1.9-jadval 200_ yil oyi uchun mehnatga xaq to‘lash harajatlarini qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash hisob-kitobi
№
Harajat schyotlari
Jami amortiza- siya summasi
Shu jumladan ob’ektlar bo‘yicha
A
B
V
%
summa
%
summa
%
Summa
1
2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
6000000
3000000
-
2000000
-
1000000
2
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
2000000
50
1000000
20
400000
30
600000
3
2510 «Umum- ishlab chiqarish harajatlari»
3000000
10
300000
30
900000
60
1800000
Jami
11000000
-
4300000
-
3300000
-
3400000
Qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan mehnat haqi harajatlari. Bu harajatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Kapital investitsiyalar tarkibiga kiradigan mehnatga haq to‘lash harajatlari.Bunday harajatlar bo‘lib xo‘jalik usulida olib borilgan kapital investitsiyalarga doir mehnatga haq to‘lash harajatlari hisoblanadi. Ular qurilish tashkilotlarida 0800 «Kapital quyilmalar» schyotining debetida aks ettiriladi hamda kapital qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va modernizatsiya ishlari yakunlangach, mos ravishda, asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklangan) qiymatiga kiritiladi.
Asosiy vositalarni tugatishdan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadigan ish haqi harajatlari.Bu turdagi harajatlar 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi» schyotining debetida aks ettiriladi. Tugatishdan daromad ko‘rilmaganda tugatish uchun hisoblangan ish haqi harajatlari qurilish tashkilotlari uchun qo‘shimcha zarar olib keladi va u, mos ravishda, 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schyotiga yopiladi.
Davr harajatlariga kiritiladigan mehnatga haq to ‘lash harajatlari.Ushbu harajatlar bo‘lib bajarilgan qurilish ishlarini sotish (9410 schyot), ma’muriy- boshqaruv (9420 schyot), shuningdek boshqa operatsion harajatlarga (9430 schyot) kiritilgan ish haqi harajatlari hisoblanadi. Ular qurilish tashkilotining sotishdan olgan yalpi foydasi hisobidan qoplanadi va mos ravishda 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga yopiladi.
II-BOB. QURILISH TASHKILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI HISOBI VA QURILISH ISHLARI TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH 2.1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish ishlari ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga sarflangan harajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi.
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan harajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ushbu nizomga ko‘ra qurilish ishlari tannarxiga kiradigan asosiy ishlab chiqarish harajatlari bevosita va bilvosita (ustama) harajatlarga bo‘linadi. Ushbu turdagi harajatlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra beshta guruhga ajratiladi va ularning tarkibiga quyidagi harajat moddalari kiritiladi (2.1-jadval).
2.1-jadval Qurilish ishlari tannarxiga kiruvchi asosiy ishlab chiqarish harajatlari
Harajat guruhi
Harajat moddalari
Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlari
Bevosita material harajatlari
Qurilish ishlariga bevosita sarflangan qurilish materiallari, yarim fabrikatlar va buyumlar, yoqilg‘i va moylash materiallari, xo‘jalik inventarlari va boshqa materiallar
Material hisoboti (M-19)
Material sarfi hisoboti (M-29)
10-s jurnal- order
Bevosita mehnat haqi harajatlari
Qurilish ishlarini bevosita olib borgan qurilish brigadalari a’zolariga hisoblangan asosiy ish haqi va mukofatlar
Naryadlar
Tabellar
Hisob-to‘lov qaydnomalari
10-s jurnal-order
Bevosita mehnat haqi fondidan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar
Qurilish ishlarini bevosita olib borgan qurilish brigada a’zolari ish haqi fondidan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar
• Ijtimoiy sug‘urtaga ajratma hisob-kitobi 10-s jurnal-order
Amortizatsiya ajratmalari
Qurilish ishlarini olib borishda bevosita ishtirok etgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan eskirish
Amortizatsiya hisob-kitobi
10-jurnal-order
summasi
Boshqa ishlab chiqarish harajatlari (bilvosita ustama harajatlar)
Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan materiallar qiymatidagi farqlar
Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan turli xizmatlar (loyihalashtirish, sertifikatlash va transport xizmatlari, gaz, suv va elektr quvvati bilan ta’minlash, ta’mirlash va boshqa xizmatlar)
Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan me’yordagi yo‘qotishlar
Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish chiqarish harajatlari
Asosiy ishlab chiqarish harajatlariga hisobdan chiqarilgan kelgusi davr harajatlari
Boshqa ishlab chiqarish harajatlari
Schyot-fakturalar
Dalolatnomalar
Buxgalteriya hisob- kitoblari
10-s jurnal-order
Boshqa hujjatlar va registrlar
Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish harajatlarining sintetik hisobi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot doirasida har bir qurilish ob’ekti harajatlari hisobi uchun alohida analitik schyotlar ochiladi.
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti doirasida analitik schyotlarning ochilishi, yuritilishi hamda yopilishi misol tariqasida 2.2-jadvalda keltirilgan.
Yig‘ma 10-s jurnal-order ma’lumotlari qurilish tashkilotida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti bo‘yicha bosh kitobni yuritishga asos bo‘ladi. Chunonchi, bosh kitobning debetida korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar yig‘ma 10-s jurnal-orderda barcha qurilish ob’ektlari (analitik schyotlar) bo‘yicha keltirilgan mos ravishdagi harajat moddalari summalarining yig‘indisiga teng kelishi lozim.