3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə72/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi va buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish – sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan tarbiyaviy usul.
Hayfsan berish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, unga hayfsan e’lon qilish mumkin.
Uyaltirish – o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan sub’ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va b.) oldida baho berish usuli. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim. Biroq, hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi.
Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi kerak, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya’ni, birgina usulni qo‘llashga asoslanishi, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi zarur. Jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasligi, jazo berish chog‘ida o‘quvchilar o‘z ayblarini sezmshm shart. O‘quvchilarga jamoada muhokama qilish, jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Jazo tarbiyalanuvchini jismoniy va ruhiy azoblamasligi, tahqirlamasligi, sha’nini yerga urmasligi kerak.
Tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda metodlar bilan birga tarbiyaviy ta’sirga ega usullardan ham foydalaniladi.

Тарбия усуллари – бу тарбиялаш, педагогик таъсир кўрсатиш хусусиятига эга ҳатти-ҳаракатлар мажмуи бўлиб, улар ёрдамида шахснинг қарашлари, мотивлари, ҳаракатларини ўзгартириш
мақсадида унинг хулқига ва позициясига ташқи таъсир кўрсатилади

Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, har qanday tashqi ta’sir ham tarbiya jarayonida ijodiy o‘zgarishlarni hosil qilishga xizmat qilmaydi. Qachonki, tarbiyaviy xarakterga ega tashqi ta’sir tarbiyalanuvchi (o‘quvchi) shaxsining ichki intilishlari bilan o‘zaro mos kelsagina, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.


Tarbiya usullarining bir necha turlari mavjud. Biroq, ular orasida keng ommalashgan va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tarbiya usullari ham mavjud. Ular quyidagilardir (24-rasm):

Ijobiy vaziyatni yanada mustahkamlovchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi (ota-ona, o‘qituvchi, mas’ul shaxs)lar o‘rtasidagi munosabatning yaxshilanishini ta’minlaydi. Bu turdagi tarbiya usullari sifatida tarbiyalanuvchi bilan birgalikda ma’lum faoliyatni tashkil etish (o‘yinchoqlarni birga yig‘ishtirish, bolaga uning uchun murakkab sanalgan ishni bajarishda ko‘maklashish, bolani o‘ylantirayotgan muammolar bilan qiziqish, unga katta ishonch bildirib, muayyan topshiriq berish kabilarni aytish mumkin. Bu jarayonda bolaning ko‘nglini ko‘taradigan, unda o‘ziga nisbatan ishonchni hosil qildiradigan jumlalar (“Balli!”, “Barakalla!”, “Yasha!”, “Juda zo‘r! Menga senga ishongandim!”, “Bilaman, sen buni uddalaysan!”, “O‘ylaymanki, bu sen uchun qiyin emas!”, “Bu ishni birgalikda bajarishimizga nima deysan!” kabilar)ni ham qo‘llash maqsadga muvofiqdir.


Bola tomonidan biror bir ishning muvaffaqiyatli bajarilgani uchun uni rag‘batlantirish, m: kichik yoshdagi bolalar uchun shirinliklar va o‘yinchoqlar, o‘rta maktab yoshidagi bolalar uchun o‘quv qurollari yoki o‘yinchoqlar, katta yoshdagi bolalar uchun qimmatbaho bo‘lmagan, ular yoqtirgan rangdagi, rusumdagi kiyimlarni, qiziqarli kitoblarni, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda maishiy buyumlar, sovg‘a qilish tarbiya jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi samimiy munosabatni yanada mustahkamlaydi. Bolalarda ijobiy his-tuyg‘ularni shakllanishiga yordam beradi, ularni bundan-da yaxshi bo‘lishga undaydi.
Salbiy vaziyatni yanada kuchaytiruvchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va tarbiyachilar o‘rtasidagi shunday ham yomon, salbiy munosabatni yanada yomonlashtiradi. Bu kabi tarbiya usullari sirasida tarbiyalanuvchining salbiy xatti-harakatlari uchun uni koyish, do‘q-po‘pisa qilish, jazolash keng qo‘llaniladi. Ko‘pchilik ota-onalar ijobiy va salbiy vaziyatlarni kuchaytiruvchi tarbiya usullaridan ketma-ket foydalanadi. Tarbiya usullarini samarali qo‘llashda eng muhimi – vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, bola holatini tushunishga harakat qilish sanaladi. Umuman, imkon qadar salbiy vaziyatni yanada kuchaytiradigan tarbiya usullaridan foydalanmaslik ma’qul. Chunki, bu kabi usullar bolaning ota-ona, o‘qituvchilardan ko‘ngli sovishiga olib keladi. Bordi-yu, bola salbiy harakatlarni sodir etganda ham unga o‘z xatolarini anglashga imkon berish, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishini ta’minlash pedagogik jihatdan to‘g‘ri yondashish hisoblanadi.
Ayrim ota-onalar bolalarni tarbiyalashda salbiy vaziyatni kuchaytiruvchi tarbiya usullarini qo‘llashda aniq bir jazolovchi vosita: xona burchagi, “jazolovchi stul” yoki bola yolg‘iz qoldiriladigan (yo‘lakdagi yoki hovlidagi) joyni belgilab oladi. Bu yerda bola yolg‘iz qolib o‘z xatolari, kamchiliklari to‘g‘risida o‘ylab oladi. Jazo “joyi”dan ozod qilingach, bola o‘z kamchiliklarini, salbiy xatti-harakatlarini to‘g‘rilashga va’da beradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi ota-onalar esa bolaning salbiy xatti-harakatlari uchun jazo maqsadida jarimalardan foydalanadi. Bolaning noto‘g‘ri xatti-harakatlari uchun qo‘llaniladigan jarimalar – multfilmlarni ko‘rish, shirinliklarni iste’mol qilish, kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaslik uchun taqiq bo‘lishi mumkin.
Uchinchi turdagi tarbiya usullari bola, tarbiyalanuvchini ishontiradigan suhbatlar sanaladi. Ushbu usulni qo‘llash uchun tarbiyalanuvchilarning yoshlarini chegaralab bo‘lmaydi, aksincha, bu kabi suhbatlar barcha yoshdagi balog‘atga yetmaganlar uchun birdek samarali bo‘ladi. Ishonch hosil qiladigan suhbatlarning bolani o‘z xatti-harakatlarini tushuntirishga, ular yuzasidan izoh berishga undashga xizmat qilishi muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, ota-onalar, o‘qituvchilarning kichik yoshdagi bolalar bilan suhbatlashishda “Mening o‘ylashimcha, bu ishing to‘g‘ri emas, o‘zing bu haqida nima deysan?”, “Ayt-chi, seningcha shu ishing to‘g‘rimi?”, “Agar bordi-yu, shu ishni men qilgan bo‘lsam, sen nima degan bo‘larding?”, “Agar Komil bunday qilganida sen xafa bo‘lmagan bo‘larmiding?” kabi savollar asosida bolani o‘z xatti-harakatlari yuzasidan o‘ylab ko‘rishga undash maqsadga muvofiqdir. Bu o‘rinda bolaga uning harakatlari mazmunini anglatish bilan birga, to‘g‘ri xatti-harakat qanday bo‘lishini tushuntirish, buning natijasida atrofdagilarning qanchalik xursand bo‘lishlarini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar hech qachon samarasiz bo‘lmaydi. Biroq, suhbat chog‘ida bolaga zo‘rlik qilinsa, bosim o‘tkazilsa, bu haqidagi ma’lumotlar bolaning miyasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Hatto bir necha yillar o‘tgandan keyin ham bola bu haqida o‘ylaydi.
K.D.Ushinskiyning fikriga ko‘ra, o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarni hosil qilishda pedagogik faoliyatni quyidagicha tashkil etish tarbiyalovchi xarakterga ega usullardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi:
1) tarbiya vazifalarini aniqlashtirish va o‘quvchilarda u yoki bu faoliyat turiga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltirish;
2) faoliyat usullarini yoritish va ularni tegishli bilimlar bilan qurollantirish (ongni rivojlantirish);
3) qo‘yilgan vazifalarni hal qilish bo‘yicha amaliy harakatlarni tashkil etish;
4) namoyish qilingan harakatlarning o‘quvchilar tomonidan dastlabki qabul qilinishini tashkillashtirish (harakatlar namunasi orqali);
5) faoliyat va xulq-atvor usullarini takomillashtirish va mustahkamlash bo‘yicha mashqlarning izchil bajarilishini ta’minlash;
6) o‘quvchilarga mashqlarni takomillashtirish yuzasidan talablar qo‘yish;
7) o‘quvchilarni ogohlantirish va ularning xulq-atvorlarini nazorat qilish.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin