1.3-jadval
Qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi uchun qo‘llaniladigan boshlang‘ich hujjatlar klassifikatori
№
|
Boshlang‘ich hujjat nomi
|
Tuzuvchi
shaxslar
|
Foydalanuv-
chilar
|
Taqdim etish muddati
|
1
|
Ishonchnoma
|
Buxgalteriya
|
Buxgalteriya, Ta’minot bo‘limi
|
Olingan so‘ng 10 kun ichida
|
2
|
Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi (M -7 shakl)
|
Ombor mudiri
|
Buxgalteriya, Ta’minot bo‘limi
|
Joriy oyning oxirgi kuni
|
3
|
Omborga kirim qilish orderi (M-4 shakl)
|
Ombor mudiri
|
Buxgalteriya, Ta’minot bo‘limi
|
Joriy oyning oxirgi kuni
|
4
|
Limit-zabor varaqasi (M-8 shakl)
|
Ombor mudiri
|
Buxgalteriya,
uchastka
boshliqlari,
masterlar
|
Joriy oyning oxirgi kuni
|
5
|
Talabnoma ( M- 11 shakl)
|
Uchastka
boshliqlari,
masterlar
|
Buxgalteriya
uchastka
boshliqlari,
masterlar
|
Har kuni
|
6
|
Ichki almashuv nakladnoyi (M-15 shakl)
|
Ombor mudirlari
|
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
|
Har kuni
|
7
|
Schyot-faktura
|
Sotish bo‘limi
|
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
|
Har kuni
|
8
|
Inventarlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida dalolatnoma
|
Uchastka
boshliqlari,
masterlar
|
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
|
Joriy oyning oxirgi kuni
|
9
|
Materiallar harakati to‘g‘risida hisobot (M-19)
|
Ombor mudirlari
|
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
|
Joriy oyning oxirgi kuni
|
10
|
Qurilishda asosiy materiallar sarfi to‘g‘risida hisobot (M-29)
|
Uchastka
boshliqlari,
masterlar
|
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
|
Joriy oyning oxirgi kuni
|
Ta’minotchilardan (qurilish materiallari kombinatlari, zavodlar, ta’minot- savdo korxonalari va boshqalardan) qurilish materiallari shartnomalar asosida sotib olinadi. Qurilish tashkiloti ta’minotchilardan materiallarni olish uchun o‘zining ishonchli vakili (ekspeditor) nomiga ishonchnoma beradi. Bu vakil qurilish materiallarini ta’minotchidan qabul qilib olish, uni yuklash, jo‘natish, yetkazib kelishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Ta’minotchi korxona qurilish tashkiloti vakili qo‘liga yuklab jo‘natilgan materiallar bo‘yicha schyot-faktura va unga ilova qilinadigan yuk-transport hujjatlarini (TTN, temir yo‘l naklodnoyi, vagon spesifikatsiyasi, sifat sertifikati va boshqalarni) taqdim etadi.
Materiallarning buyurtmachilardan, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlardan olinishi ham yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshash tarzda hujjatlashtiriladi. Qurilish materiallarini ta’sischilardan kirim qilinishi ta’sis shartnomasi, baholar kelishuvi bayonnomasiga muvofiq tuzilgan schyot-fakturalar va ularga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotida kelib tushgan materiallar rahbarning farmoyishiga ko‘ra omborlarga yoki bevosita qurilish maydonchalaridagi maxsus joylarga miqdor va sifat jihatdan qabul qilinadi. Tashib keltirishda turli qo‘shimcha harajatlar qilingan materiallar bo‘yicha qurilish tashkiloti buxgalteriyasi maxsus «Kirim dalolatnomasi»ni tuzadi. Ushbu hujjat materiallarni sotib olish qiymati (tannarxi) bo‘yicha hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
Qurilish tashkilotlarida kelib tushgan materiallarning ombor hisobi partion, navli yoki qoldiq usullar bo‘yicha olib boriladi. Buning uchun mos ravishdagi partion kartalar, kartochkalar yoki kitoblar ochiladi. Ushbu ombor hisobi registrlariga kirim qilingan materiallarning miqdori, narxi, summasi va boshqa belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar schyot-fakturalar va kirim dalolatnomalari asosida yoziladi.
Omborlardan materiallar qurilish maydonchalariga talabnomalar, ichki naklodnoylar, limit-zabor qaydnomalari asosida beriladi. Bu hujjatlar ikki nusxada tuziladi hamda mas’ul xodimlar (bosh injener, hisobchi), shuningdek materiallarni bergan va olgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilish maydonchalarida omborlardan olingan materiallar uchun moddiy javobgar shaxslar bo‘lib masterlar, prorablar yoki brigadirlar hisoblanadi. Ushbu moddiy javobgar shaxslar bo‘ynidagi materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi maxsus hisobot (M-29 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ishlatilmagan materiallar qurilish maydonchalaridan omborlarga ichki nakladnoylar bilan qaytariladi.
Materiallarning chetga chiqib ketishi (sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi), shuningdek yaroqsiz holatga kelganligi uchun hisobdan chiqarilishi faqat qurilish tashkiloti rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ushbu hollarda materiallarning ombordan chiqib ketishi schyot-fakturalar bilan ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Yaroqsiz holatga kelgan materiallarning hisobdan chiqarilishi dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Materillarning omborlardan berilishi va boshqa barcha chiqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida partion kartalar, kartochkalar yoki ombor kitobiga qayd etiladi.
Qurilish tashkilotlarida ombor mudirlari materiallarning holati va harakati bo‘yicha hisob siyosatida belgilangan muddatlarda material hisobotlarini tuzadilar.
Ta’kidlash joizki, respublikamizda qurilish tashkilotlari uchun material hisobotining yaxlit shakli tasdiqlangan emas. Qurilish tashkilotlarida hozirgi kunda ham sobiq sovet tizimi davrida ushbu maqsadlar uchun tasdiqlangan maxsus hisobot shaklidan (M-19 shakl) foydalanib kelinmoqda. Biroq, qurilish tashkilotlari amaliyotida bu hisobotni aynan tasdiqlangan shaklda tuzilmayotganligini, aksincha uni turli o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda tuzish holatlarini uchratish mumkin.
Chunonchi, ayrim qurilish tashkilotlarida materiallar hisoboti faqat soniy ko‘rinishda, boshqalarda esa soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilmoqda.
Soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilgan materiallar hisoboti (M-19 shakl) namuna sifatida 4 - ilovada keltirilgan.
Hisobotni ushbu ko‘rinishda yuritishga hozirgi kunda qurilish tashkilotida materiallarni hisobdan chiqarishda qabul qilingan baholash usullari katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, FIFO usulini qo‘llash ushbu hisobotni bir qancha varaqlardan iborat bo‘lishiga olib keladi. Chunki, bu usulga ko‘ra materiallar nomi bir xil bo‘lsada, lekin sotib olish narxlari turlicha bo‘lganligi uchun alohida qatorlarda ko‘rsatiladi.
AVEKO usulini qo‘llash hisobot varaqlari sonini kamayishiga olib keladi. Chunki, bunda materiallar nomi bir xil bo‘lganligi uchun, ularning bahosidan qat’iy nazar, bir qatordan yoziladi. Bu usulda materiallar holati va chiqimining summaviy miqdori hisobotda o‘rtacha baholarda ko‘rsatiladi.
Materiallar hisoboti ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyada qoladi. Buxgalter tomonidan tekshirilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan ikkinchi nusxasi esa ombor mudiriga qaytariladi.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasida materiallar hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar ishlab chiqarish zahiralarining sintetik va analitik hisobini yuritishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Qurilishga sarflangan materiallar to‘g‘risida hisobotni tuzish va unga ishlov berish tartibi
Qurilishga sarflangan bevosita material harajatlar to‘g‘risida axborotlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi asosiy hujjat bo‘lib «Qurilishda asosiy materiallar sarfi to‘g‘risida hisobot» (M-29 shakl) hisoblanadi (5-ilova). Bu hisobotning shakli va uni tuzish tartibi sobiq SSSR Markaziy statistika boshqarmasining 1982 yil 24 noyabrdagi 613-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Quyida hozirgi vaqtda ham qurilish tashkilotlarida qo‘llanilayotgan mazkur hisobotning mazmuniga qisqacha to‘xtalamiz.
M-29 shaklli hisobot ikkita bo‘limdan iborat. Uning birinchi bo‘limi «Materiallarga bo‘lgan me’yoriy talab va bajarilgan ishlar hajmi», ikkinchi bo‘limi esa «Asosiy materiallar haqiqiy sarfini ishlab chiqarish me’yorlari bo‘yicha aniqlangan sarflar bilan taqqoslanishi» deb ataladi.
Hisobotning 1-bo‘limi ikki qismdan (chap va o‘ng qismdan) iborat. Uning chap qismida (1- 6-ustunlar) bajariladigan qurilish ishlarining turlari, o‘lchov birligi, hajmi, bir birlik ishga ketadigan materiallarning me’yoriy sarfi, materiallarga bo‘lgan jami me’yoriy talab va yil boshiga haqiqatda bajarilgan ishlarning hajmi ko‘rsatiladi. Hisobotning o‘ng qismida (7-10- ustunlar) hisobot oylari bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ishlarning hajmi va materiallarning me’yor bo‘yicha sarfi ko‘rsatiladi. Ushbu hisobotning birinchi qismi, odatda, yil boshiga qurilish ishlari boshlanishi oldidan to‘ldiriladi, ikkinchi qismi esa qurilish ishlari bajarilayotgan davrda oyma-oy to‘ldirib boriladi.
M-29 shaklli hisobotning 1-bo‘limini tuzish va to‘ldirib borish bevosita qurilish tashkilotining ishlab chiqarish bo‘limining funksiyasi hisoblanadi. Bu bo‘limda hisobotning dublikati qurilish ishlari boshlangandan to uni yakunlangungacha saqlanadi. Qurilish ishlari oldidan tayyorlangan hisobotning ikki nusxasi qurilish ishlari bo‘yicha mas’ul va moddiy javobgar shaxslarga (prorab, master)larga beriladi.
Hisobotning 2-bo‘limi qurilish maydonchalaridagi moddiy javobgar shaxslar (prorab, master) tomonidan to‘ldiriladi. Bu bo‘limda qurilish ishlarini bajarishga haqiqatda ketgan materiallar sarfi, ushbu sarflarni belgilangan me’yordagi sarflardan chetlanishlari (tejalganligi yoki ko‘p sarflanganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy ko‘rsatiladi. Materiallar haqiqiy sarflarining me’yoriy sarflardan kam qismi hisobotda minus ishorasi bilan, ko‘p qismi esa plyus ishorasi bilan yozilishi kerak. Me’yordan chetlanishlar bo‘lmaganda, hisobotning mos ravishdagi satrlariga tire belgisi qo‘yiladi. Materiallar sarfida belgilangan me’yorlarga nisbatan yo‘l qo‘yilgan chetlanishlar bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar (prorab, master) batafsil tushuntirish xati yozishlari, unda chetlanishlarni qanday sabablarga ko‘ra yuz berganligini asoslab berishlari lozim. Ushbu tushuntirish xati hisobotga ilova qilinadi.
Moddiy javobgar shaxslar (prorab, master) tomonidan tuzilgan va imzolangan M-29 shaklli hisobot barcha guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar bilan birga dastlab qurilish tashkilotining ishlab chiqarish bo‘limida, so‘ngra buxgalteriyada tekshirishdan o‘tadi. Ishlab chiqarish bo‘limining mas’ul xodimi (injener) haqiqatda sarflangan materiallar miqdorini bo‘limda qolgan dublikatdagi me’yorlarga mosligini, shuningdek me’yordan chetlanishlarning asosligini tekshiradi. Buxgalteriyada haqiqatda sarflangan materiallarning miqdori guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlarda to‘g‘ri ko‘rsatilganligi, shuningdek materiallar sarfining M-19 hisobot chiqimidagi ma’lumotlarga mos kelishligi tekshiriladi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq asosga ega bo‘lmagan hollarda mas’ul injener va buxgalter tomonidan hisobotga tuzatishlar kiritiladi. Hisobot bu xodimlar tomonidan to‘liq tuzatilgandan so‘ng imzolanadi.
Materiallar belgilangan me’yorlarga nisbatan kam sarflangan hollarda qurilish ishlari tannarxiga haqiqatda sarflangan miqdorda qo‘shilishi lozim. Materiallarning belgilangan me’yorlardan ortiq sarflanishi hollarida qo‘shimcha sarflar qurilish ishlari tannarxiga faqat qurilish tashkiloti rahbarining ruxsati bilan kiritiladi. Chunonchi, rahbar materiallar sarfining qurilish tannarxiga olib boriladigan miqdorini hisobotning «Tannarxga kiritilsin» nomli ustunchalarida (mos ravishda 6,10- va boshqa ustunchalarda) belgilaydi va shundan so‘ng hisobotni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
M-29 hisobotining yuqorida keltirilgan qisqacha sharhidan ko‘rinib turibdiki, u qurilish tashkilotlari boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, bu hisobot qurilish tashkiloti rahbariyati va ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan qurilishga sarflanishi kerak bo‘lgan aniq materiallar me’yoriy miqdorining mavjudligi ustidan uzliksiz nazoratni olib borilishiga, haqiqatda sarflangan materiallar miqdorini belgilangan me’yordan chetlanish sabablari va aybdorlarini topishga hamda tegishli qarorlarni qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriyada M-29 shaklli hisobot sarflangan materiallar qiymatini bajarilgan qurilish ishlarining haqiqiy tannarxiga kiritishga hamda materiallar sarfi hisobini yuritishga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |