III-BOB. MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI 3.1. Elektr xavfsizligi. Kompyuterdan foydalanish qoidalari ELEKTR XAVFSIZLIGI Kompyuter xonasida hamma jihozlar elektr tokda ishlaydi, shuning uchun elektr shikastlanishiga uchrash mumkin.
Kompyuterlarni yerga ulash va yerga ulash himoyasiga talablar. Hamma kompyuterlarda elektr tarmog’iga ulash uchun maxsus sistema ishlatiladi va unda "0" ulash himoyasi qo’llanilgan. "0" ga ulash himoyasi bu "0" simini korpuslarga bog’lash va har xil issiqlikda ishlaydigan avtomatlarni ishga tushiruvchi sistemadir.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o’zgarishi, ayniqsa keskin o’zgarishlar xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o’zgarmas xolda ushlab turadi, xamda elektr manbai o’chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo’yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo.
SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI Kompyuterda ko’p ishlash, ya’ni uning oldida ko’p o’tirish insonning ko’zi, qon
aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko’ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
♦ Hodimning ish joyiga tushayotgan yorug’lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi kerak.
♦ Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24 daraja oralig’ida bo’lishi lozim.
♦ Hodim kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o’tirishi kerak.
♦ Hodim kompyuterda 1,5-2 soat ishlagandan keyin 15-20 daqiqa tanaffus qilishi kerak.
♦ Jismoniy mashqlarni, ko’z mashqlarini bajarishi kerak
♦ Xonada gul bo’lishi kerak. Yashil narsa ko’zni charchashini oladi.
♦ Kursida o’tirgan holda qo’l va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.