2.2-jadval
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
200 _ yil oyi uchun
Analitik schyot - «Do‘stlik kompleki»
Debet
|
Kredit
|
№
|
Operatsiya mazmuni (harajat moddasi)
|
Korr.
Schyot
|
Summa
|
№
|
Operatsiya
mazmuni
|
Korr.
schyot
|
Summa
|
Bosh qoldiq
|
|
65000000
|
7
|
Topshiril- gan qurilish ishining tannarxi
|
9130
|
78900000
|
1
|
Material sarfi
|
1030,
1610
|
6000000
500000
|
2
|
Ish haqi
|
6710
|
3000000
|
3
|
Ijtimoiy sug‘urta
|
6520
|
720000
|
4
|
Amortizatsiya
|
0200
|
180000
|
5
|
Yordamchi ishlab chiqa-rish harajatlari
|
2310
|
1500000
|
6
|
Umumishlab chiqarish harajatlari
|
2510
|
2000000
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
13900000
|
|
Jami
|
|
78900000
|
Oxirgi qoldiq
|
|
0
|
|
|
|
|
2.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetida qurilish ishlarining oy boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldig‘i, ya’ni tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi), oy mobaynida qurilish ishlariga ketgan haqiqiy sarf-harajatlar ko‘rsatiladi. Ushbu schyotning kreditida buyurtmachilarga topshirilgan qurilish ishlarining tannarxi (sotish tannarxi) aks ettiriladi.
Qurilish ishlari buyurtmachilarga bosqichma-bosqich toshshirilgan hollarda qurilish tashkilotlarida hisobot davri oxiriga to‘g‘ri keladigan tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi) inventarizatsiya yo‘li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya qaydnomasida ko‘rsatilgan tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati (tannarxi) 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga ochilgan analitik schyot (qurilish ob’ekti)da hisobot davri oxiridagi qoldiq sifatida ko‘rsatiladi. Bu holda buyurtmachilarga topshirilgan ishlar bosqichining haqiqiy tannarxi (sotish tannarxi) ob’ekt uchun ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining bosh qoldig‘iga uning debet oborot summasini qo‘shish hamda hisobot davri oxiriga qo‘rsatilgan qoldiqni ayirish yo‘li bilan topiladi.
Asosiy ishlab chiqarish harajatlari sintetik va analitik hisobining asosiy registri bo‘lib 10-s jurnal-order hisoblanadi. Ushbu jurnal-order har bir qurilish ob’ekti (analitik schyot) bo‘yicha ochiladi. Shuningdek, qurilish tashkiloti buxgalteriyasi barcha olib borilgan qurilish ishlari harajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini jamlash uchun yig‘ma 10-s jurnal-orderni ham yuritadi. Ushbu yig‘ma jurnal-orderda asosiy ishlab chiqarish harajatlariga doir hisob ma’lumotlarini analitik schyotlar (qurilish ob’ektlari) bo‘yicha yig‘ish tartibi ko‘rgazmali tarzda 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval
Asosiy ishlab chiqarish harajatlarining yig‘ma hisobi
Harajat
moddalari
schyotlari
|
Jami
|
Shu jumladan qurilish ob’ektlari bo‘yicha
|
A(2010)
|
B(2020)
|
V (2030)
|
Dt
|
Kt
|
Dt
|
Kt
|
Dt
|
Kt
|
Dt
|
Kt
|
Bosh
qoldiq
|
85000000
|
|
65000000
|
|
15000000
|
|
5000000
|
|
1000
|
9000000
|
|
6000000
|
|
2000000
|
|
3000000
|
|
1610
|
900000
|
|
500000
|
|
100000
|
|
300000
|
|
6710
|
4500000
|
|
3000000
|
|
1000000
|
|
500000
|
|
6520
|
1080000
|
|
720000
|
|
240000
|
|
120000
|
|
6010
|
110000
|
|
-
|
|
60000
|
|
50000
|
|
6990
|
175000
|
|
-
|
|
100000
|
|
75000
|
|
0200
|
265000
|
|
180000
|
|
60000
|
|
25000
|
|
0500
|
40000
|
|
-
|
|
40000
|
|
-
|
|
2310
|
2550000
|
|
1500000
|
|
800000
|
|
250000
|
|
2510
|
3100000
|
|
2000000
|
|
700000
|
|
400000
|
|
3190
|
75000
|
|
-
|
|
75000
|
|
-
|
|
Jami
|
23795000
|
8862000
|
13900000
|
78900000
|
5175000
|
|
4720000
|
9720000
|
Oxirgi qoldiq
|
20175000
|
|
0
|
|
20175000
|
|
0
|
|
Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining hisobi
Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish deganda qurilish ishlarining olib borilishida bevosita va bilvosita ishtirok etadigan yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish bo‘linmalarining faoliyati tushuniladi. Ularga, chunonchi, quyidagilar kiradi:
qurilish materiallari, detallari, konstruksiya va moslamalarini tayyorlash sexlari (yog‘och materiallar, temir-tersaklar, beton, g‘isht plitalari, granit toshlar, bitum, asfalt va shu kabi boshqa materiallarga ishlov berish sexlari yoki ustaxonalari);
energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug‘ va boshqalar) bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘linmalar;
transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘linmalar (avtoxo‘jalik, garaj, ustaxonalar);
ta’mirlash ishlarini olib boruvchi bo‘linmalar;
qurilish ishlarini loyihalashtirish, tajriba konstruktorlik ishlarini olib boruvchi bo‘linmalar.
qurilish ishlari bilan band xodimlarga maishiy, tibbiy, sanitariya-gigiyena, oaqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘linmalari.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining yig‘ma sintetik hisobi bosh kitobda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida olib boriladi. Ushbu schyotning debetida va kreditlanadigan korrespondensiyalanuvchi schyotlarda (1000, 6710, 6520, 0200, 6000, 6990 va boshqalar) mos ravishda yordamchi ishlab chiqarishga ketgan material, ish haqi, ijtimoiy sug‘urta, amortizatsiya, turli xizmatlar va boshqa sarf-harajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotining kreditida yordamchi ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslama va buyular, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlarga ketgan jami sarf-harajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Maxsus qurilish konstruksiyalari va moslamalarini yasash sexlari bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud bo‘lishi mumkin. Bu hollarda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti qoldiqqa ega bo‘ladi. Qolgan hollarda ushbu schyotning debetida to‘plangan summa mos ravishdagi boshqa schyotlarga o‘tqaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi.
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotining yopilishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi:
yordamchi ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2110 «Yarim tayyor mahsulotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarishdan qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslamalar, xojalik jihozlari olinganda:
Debet 1000 «Materiallar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining kapital investitsiya sifatida tan olinganda:
Debet 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarish harajatlari summasini asosiy ishlab chiqarish harajatlariga kiritilganda:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarish harajatlarini davr harajatlari hisobi schyotlariga o‘tqazilganda:
Debet 9400 «Davr harajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining asosiy ishlab chiqarish harajatlariga hisobdan chiqarilishi uning alohida moddalarini aniq qurilish ob’ektlari tannarxiga bevosita olib borish yoki hisob siyosatida kelti rilgan tartibga muvofiq taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi har bir yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-orderda alohida yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |