Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Respublikamizda ma’naviy- axloqiy tarbiya, madaniyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy mazmunini tashkil etgan. Masalaning axloqiy-estetik tarbiya va madaniyat, ma’naviy madaniyat, o‘quvchi-ѐshlar ma’naviyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish U.I.Mahkamov, R.Xasanov, N.Ortiqov, S.Bulatov, M.Inomova, S.Nishonova, T.Qurbonov, M.Ochilov, S.Annamuratova, S.Fayzulina, O.Musurmonova, Z.K.Ismoilova, M.K.Hoshimova, B.O‘.Qo‘chqorov, G.Ibragimova, G.Mahmutova, N.Egamberdieva, Sh.Olimov, tarbiya asoslari va milliy tarbiya masalalari S.Ochilov, M.Quronov, Q.Quronboev, D.I.Ro‘zieva, F.Norboevalarning ishlarida tadqiq qilingan. Jumladan, A.M.Abdumannotov, A.T.Tilegenov, B.X.Karaeva, G.K.Zaripova, D.A.Axatova, Z.B.Axrorova, K.Yu.Qilicheva, M.O.Inomova, M.S.Salaeva, M.E.Ismailova, N.M.Egamberdieva, N.Ortiqov, O.Musurmonova, R.Mamatqulova hamda S.Nishonovaning ilmiy-tadqiqot ishlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ma’naviy merosning shaxs kamolotiga ta’siri, Sharq allomalarining komil inson borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. Ma’naviy-axloqiy munosabatlar tarixiy taraqqiyot davomida tarkib topib, takomillashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan, tabiiy ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan kelib chiqqan va ular muayyan tarixiy davrdagi kishilarning xatti-harakati va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lgan. Ma’naviy tarbiya, ma’naviyat “Aveto” manbalari, Islom dinining tarixiy ildizlari Qur’oni Karim, Hadis Shariflar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So‘fi Olloyor, Sulaymon Boqirg’oniy kabi mutaffakkirlarning bebaho merosini, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Al-Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, Mirzo Ulug’bek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Jaloliddin Rumiy, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy, Abdulla Avloniy kabi allomalarning jahon fani va madaniyati xazinasiga qo‘shgan ulug’, bebaho hissalarini tadqiq etish va shu asosda yosh avlodni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon mamlakatlari taraqqiyotidan ma’lumki, har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi, unda yashovchi aholining ma’naviy-axloqiy saviyasi nechog’lik yuksakligiga bog’liq. Jahon ta’limotida ma’naviy tarbiya haqida G’arb faylasuflaridan Suqrot, Arastu, Konfutsiyning ta’limotlarida yoritilgan. Jahon amaliyotida esa I.F.Gerbart, A.Disterverg, Ya.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, Pestalotsiy kabi buyuk pedagoglarning ilmiy izlanishlarida ma’naviy tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilib ilmiy ishlar amalga oshirilgan.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish sohasida qator tadqiqotlar olib borilgan. Bu muammo pedagog olimlar M.Ochilov, S.Nishonova, U.Mahkamov, O.Musurmonova, M.Quronov, M.Inomova, N.Ortiqov, Sh.Olimov, Q.Quronbayevlar tomonidan maxsus tadqiq etilgan.
Pedagogika fanlari doktori, prof. O.Musurmonova ma’naviy qadriyatlar vositasida o‘rta maktab o‘quvchilari ma’naviy madaniyatini shakllantirish, dars, darsdan tashqari ishlar jarayonida ularning ma’naviyatini shakllantirish muammosini tadqiq etgan12.
Pedagogika fanlari doktorlari, prof. M.Quronov, U.Mahkamov, S.Ochil tadqiqotlari, barkamol avlodni milliylik ruhida tarbiyalash, axloqiy madaniyatni shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash kabi dolzarb muammolarni tadqiq etdilar. Q.Qurbonniyozovning dissertasiya ishi talabalarning ma’naviy ijtimoiy faoliyatini oshirishning nazariy va amaliy asoslarini tadqiq etishga bag‘ishlangan, Z.Qurbonniyozova tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, E.Toshmatova ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarni ma’naviy shakllantirish, Sh.Olimov akademik litsey, kasb-hunar kollejlari talabalarining axloqiy-estetik idealini o‘stirish masalalarini tadqiq etishgan.
Mustaqillik yillarida S.Rajabov, D.Ro‘ziyeva, Safo Ochil, O‘.Asqarova, E.Yusupov, SH.Otamirzayev, T.Mahmudov, A.Mavrulov, A.Erkaboyev, J.G.Yo‘ldoshevlarning ilmiy ishlarida o‘quvchi-yoshlar kamoloti, unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan.
Biroq, umumta’lim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillari muammosi alohida tadqiq etilmaganligi bizning pedagogik tadqiqotimizning aynan ana shu jihatga qaratishga turtki bo‘ldi. Ana shularni nazarda tutgan holda, “1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillari” mavzusini magistrlik ilmiy ishi mavzusi sifatida tanlandi.
Ma’naviy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini, yoshlarning milliy tarbiyasi, oilaning ma’naviy asoslari, mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari, o‘quvchida milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur iftixor tuyg‘ularining shakllanishi, bu jarayonda milliy ma’naviyatning o‘rni va roli tahlil etilgan, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashni shakllantirish masalalari, milliy ma’naviy merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo‘llari tadbiq etgan. Har tomonlama yetuk va sifatli kadrlarni yetishtirishda boshlang’ich ta’lim asosiy poydevor ekanligiga ham e’tiborni qaratiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi, “ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”13 ekanligini alohida e’tirof etib, ta’lim sohasidagi yangi ta’lim modelining kuchli samaraga erishilayotganligini ta’kidlagandilar. Shu bois boshlang’ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ta’lim-tarbiya tizimiga innovatsion, ya’ni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish va tadbiq qilish davr talabi bo‘lib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |