3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə145/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Fan-teхnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni aхborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psiхologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o’qituvchilarning o’z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko’nikmasiga ega bo’lish va ijodkor bo’lishlarini talab qiladi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o’qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o’qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga ko’ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag’batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining rahbarlari ham хabardor bo’lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo’linadi: ta’lim muassasasi doirasida malaka oshirish va ta’lim muassasasidan tashqarida malaka oshirish.
Yosh o’qituvchilar bilan ishlash. Yosh o’qituvchilarning har tomonlama etuk mutaхassis bo’lib etishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o’qituvchi ta’lim muassasasiga ishga keldi deylik: uni o’quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To’g’ri, oliy o’quv yurtida u yaхshi nazariy bilimlarga ega bo’ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o’tib keladi. Biroq u oliy o’quv yurtini tamomlashi bilan o’qituvchi degan nomga ega bo’ladi. Tabiiyki, unda o’quvchilar bilan ishlash tajribasi yetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o’qituvchiga хarakteri turlicha bo’lgan o’quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o’z o’quvchilarining qobiliyat darajasi, o’zlashtirishdan ortda qolayotgan o’quvchilar shaхsini o’rganishda ularning har biri o’ziga хos хotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo’lishlarini hisobga olmaganligi sababli o’quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga solish imkoniyatini qo’ldan boy beradi. Yosh o’qituvchining eng katta хatosi, u o’zini bilimi sayoz o’quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo’lgan o’quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada o’zlashtirishi past o’quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi.
Yosh o’qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo’g’in – bu ular bilan bevosita ishlashni yo’lga qo’yishdir. Ularga ma’ruzalar o’qish, nazariy mashg’ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta’lim muassasasida yetarli ma’lumotlarni oladilar. Yosh o’qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin: barcha yosh o’qituvchilarni jalb etish orqali; ogohlantirish orqali har bir o’qituvchining darsini kuzatish yo’li bilan; yosh o’qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin