3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Saidova Parvina

Tadqiqot ishining tuzilishi: kirish, uch bob, sakkiz paragraf, har bir bob yuzasidan xulosalar, shuningdek, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat.

I BOB. O‘QUVCHILARDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI
1.1-§. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy tarbiya haqidagi ta’limotlari
Barchamizga ma’lumki, tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Axloq esa ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. “Axloq (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis – xulq-atvor) – ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatani, xalq uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning fe’l-atvori va faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Axloq talablari kishilarning fa’l-atvori va faoliyatida o‘z ifosadini topadi. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o‘z talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq me’yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning buyrug‘i bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon bo‘ladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib-qoidalarining yig‘indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo‘lgan munosabatda axloq belgilari namoyon bo‘ladi. Inson xatti-harakati va xulqidagi yo‘nalishlar, eng muhim belgilar mujassamlashib, shaxs faoliyatida, uning kamol topishida axloqning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xalqimiz axloqiy tafakkur bobida boy merosga ega”14.
Ma’rifatparvar olim A.Avloniy shunday ta’rif bergan: “insonlarni yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’an kitobni axloq deyilur. O‘z aybini bilib, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir”15. Forobiyning fikricha, “inson bilimli va namunali axloq egasi bo‘lgandagina ijobiy xislatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi. Axloqiy tarbiya esa, jamiyat ma’naviy hayotidagi muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarini zamon talablari asosida har qaysi avlod ongiga singdirish shakli bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodda xulq odob me’yorlariga mos keladigan, zamon talablariga beradigan insoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy harakatlar tizimi tushuniladi”16. Alloma Voiz Koshifiy esa, insonning qadr-qimmati, uning mol-mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki ma’naviy qiyofasi, axloqiyiy sifatlari bilan o‘lchanadi, deb ta’kidlaydi.
Zero, shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni axloq va axloqiy me’yorlar bo‘lib, uning ishtirokisiz ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Ma’naviyat va axloq o‘z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. “Ma’naviyat” arabcha “ma’nolar majmui” – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir”17.
Yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirib, biz ma’naviy tarbiyaga shunday ta’rif ayta olamiz: ma’naviy tarbiya bu – universal tarbiya demakdir, chunki ma’naviyat o‘z tarkibiga tarbiyaning barcha turlarini qamrab oladi. Bundan ko‘rinib turubdiki, islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo‘lida ko‘zlangan maqsad to‘la amalga oshiriladi va ikkinchi bosqichda amalga oshilishi lozim bo‘lgan vazifalarga zamin hozirlaydi.
Ma’naviy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni tarbiyaviy ishlar tashkil etadi. Shunga ko‘ra, ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag’bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Ma’naviyat insonning falsafiy-huquqiy, diniy-axloqiy tasavvurlarini aks ettiruvchi ma’naviy manba hisoblanadi. Shunga asosan, u kishilarni bir-birlariga yaqinlashtiradigan va ularni hamjihatlikka erishishga yordam beradigan, hamkorlikning yangi qirralarini ochadigan boylikdir. Ma’naviyat tariximiz, qadriyatlarimiz asosini tashkil etib yoshlarni madaniy boyliklarga hurmat-e’tibor va ularni yanada rivojlantirish, kelajakda iqtisodiy taraqqiyoti kuchli mamlakatni qurishga undab, zamonaviy bilimlarni, yuksak tajribalarni egallashga chorlaydi. Ma’naviyat tushunchasiga Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’rif berganlar: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdoni uyg’otadigan kuch. Insonning barcha qarashlarining mezonidir”18. Inson ma’naviyatining mohiyati bir-biri bilan uzviy bog’langan ma’naviy-axloqiy, ilmiy-amaliy, mafkuraviy fazilatlarning yaxlit tizimi ekanligini unutmasligimiz darkor. Ma’naviy tarbiya tarbiya haqida so‘z yuritganimizda, axloq tushunchasiga e’tibor qaratishimiz lozim. “Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy va ruhiy balog’ati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir”19. A.Erkayevning ta’kidlashicha, “ma’naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g’rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikkka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir”20.
Yuksak ma‘naviyatli insonni shakllantirish jamiyatni rivojlantirishning muhim omili sanaladi. Bu masalani yoritishda ma‘naviyatning shaxs faolligini, mehnat unumdorligini oshirish, jamiyatda totuvlik, yakdillikni ta‘minlash va umummilliy manfaatlarni uyg’unlashtirishdagi qudratli kuch o‘rganiladi. Markaziy Osiyo tarixida diniy va qomusiy bilimni siyosiy aql-idrok bilan ma‘naviy jasoratni o‘zida mujassam eta bilgan Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shganlar, ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissalari butun dunyoga ma‘lum1 .
Jamiyatning ma‘naviy kamoloti o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Har bir tuzum va davr ma‘lum maqsad, g’oya va mafkuralar, talab va ehtiyojlar asosida kishilarning ma‘naviy kamolotiga ta‘sir ko‘rsatadi. Ana shunga asosan, inson tarbiyasining biron tizim, shakl va mazmuni, insoniyligi kelib chiqadi. Jamiyat a‘zolarining ma‘naviy fazilatlari, ta‘lim tarbiyaning yo‘llari va usullariga kishilaming milliy jihatlari, yashash va mehnat qilish sharoitlari, turmush tarzi kabilar ham ta‘sir etadi. Ayniqsa, ma‘naviy qadriyatlarimizni chuqur bilish, uning uzviyligini ta‘minlash, har bir yosh avlodning muqaddas burchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Ma‘naviyat - bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat‘i nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida, ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy sifatlardir.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin