3 i-bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uni natijalarining hisobi



Yüklə 147,95 Kb.
səhifə11/21
tarix02.02.2023
ölçüsü147,95 Kb.
#82402
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Qurilish tashkilotlarida BH ni tashkil etish BMI

Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uni natijalarining hisobi
Qurilish tashkilotlarida materiallarni inventarizatsiya qilish, uning natijalarini aniqlash, hujjatli rasmiylashtirish va hisobga olish respublikamizda qabul qilingan BHMS 19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish»da keltirilgan tartib- qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ushbu standartga asosan qurilish tashkilotlarida tovar-moddiy boyliklarning rejali inventarizatsiyasi har yili kamida bir marta o‘tqaziladi. Moddiy boyliklarni o‘g‘irlash va talon-taroj qilish holatlari aniqlanganda, favqulotdagi hodisalar yuz berganda, shuningdek boshqa kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda rejadan tashqari inventarizatsiyalar o‘tqazilishi mumkin.
Tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi qurilish rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan doimiy va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan o‘tqaziladi.
Inventarizatsiyada moddiy boyliklarning mavjud holati ularni sanash, tortish, o‘lchash va shu kabi boshqa usullar yordamida aniqlanadi. Sanash, tortish, o‘lchash uchun moddiy boyliklar dastlab bunga imkon berish holatiga keltiriladi. Chunonchi:

  • taxtalar enining o‘lchov birligiga (20mm, 30 mm, 40mm, 50 mm) qarab taxlab chiqiladi;

  • bolarlar ularning uzunligi va diametriga qarab guruhlanadi;

  • mixlar ularning uzunligiga qarab guruhlarga ajratiladi;

  • shifer va tunukalar ularning eni hamda bo‘yining razmeriga qarab ajratiladi;

  • g‘ishtlar kvadrat holatiga keltirilgan holda taxlanadi;

  • havzada saqlanayotgan sement havza yuzasini aniqlash uchun bir tekisga keltiriladi;

  • trubalar va armaturalar diametriga qarab saralanadi;

  • qum va shag‘al ularni kubometr holda o‘lchash holatiga keltiriladi;

  • qurilish maydonchalarida ishlatilayotgan har xil vaqtinchalik notitul moslamalar (qoliplar, konstruksiyalar, yo‘lkalar, devorlar, yuvinish va sanitariya xonalari) ularning o‘lchamlari, baholangan qiymatiga qarab guruhlarga ajratiladi;

  • buyurtmachiga tegishli bo‘lgan materiallar va o‘rnatishga mo‘ljallangan uskunalar alohida joylarga taxlanadi.

Xuddi shu tarzda boshqa materiallar ham ularning real miqdorini aniqlashga imkon beruvchi holatga keltiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi a’zosi material boyliklarning aniqlangan real miqdorini inventarizatsiya varaqlariga (Inv-3 shakl) yozib boradi. Inventarizatsiya varaqlarining har bir beti komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Inventarizatsiya yakunlangach, buxgalteriyada inventarizatsiya varaqalari ma’lumotlari va materiallar hisobi kartochkalari yoki kitoblari ma’lumotlari taqqoslanib, inventarizatsiya natijalari aniqlanadi. Bunday taqqoslash natijalari «Taqqoslash qaydnomasi» (Inv-19 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu qaydnomaga buxgalter va moddiy javobgar shaxs imzo qo‘yadi, u rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan taqqoslash qaydnomasi ma’lumotlari inventarizatsiya natijalarini hisobga olishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Bir xil nomdagi, lekin qiymati bo‘yicha o‘zaro farq qiladigan materiallar, konstruksiyalar, moslama va buyumlar bo‘yicha rahbarning ruxsati bilan kamomadlarni ortiqchalar bilan qoplanishiga ruxsat etiladi. Bunday hollarda hisobda materiallarning faqat qiymatlari bo‘yicha farq kamomad yoki ortiqcha sifatida aks ettiriladi.
Inventarizatsiyada materiallar bo‘yicha aniqlangan ortiqchalar qurilish tashkilotining foydasiga olib boriladi va ular hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 1000 «Materiallar hisobi schyotlari» (mos schyotlar)
Kredit 9390 «Boshqa operatsion daromadlar».
Materiallar bo‘yicha aniqlangan kamomadlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

  1. aniqlangan kamomadning umumiy summasiga:

Debet 5910 «Kamomadlar va boyliklarning buzilishidan yo‘qotishlar»
Kredit 1000«Materiallar hisobi schyotlari» (mos schyotlar).

  1. moddiy javobgar shaxs bo ‘yniga olib borilgan kamomad summasiga:

Debet 4730 «Moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi»
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarning buzilishidan yo‘qotishlar»

  1. korxona zarariga olib borilgan kamomad summasiga:

Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarning buzilishidan yo‘qotishlar. Inventarizatsiya aniqlangan kamomadlar moddiy javobgar shaxslardan naqd pul yoki ularning ish haqlaridan ushlab qolish yo‘li bilan undirib olinadi.


Yüklə 147,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin