3 i-bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi



Yüklə 147,95 Kb.
səhifə12/21
tarix02.02.2023
ölçüsü147,95 Kb.
#82402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Qurilish tashkilotlarida BH ni tashkil etish BMI

1.3 Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi
Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlarini bajarish ularda turli ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislar jamosini shakllantirishni, shuningdek mos ravishda ular mehnati hamda mehnatiga haq to‘lash tizimlarini tashkil qilishni taqozo etadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: (1) asosiy xodimlar; (2) asosiy bo‘lmagan xodimlar.
Asosiy xodimlar deganda qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi.
Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
Qurilish tashkilotlarida xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, ular bilan mehnat sharnomalarini tuzish hamda uni bekor qilish respublikamiz qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlarining xodimlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodimlar hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarda xodimlarning ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlarning dastlabki hisobi registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naryadlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar, dalolatnomalar)ni tuzish hamda yuritish uchastka boshlig‘lari (prorablar, masterlar, brigadirlar)ga yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash vaqtbay va ishbay shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllarning qo‘llanilishi qurilish tashkilotining ichki me’yoriy hujjatlari (jamoa va individual mehnat shartnomalari) bilan tartibga solinadi.
Ish haqi hisoblashning vaqtbay shakli asosan ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi.
Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish kunlari soniga bo‘lish va haqiqatda igshlagan kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish haqi belgilangan maosh miqdorida hisoblanadi.
Mehnat va jamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofatlar berish ham ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga vaqtbay-mukofatli shakl ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan mukofatning miqdori qurilish tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ish haqi hisoblashning ishba y shakli bevosita qurilish ishlarini olib boruvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar, transport vositalarining haydovchilari, masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, bir birlik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me’yori (rassenka), xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida hisobotlar, bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi.
Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya’ni brigada tomonidan bajariladi. Bajarilgan ishlar yaxlit jamoaning (brigadaning) mehnati sifatida tavsiflanadi. Mos ravishda hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda «akkord», «akkord-naryad» tizimi, deb ham e’tirof etiladi.
Akkord tizimda hisoblangan asosiy ish haqi, mukofatlar va boshqa qo‘shimchalar dastlab jami brigada uchun yaxlit tarzda belgilanadi. Ish haqining jami miqdori brigada tomonidan haqiqatda bajarilgan ishning hajmini, bir birlik ish uchun belgilangan mehnat haqi me’yoriga (rassenkaga) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Korxona rahbari buyrug‘i bilan belgilangan mukofat va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar ham yaxlit brigadaga tegishli hisoblanadi.
Asosiy va qo‘shimcha ish haqlari brigada a’zolarining o‘rtasida ularning umumiy bajarilgan ishdagi hissasiga, ya’ni mehnatda ishtirok koeffitsiyenti (MIK)ga qarab taqsimlanadi. Ushbu koeffitsiyent brigada kengashi majlisi qarori bilan belgilanadi va maxsus bayonnoma ko‘rinishida buxgalteriyaga taqdim etiladi.
Misol. Brigada a ’zolariga dekabr oyida «A » ob ’ektda bajargan ishlari uchun naryad asosida 500000 so‘m ish haqi hisoblangan, shuningdek 300000 so‘m mukofat belgilangan. Brigada a ’zolarining tarkibi, egallagan lavozimlari, razryadlari, tabel bo ‘yicha ishlagan vaqti, brigada kengashi yig ‘ilishining qarori bo‘yicha belgilangan mehnatda ishtirok etganlik koeffitsiyentlari 1.6-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 147,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin