Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo'lishi sabablari. Aqli zaiflikni o'rganish bilan bog'liq masalalar korreksion pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish va o'rganish muammolari korreksion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi - oligofrenopedagogika tomonidan o'rganiladi. «Oligofreniya» (yunoncha olygos - kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qo'llanilgan. Oligofreniya - bu natal (tug'ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar bo'lishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmod) hamda turli tug'ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar kasalliklari bilan og'rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori-darmonlarni qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlarni olishi, ayollarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalarni is'temol qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo'ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar.
Tug'ilishi paytida yoki tug'ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994-yilda aqli zaiflikning quyidagi to'rt darajasini e'tirof etgan: sezilmas (kam-). o'rtacha, og'ir va chuqur darajalar.
Kam darajadagi aqli zaiflik o'quvchilar maktabni bitirish davrida o'zlarining psixometrik va klinik namoyon bo'lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
Aqli zaiflik tuzatib bo’lmaydigan hodisa sifatida e'tirof etilsa ham, uni korreksiya qilib boimaydi degan ma'noni anglatmaydi. Aksariyat tadqiqotlarda maxsus (korreksion) ta'lim muassasalarida metodik jihatdan to'g'ri yo'l tutilishi aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini ko'rsatmoqda.