III-bob yuzasidan xulosalar. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishga o‘ta muhim vazifa sifatida qaralib, milliy ma’naviyatimizning mushtarakligiga erishish, o‘zlikni anglash va ma’naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yuqori pog’onaga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etdi. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab milliy o‘zligimiz va milliy qadriyatlarimizni anglash, ma’naviyati yuksak barkamol avlodlarni kamol toptirish eng muhim vazifalardan biri etib belgilandi. Barkamol insonni tarbiyalash, uni voyaga yetkazish, sog’lom ma’naviy muhitni tarkib toptirish, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tarbiya va ma’naviyat asosida quriladi.
Mamlakatimizda ulkan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy islohotlar olib borilmoqda. Bunday sharoitda milliy qadriyatlarimiz asosida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida ularni ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda nazariy asos sifatida xizmat qilmoqda. Ma’naviy tarbiya jamiyat talablariga bog‘liq bo‘lib, bu talablar o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining barchasi yosh avlodda ma’naviy axloqni shakllantirishga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda boshlang‘ich ta’lim muhim o‘rin egallaydi.
Ma’naviy tarbiya – yuksak ma’naviyatni tarbiyalash vositasi muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma’naviy yetuklik kabi sifatlani shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim-tarbiya jarayonini ifodalaovchi tushuncha. Insonning jamiyatda yasashi uchun zarur bo‘lgan ma’naviy xususiyatlarni tarbiyalash uning eng asosiy qadriyat sifatidagi mohiyatini ta’minlaydigan qadimiy va abadiy qadriyatdir.
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR 1-4-sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish avvalo, ma’naviy yetuk shaxslar qiyofasini shakllantirishga, ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiay)larni tarkib toptirishga, ma’naviy salohiyatni yuksaltirishga berishga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Olib borilgan tadqiqotimiz yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarida davomida quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz:
Maktabdagi o‘qitish va o‘qish jarayonini yuksak darajada uyushtirilishi kerak. Buyuk nemis pedogogi A.V.Disterveg ta’kidlaganidek, yaxshi o‘qitish bilangina o‘qituvchi o‘quvchini yaxshi tarbiyalay oladi.
Ma’naviy tarbiya jarayonining muvaffaqqiyati o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq. Jamoa ma’naviyatli, axloqli, ahil bo‘lsa, bolalar intizomli bo‘ladi.
Tarbiyaviy ishlarni rejali bo‘lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi ma’naviy tarbiyaning samaradorligini ta'minlaydi. A.S.Makarenko 10 ta yuqori malakali, o‘z holicha ishlaydigan o‘qituvchidan malakasi past, ammo bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydigan beshta o‘qituvchi afzal, - degan edi.
Maktabda ijobiy, emotsional sharoit yaratish ma’naviy tarbiya jarayoniga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, hayot rejimiga amal qilishiga erishmoq darkor.
Ma’naviy tarbiyada ongni, axloqiy tushunchalarni shakllantirishda suhbat, munozara, leksiya kabi metodlardan, axloqiy odatni shakllantirshda esa mashq, bolalarni turli faoliyatini yuritish metodlaridan foydalaniladi.
Ma’naviy tarbiyada uning natijasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega.. Shaxsni to‘la o‘rganish - uni qay darajada tarbiyalanganliligini aniqlab beradi. Tadqiqotimizda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ularning ota-onalari bilan olib borilgan kompleks ishlar o‘zining samarasini ko‘rsatdi. Demak, ma’naviy tarbiyani shakllantirishda tizimli va maqsadli yondashuvlar doimo ijobiy natijalarga olib keladi degan xulosani ayta olamiz.
1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiyani shakllantirishda ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilar jamoasi bilan hamkorlikdagi shart-sharoitlarning tashkillashtrilishi, o‘quv mashg’ulotlari bilan o‘zaro uyg’unligi, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish va maqsadli yondashuvlardan ijodiy foydalanish o‘ziga xos murakkab pedagogik-psixologik jarayon bo‘lib, tajriba-sinov ishlariga asoslanib, quyidagilarni tavsiya qilamiz:
1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda ijtimoiy institutlarning faolligini yanada oshirish lozim.
Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda tarbiya va ibrat namunasi bo‘lgan mas’ul shaxslarning (ota-oanalar, o‘qituvchi-tarbiyachilar, mahalla faollari)larning ushbu yondashuvga mas’uliyat bilan yondashishini tashkillashtirish.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga ma’naviy tarbiya indikatorlarini bosqichma-bosqich shakllantirib rivojlantirish lozim.
Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarida yuqorida keltirilgan metod, vosita va turli pedagogik-psixologik treninglardan foydalanish orqali ma’naviy kompetentlikni yanada rivojlantirish lozim.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravishda taskil etish;
Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy faoliaytning xalqaro tajribalar asosida tashkil etish (diafilmlar, ertaklar, didaktik vositalar)
Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda mutafakkir, olimlarimizning boy ilmiy merosidan samarali foydalanish.