3 i-bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari



Yüklə 147,95 Kb.
səhifə2/21
tarix02.02.2023
ölçüsü147,95 Kb.
#82402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Qurilish tashkilotlarida BH ni tashkil etish BMI

Ikkinchi bobida: Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish harajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish deb nomlangan bo’lib, Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi, Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining hisobi to’g’risida ma’lumotlar yoritib berilgan.
Malakaviy ishning 3-bobi Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari qismida Elektr xavfsizligi. Kompyuterdan foydalanish qoidalari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Malakaviy ishning Xulosa qismida. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini to’g’ri yuritishning muhimligi, uni amalga oshirish uchun qilinadigan ishlarning chuqur o’rganishimiz kerakligi to’g’risida fikrlar bildirilgan.
Ilova qismida qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishda normativ hujjatlarning namunalari keltirilgan.
Malakaviy ishni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy va ommaviy adabiyotlar, internet saytlaridan foydalanilgan.

KIRISH
Mavzusining dolzarbligi. Qurilish tarmog‘i xalq xo‘jaligining boshqa tarmoq va sohalaridan turli jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Ushbu farqli jihatlar ularni boshqarish uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va uzatish vositasi bo‘lgan buxgalteriya hisobiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy hol. Aynan shular qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi.

Qurilish tashkilotlarida maxsus qurilish mashinalari va uskunalari, ularning ish faoliyati, saqlanishi va ekspluatatsiya qilinishi, qurilish materiallari harakati, bajarilgan qurilish ishlariga ketgan bevosita material va mehnat harajatlari, yordamchi ishlab chiqarish va boshqa umumishlab chiqarish ustama harajatlari hisobi, shuningdek qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish xususiyatlariga qaratilgan. Qurilish tarmog‘iga tegishli xo‘jalik sub’ektlarida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar, buyurtmachilar bilan hisoblashishlar, pudratchi va subrudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar, turli boshqa daromad va harajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yakuniy moliyaviy natijalarning shakllantirilishi, ularning hisob va hisobotda aks ettirilishi bevosita tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqilgan holda ochib berilgan.



Yüklə 147,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin