3-labaratoriya mashg’uloti. Ma’lumotlarning axborotli modellari tayanch so’z va iboralar



Yüklə 132,96 Kb.
səhifə6/11
tarix29.01.2023
ölçüsü132,96 Kb.
#81552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-LABARATORIYA MASHG’ULOTI. MA’LUMOTLARNING AXBOROTLI MODELLARI

Mantiqiy ma'lumotlar. Bu turdagi ma'lumotlar (ba'zida bunday ma'lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg’on) «0» qiymatlarini qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror ob'ektning holatini ko’rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o’chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma'lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo’lgan ma'lumotlar bazasi bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma'lumotlarga ko’ra ular turli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Ma'lumotlarni uch xil ko’rinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli). Bu turlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko’rib» chiqiladi. Ierarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo’ladi. Kerakli elementni tanlash ma'lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma'lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma'lumotlarning ierarxik MBdeli deyiladi. Ma'lumotlarning ierarxik MBdeliga MBs holda yaratilgan ma'lumotlar bazasiga ma'lumotlarning ierarxik bazasi deyiladi. Ma'lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar bazasini boshqarishning ierarxik tizimi deyiladi.
Ierarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda joylashgan mahsulot kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi sathda joylashgan mahsulot turini izlashda kerak bo’ladi. Ikkinchi va uchinchi satxdagi jadvalda esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma'lumot berilgan. Ma'lumotlar bazasini ierarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma'lum qulayliklar yaratadi. Quyidagi misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin.

Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim ierarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma'lumot (fayl) lar o’rtasida ko’p yo’nalishli aloqalarni o’rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma'lumot (fayl)ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do’kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida alohida bog’liqlik o’rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi. Bir pog’onadagi ma'lumotning boshqa pog’onadagi ma'lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma'lumotlarning tarmoqli MBdeli deyiladi. Ma'lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar bazasini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.

Yüklə 132,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin