Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va analitik hisobi
Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik hisobi 21-son BHMSga muvofiq 1000 «Materiallar hisobi schyotlari» tizimida ochiladigan quyidagi schyotlarda yuritilishi lozim:
1010 «Xom-ashyo va materiallar»;
1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar»
1030 «Yoqilg‘i»;
1040 «Ehtiyot qismlar»;
1050 «Qurilish materiallari»;
1060 «Idish va idishbop materiallar»;
1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»;
1080 «Inventar va xo ‘j alik j ihozlari»;
1090 «Boshqa materiallar»
Ushbu aktiv schyotlarning debetida material boyliklarning hisobot davr boshidagi qoldig‘i va hisobot davrida turli manbalardan kirim qilinishi va boshqa sabablar evaziga ko‘payishi, kreditida esa ularning qurilish ishlariga sarflanishi va boshqa turli chiqimlari (sotilishi, bepul berilishi va shu kabilar) evaziga kamayishi aks ettiriladi.
Material boyliklarning kirimi va chiqimi yuqorida nomlari zikr etilgan schyotlarda hisob bahosida aks ettiriladi. Hisob bahosi bo‘lib ularning sotib olish qiymati (haqiqiy tannarxi), reja tannarxi, o‘rtacha baho va boshqalar hisoblanadi. Materiallar bo‘yicha tanlab olingan hisob bahosining aniq turi qurilish tashkiloti hisob siyosatida belgilanadi.
Qurilish tashkilotlari materiallar kirimini ikkita usulda olib borishlari mumkin: (1) bevosita usul; (2) bilvosita usul.
Materiallar hisobining bevosita usulida ularning barcha manbalardan kirim qilinishi materiallar hisobi schyotlarining (1010-1090 schyotlar) debetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiriladi. Ushbu usulda materiallarning turli manbalardan kelib tushishi va ular kirimini 1010-1090 schyotlarda aks ettirish tartibi 1.4- jadvalda keltirilgan.
1.4-jadval
Materiallar kirimini schyotlarda aks ettirish (bevosita usul)
№
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Summa
|
Debet
schet
|
Kredit
schet
|
Asos
bo‘luvchi
hujjat
|
1
|
Taminotchilardan sotib olinganda: -materiallar qiymatiga (QQSsiz)
|
5000000
|
1010
1090
|
6010
|
Shartnoma,
schyot-faktura
|
|
- QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi bo‘lsa)
|
1000000
|
4410
|
6010
|
|
2
|
Ichki tizim korxonalaridan olinganda: -materiallar qiymatiga (QQSsiz)
- QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi bo‘lsa)
|
5000000
1000000
|
1010
1090
4410
|
6110
6120
6110
6120
|
Shartnoma,
schyot-faktura
|
3
|
Bepul kelib tushganda
|
600000
|
1010
1090
|
8530
|
Shartnoma,
schyot-faktura
|
4
|
Ta’sischilardan kelib tushganda
|
500000
|
1010
1090
|
4610
|
Shartnoma,
schyot-faktura
|
5
|
Sotib olishga doir qo‘shimcha harajatlarga
|
50000
|
1010
1090
|
6990
|
Shartnoma,
Schyot-faktura,
Kirim
dalolatnomasi
|
6
|
O‘z ishlab chiqarish sexlaridan kirim qilinganda
|
2550000
|
1010
1090
|
2310
|
Kirim
dalolatnomasi
|
7
|
Asosiy vositalarni tugatishdan olingan materiallarga
|
60000
|
1090
|
9210
|
Tugatish
dalolatnomasi
|
8
|
Materiallarning ichki almashuviga
|
2000000
|
1010
1090
|
1010
1090
|
Naklodnoy
|
Materiallar hisobining bilvosita usulida ularning ta’minotchi tashkilotlardan harid qilinishi, o‘z sexlaridan kirim qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlab 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish» schyotining debetida to‘planadi. Bunda materiallarning kelib tushish manbalarini ifodalovchi schyotlar (6010, 6990, 2310 va boshqalar) kreditlanadi. Materiallar boyliklarning omborlarga kirim qilinishi 1510 schyotning kreditida va 1010-1090 schyotlarning debetida aks ettiriladi. Bu usulda materiallarning hisob bahosidagi qiymati va harid qiymati o‘rtasidagi farq summasi hisobot davrida alohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida materiallar qiymatidagi farq summalari quyidagicha hisobdan chiqariladi:
kelib tushgan materal boyliklarning harid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan past bo ‘Iganda:
Debet 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish»
Kredit 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»
kelib tushgan materal boyliklarning harid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan yuqori bo ‘lganda:
Debet 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»
Kredit 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish»
1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida to‘plangan materiallarning hisob bahosidagi qiymati va harid qiymati o‘rtasidagi farq summasi harajatlarni aks ettiruvchi schyotlarning (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9430) debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib tarzda qo‘shimcha yozuv yoki qizil yozuv (storno) asosida hisobdan chiqariladi.
Materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi, bepul berilishi, boshqa korxonalarga ta’sis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi, shunindek turli boshqa chiqimlari guvohlik beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi (3.3-jadval).
1.5-jadval
Qurilish tashkilotlarida materiallarning ishlatilishi va boshqa chiqimlarini schyotlarda aks ettirish
№
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Summa
|
Debet
schet
|
Kredit
schet
|
Asos
bo‘luvchi
hujjat
|
1
|
Materiallarning ishlab chiqarishga sarflanishi
|
3000000
|
2010,
2310,
2510
|
1010
1090
|
M-29 shaklli hisobot, material hisoboti
|
2
|
Materiallarning sotilishi:
-sotish qiymatiga (QQSsiz)
QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi bo‘lsa)
materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo‘ynidan soqit qilinishiga
-sotishdan olingan foydaga -sotishdan ko‘rilgan zararga
|
500000
100000
400000
100000
|
4010,
4010
9210
9220
9430
|
9220
6410
1010
1090
9320
9220
|
Shartnoma,
schyot-faktura
hisob-kitoblar,
material
hisoboti
|
3
|
Materiallarning bepul berilishi: -berish qiymatiga (QQSsiz)
-QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi bo‘lsa)
-materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo‘ynidan soqit qilinishiga -sotishdan ko‘rilgan zararga
|
500000
100000
500000
600000
|
4010
4010
9220
9430
|
9220
6410
1010
1090
4010
|
Shartnoma,
schyot-faktura,
hisob-kitoblar,
material
hisoboti
|
4
|
Ta’sis badali sifatida berilishi: -kiritish qiymatiga (QQSsiz)
-QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi bo‘lsa)
-materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo‘ynidan soqit qilinishiga
|
500000
100000
500000
|
0610
0690
0610
0690
9220
|
9220
6410
1010
1090
|
Shartnoma,
schyot-faktura,
hisob-kitoblar,
material
hisoboti
|
5
|
Materiallarning ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi:
-berish qiymatiga (QQSsiz)
-QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi bo‘lsa)
-materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo‘ynidan soqit qilinishiga
|
500000
100000
500000
|
6710
6710
9220
|
9220
6410
1010
1090
|
Ariza,
schyot-faktura,
hisob-kitoblar,
material
hisoboti
|
Qurilish tashkilotlarida materiallarning analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisob bahosida 10-s qaydnomasida yuritiladi. Bu qaydnoma 3 ta bo‘limdan iborat. Uning 1-bo‘limi sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi hamda ularning hisob bahosidagi qiymati o‘rtasidagi chetlanish summasining hisobi uchun mo‘ljallangan. Ushbu chetlanishni hisob-kitob qilish va ular hisobini 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida yuritish uchun 10-s qaydnomasiga materiallarning kirimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 6-s jurnal-order va boshqa jurnal-orderlar yozuvlari asosida ko‘rsatiladi. Materiallar va ular qiymatidagi farqlarning bosh qoldig‘iga doir ma’lumotlar qaydnomaning 2- va 3- bo‘limlaridan olinadi. Shundan so‘ng, materiallar va ular qiymatidagi farqlarning bosh qoldiqlari va kirimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida (mos ravishda ularning haqiqiy tannarxi hamda hisob bahosidagi qiymatlari bo‘yicha) harid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq summasi va foizi aniqlanadi.
Materiallarning harid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farqning o‘rtacha foizi (O‘f) quyidagicha topiladi:
Dostları ilə paylaş: |