3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


-mavzu: Pedagogik mahorat asoslari



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə146/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

16-mavzu: Pedagogik mahorat asoslari.
1.O’zbekistan Rsspublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni hamda asosida o‘qituvchi faoliyati mazmuniga qo‘yiladigan talablar.
2. O‘qituvchining umumiy madaniy saviyasi. Pedagogik mahoratining tarkibiy qismlari va ularning mohiyati. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakopat. Pedagogik qobiliyat.
3.Pedagogik muloqot. Pedagogik muloqot uslubi va uning tuzilishi. Pedagogik muloqot uslublarining tasnifi va xususiyatlari. Pedagogik nizolar. Ularni bartaraf etish texnologiyalari.
4.Pedagogik faoliyatda ijodiyot va innovatsiya.
5.Pedagogik texnika tushunchasi. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Nutq— muloqot vositasi ekanligi. Nutq texnikasi.
6.O’z ustida ishlash - pedagogik mahoratni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida. Ilg’or pedagogik tajribalarni o‘rganish.


1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun.
O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida, ish yuritilayotgan xalq ta'limi tizimida ham so'nggi o'n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta'lim tizimida ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi say – harakatlarning samarasi sifatida 1992-yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun mazmunida Respublika ta'limi tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalari, ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi. Biroq, 1997-yilga kelib, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tatbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi. O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o'rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni.
Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta'lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy shart – sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog'lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e'tiqodlari asosida shakllantiriladi.
— «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;


  1. Yüklə 1,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin