3 i-bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


-jadval 200_ yil oyi uchun mehnatga xaq to‘lash harajatlarini



Yüklə 147,95 Kb.
səhifə15/21
tarix02.02.2023
ölçüsü147,95 Kb.
#82402
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Qurilish tashkilotlarida BH ni tashkil etish BMI

1.9-jadval
200_ yil oyi uchun mehnatga xaq to‘lash harajatlarini
qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash hisob-kitobi



Harajat
schyotlari

Jami
amortiza-
siya
summasi

Shu jumladan ob’ektlar bo‘yicha

A

B

V

%

summa

%

summa

%

Summa

1

2010 «Asosiy ishlab chiqarish»

6000000




3000000

-

2000000

-

1000000

2

2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»

2000000

50

1000000

20

400000

30

600000

3

2510 «Umum- ishlab chiqarish harajatlari»

3000000

10

300000

30

900000

60

1800000




Jami

11000000

-

4300000

-

3300000

-

3400000


Qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan mehnat haqi harajatlari. Bu
harajatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Kapital investitsiyalar tarkibiga kiradigan mehnatga haq to‘lash harajatlari. Bunday harajatlar bo‘lib xo‘jalik usulida olib borilgan kapital investitsiyalarga doir mehnatga haq to‘lash harajatlari hisoblanadi. Ular qurilish tashkilotlarida 0800 «Kapital quyilmalar» schyotining debetida aks ettiriladi hamda kapital qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va modernizatsiya ishlari yakunlangach, mos ravishda, asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklangan) qiymatiga kiritiladi.

  2. Asosiy vositalarni tugatishdan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadigan ish haqi harajatlari. Bu turdagi harajatlar 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» schyotining debetida aks ettiriladi. Tugatishdan daromad ko‘rilmaganda tugatish uchun hisoblangan ish haqi harajatlari qurilish tashkilotlari uchun qo‘shimcha zarar olib keladi va u, mos ravishda, 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schyotiga yopiladi.

Davr harajatlariga kiritiladigan mehnatga haq to ‘lash harajatlari. Ushbu harajatlar bo‘lib bajarilgan qurilish ishlarini sotish (9410 schyot), ma’muriy- boshqaruv (9420 schyot), shuningdek boshqa operatsion harajatlarga (9430 schyot) kiritilgan ish haqi harajatlari hisoblanadi. Ular qurilish tashkilotining sotishdan olgan yalpi foydasi hisobidan qoplanadi va mos ravishda 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga yopiladi.


II-BOB. QURILISH TASHKILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI HISOBI VA QURILISH ISHLARI TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH
2.1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi
Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish ishlari ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga sarflangan harajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi.
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan harajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ushbu nizomga ko‘ra qurilish ishlari tannarxiga kiradigan asosiy ishlab chiqarish harajatlari bevosita va bilvosita (ustama) harajatlarga bo‘linadi. Ushbu turdagi harajatlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra beshta guruhga ajratiladi va ularning tarkibiga quyidagi harajat moddalari kiritiladi (2.1-jadval).
2.1-jadval
Qurilish ishlari tannarxiga kiruvchi asosiy ishlab chiqarish harajatlari

Harajat guruhi

Harajat moddalari

Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlari

Bevosita material harajatlari

Qurilish ishlariga bevosita sarflan­gan qurilish materiallari, yarim fabrikatlar va buyumlar, yoqilg‘i va moylash materiallari, xo‘jalik inventarlari va boshqa materiallar

  • Material hisoboti (M-19)

  • Material sarfi hisoboti (M-29)

  • 10-s jurnal- order

Bevosita mehnat haqi harajatlari

Qurilish ishlarini bevosita olib borgan qurilish brigadalari a’zolariga hisoblangan asosiy ish haqi va mukofatlar

  • Naryadlar

  • Tabellar

  • Hisob-to‘lov qaydnomalari

  • 10-s jurnal-order

Bevosita mehnat haqi fondidan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar

Qurilish ishlarini bevosita olib borgan qurilish brigada a’zolari ish haqi fondidan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar

Ijtimoiy sug‘urtaga ajratma hisob-kitobi 10-s jurnal-order

Amortizatsiya
ajratmalari

Qurilish ishlarini olib borishda bevosita ishtirok etgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan eskirish

  • Amortizatsiya hisob-kitobi

  • 10-jurnal-order






summasi




Boshqa ishlab chiqa­rish harajatlari (bilvosita ustama harajatlar)

  1. Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan materiallar qiymatidagi farqlar

  2. Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan turli xizmatlar (loyihalashtirish, sertifikatlash va transport xizmatlari, gaz, suv va elektr quvvati bilan ta’minlash, ta’mirlash va boshqa xizmatlar)

  3. Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan me’yordagi yo‘qotishlar

  4. Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish chiqarish harajatlari

  5. Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga hisobdan chiqarilgan kelgusi davr harajatlari

  6. Boshqa ishlab chiqarish harajatlari

  • Schyot-fakturalar

  • Dalolatnomalar

  • Buxgalteriya hisob- kitoblari

  • 10-s jurnal-order

  • Boshqa hujjatlar va registrlar

Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish harajatlarining sintetik hisobi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot doirasida har bir qurilish ob’ekti harajatlari hisobi uchun alohida analitik schyotlar ochiladi.


2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti doirasida analitik schyotlarning ochilishi, yuritilishi hamda yopilishi misol tariqasida 2.2-jadvalda keltirilgan.
Yig‘ma 10-s jurnal-order ma’lumotlari qurilish tashkilotida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti bo‘yicha bosh kitobni yuritishga asos bo‘ladi. Chunonchi, bosh kitobning debetida korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar yig‘ma 10-s jurnal-orderda barcha qurilish ob’ektlari (analitik schyotlar) bo‘yicha keltirilgan mos ravishdagi harajat moddalari summalarining yig‘indisiga teng kelishi lozim.


Yüklə 147,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin