3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Kognitiv – bilish jarayoni. Kollektiv



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə179/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Kognitiv – bilish jarayoni.
Kollektiv – jamoa, umumiy maqsad yo’lida shaxslarning o’zaro munosabatlari, tashkiliyligi va intilishlari bilan bir-biriga monand turg’un sotsial (ijtimoiy) guruh.
Kommunikatsiya – kishilarning o’zaro muloqotlarida axborotlar almashish tavsifi.
Kommunikativ ko’nikma – muomala qila olish, pedagogik texnika malaka va ko’nikma tushunchasi.
Kommunikativ faoliyat – pedagogning tarbiyalanuvchilar, boshqa pedagoglar, jamoatchilik vakillari, ota-onalar bilan maqsadga muvofiq o’rnatgan munosabatlari.
Konstruktiv faoliyat – u o’zida konstruktiv mazmun (o’quv materiallarini tanlash va joy-joyiga qo’yish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv – operativ (o’zining va talabaning xatti-harakatlarini rejalashtirish), konstruktiv – material (pedagogik jarayonning o’quv-material bazasini loyihalashtirish) ni birlashtiradi.
Konflikt – qarama-qarshi qarashlar, fikrlar to’qnashuvi, jiddiy ziddiyat, qizg’in bahs.
Kreativlik – betakror qadriyatlar yaratuvchi, nostandart echimlar qabul qiluvchi individning botiniy qobiliyati.
Kuzatish – biror pedagogik hodisa bo’yicha konkret faktik material olish maqsadini ko’zlagan idrok etishning shakli.
Ko’nikma – o’rganish natijasida qo’lga kiritilgan, beixtiyor, avtomatik tarzda bajariladigan harakat. Ko’nikmalar biror harakatni nazoratsiz, avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlaridir.
Ko’rsatma – ehtiyojning mavjudligi va obyektiv vaziyat hamda uni qondirish bilan bog’liq ravishda oldindan shaxslarning ma’lum faolligini tayyorlash, ularni joylashtirish.
Malaka – shaxsning o’zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir.
Malaka tavsifnomasi – o’qituvchining nazariy va amaliy bilimlariga qo’yiladigan umumiy talablar.
Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin