3 i-bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


-jadval Brigada a’zolarining mehnatda ishtirok koeffitsiyenti asosida ishlagan



Yüklə 147,95 Kb.
səhifə13/21
tarix02.02.2023
ölçüsü147,95 Kb.
#82402
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Qurilish tashkilotlarida BH ni tashkil etish BMI

1.6-jadval
Brigada a’zolarining mehnatda ishtirok koeffitsiyenti asosida ishlagan
vaqtining hisob-kitobi



Familiya, ismi sharifi

Lavozimi

Razryadi

n
ga ,ti at
-2 ? 0
hl va so
s
I

Mehnatda
ishtirok
koeffits.
(MIK)

MIK bilan hisoblangan Ish vaqti

1

Davirov D

Brigadir

6

175

1,3

227,5

2

Xalikov A.

Ishchi

5

175

1

175

3

Shirinov B

Ishchi

3

175

1,1

192,5

4

Jabborov S

Ishchi

3

140

0,7

98

5

Olimov A

Ishchi

2

154

0,9

138,6




Jami







819




831,6

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida dastlab MIK bilan hisoblangan bir birlik ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan asosiy ish haqi va mukofat summasi topib olinadi. Bizning misolimizda bu ko‘rsatkich:



  1. asosiy ish haqi bo‘yicha 601,25 so‘m (500000 / 831,6);

  2. mukofat bo‘yicha 360,75 so‘m (300000 / 831,6).

Ushbu ma’lumotlar asosida asosiy ish haqi va mukofat pulining brigada a’zolari o‘rtasidagi taqsimoti hisob-kitobi quyidagicha amalga oshiriladi (1.7- jadval):
1.7-jadval
Brigada a’zolari o‘rtasida asosiy va qo‘shimcha ish haqlarini taqsimlash
hisob-kitobi



Familiya,

MIK bilan

MIK bilan hisob­













ismi sharifi

hisoblan­

langan bir birlik ish

Hisoblangan

Jami







gan

vaqtiga to‘g‘ri







hisob-







ish vaqti

keluvchi







landi










ish

muko­

ish

muko­













haqi

fat

haqi

fat




1

Davirov D

227,5

601,25

360,75

136784

82071

218855



2

Xalikov A.

175

601,25

360,75

105219

63131

168350

3

Shirinov B

192,5

601,25

360,75

115741

69444

185185

4

Jabborov S

98

601,25

360,75

58923

35354

94277

5

Olimov A

138,6

601,25

360,75

83333

50000

133333




Jami

831,6







500000

300000

800000

Qurilish tashkilotlarida vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotganlik uchun beriladigan nafaqa, mehnat ta’tili va boshqa to‘lovlar (moddiy yordam, kompensatsiyalar) umumbelgilangan tartibga asosan hisob-kitob qilinadi.


Qurilish tashkilotlarida hisoblangan ish haqidan ushlanmalar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi kabi majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarga bo‘linadi. Majburiy ushlanmalarga xodimlar ish haqidan undiriladigan daromad solig‘i, 2,5 foizlik pensiya fondiga ushlanma, 1 foizlik jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti schyotiga ushlanma, sud ijro hujjatlari asosida amalga oshiriladigan ushlanmalar, berilgan bo‘nak va boshqalar kiradi. Ixtiyoriy ushlanmalarga xodimlarning arizasiga ko‘ra ushlanadigan turli to‘lovlar, hayriyalar kiradi. Respublikamiz qonunlariga ko‘ra ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori xodimlar oylik ish haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ish haqidan undiriladigan barcha ushlanmalarning hisob-kitoblari umumbelgilangan tartiblarda amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlari boshqa korxonalar singari ish haqini berishning bo‘nakli va bo‘naksiz tizimlarini qo‘llaydilar. Bo‘nakli tizim qo‘llanilganda oyning birinchi yarmi tugagach, xodimlarga oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda bo‘nak qaydnomalar asosida beriladi. Bo‘naksiz tizim qo‘llanilganda ish haqi faqat hisobot oyi tugagach qaydnomalar asosida beriladi.
Qurilish tashkilotlari buxgalteriyasi mehnatga haq to‘lashga doir barcha hisob-kitob ma’lumotlarini ish haqi kitobida, xodimlarning shaxsiy varaqalarida yoki hisob-to‘lov qaydnomalarida mujassamlashtiradi. Ushbu registrlarda keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobini yuritishga asos bo‘ladi.
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi
Qurilish tashkilotlari mehnatga haq to‘lash hisob-kitoblarning sintetik hisobini 6700 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» va 6720 «Deponentlangan ish haqi» schyotlarida yuritishlari lozim.
Ushbu passiv schyotlarning bosh va oxirgi qoldiqlari mos ravishda hisobot oyining boshi va oxirida qurilish tashkilotining o‘z xodimlari oldidagi to‘lanmagan ish haqi hamda deponentlangan ish haqi bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi. Bu schyotlarning kreditida mos ravishda qurilish tashkilotining ish haqi bo‘yich a qarzini ko‘payishi, debetida esa ushbu qarzning kamayishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (1.8-jadval).
1.8-jadval
Qurilish tashkilotlarida ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni schyotlarda
aks ettirish



Operatsiyaning mazmuni

Summa

Debet
schet

Kredit
schet

Asos
bo‘luvchi
hujjat

1

Qurilish ishlari uchun hisoblangan bevosita ish haqi summasiga

3000000

2010

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

2

Yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqi summasiga

1500000

2310

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

3

Umumishlab chiqarish harajatlariga olib borilgan ish haqi summasiga

1000000

2510

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

4

Kapital investitsiyalarga kiritilgan ish haqi summasiga

2000000

0810­
0890

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

5

O‘z asosiy vositalarini tugatish uchun hisoblangan ish haqi summasiga

100000

9210

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

6

Korxona hisobidan hisoblangan mehnatga layoqasizlik kunlar uchun hisoblangan nafaqa, moddiy yordam va konpensatsiyalar summasiga

500000

9430

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

7

Rezerv hisobidan hisoblangan mehnat ta’tili summasiga

600000

8910

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

8

Ma’muriy-boshqaruv xodimlariga hisoblangan ish haqi summasiga

1200000

9420

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

9

Sotish harajatlariga olib borilgan ish haqi summasiga

300000

9410

6710

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

10

Ish haqidan ushlangan daromad solig‘i summasiga

2100000

6710

6410

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

11

1 foizlik jamlanib boruvchi pensiya ta’minotiga ushlanma summasiga

104000

6410

6990

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

12

2,5 foizlik pensiya fondiga ushlanma summasiga

250000

6710

6520

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

13

Sud ijro hujjatlari asosidagi ushlanmalarga

120000

6710

6990

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

14

Yetkazilgan zararlarning ushlanishiga

25000

6710

4730

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

15

Arizaga muvofiq turli to‘lovlar uchun ushlanmalarga

265000

6710

6990

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

16

Deponent qilingan ish haqi summasiga

500000

6710

6720

Deponent hisobi kartochkalari

17

Kassadan berilgan ish haqi va deponent haqi summasiga

4500000

6710,
6720

5010

To‘lov qaydnomasi, chiqim kassa orderi

Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning analitik hisobi qurilish tashkilotlarining alohida olingan javobgarlik markazlari (qurilish ob’ektlari, qurilish ishlari turlari, harajat moddalari) bo‘yicha 10-s jurnal-orderda olib boriladi.



Yüklə 147,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin