – 1 “a”, 2 “a”, 3 a”, 4 “a”- sinf o‘quvchilari, nazorat guruhiga esa 116 nafar – 1 “b”, 2 “b”, 3 “b”, 4 “b”- sinf o‘quvchilari olindi.
Tajriba-sinov avvalida (2020 yilning mart oyiga qadar) o‘quvchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllanganlik darajasi quyidagi jadvalda aks etgan (1-jadval):

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin