Ob'ekt va kattalik Har qanday ma'lumotlar bazasining vazifasi haqiqiy dunyoning ob'ektlari haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman olganda, «ob'ekt» va «kattalik» degan iboralarni rasman ajratish mushkul. Lekin muayyan vaziyatda bu iboralarni ishlatish uchun ularni ta'riflashimiz mumkin.
Ob'ekt — mavjud bo’lgan va o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan alohida olingan predmet. Masalan, institut yoki universitet ob'ekt hisoblanadi. Shuningdek, kimyoviy MBdda, biror qotishma, firma, zavod, inson ham ob'ekt bo’la oladi. Ob'ekt sifatida nafaqat MBddiy predmetlar, balki haqiqiy dunyoni aks ettiruvchi abstrakt tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san'at asarlari, kitoblar, teatrlardagi sahna ko’rinishlari, kinofilmlar, huquqiy normalar, falsafiy nazariyalar va boshqalar. Bunga o’xshash ob'ektlar guruhi ob'ektlar to’plamini hosil qiladi. Masalan, kasb-hunar kolleji yoki universitetlardagi guruhlar, firmalar, ombordagi mahsulotlar, korxonada ishlovchi odamlar ob'ektlar to’plamini hosil qiladi. Bunday guruhdagi muayyan ob'ektni ob'ekt nusxasi deb atash mumkin.
Kattalik — biror-bir ob'ektni ifodalovchi va uning muayyan bir nusxasi uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko’rsatkich. Masalan, ob'ektlar to’plami sifatida biror kasb-hunar kollejidagi yoki universitetlardagi guruhlarni olaylik. Berilgan guruhdagi talabalar soni va hokazolar kattaliklar hisoblanadi. Yuqorida ko’rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasiga ob'ektlar va ularni tavsiflovchi ma'lumotlarni tanlash, ma'lumotlar orasidagi bog’lanishni o’rnatish kiradi. Axborot tizimi o’lchami va vazifasiga ko’ra ob'ektlar u yoki bu darajadagi o’zgaradigan ma'lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga MB’ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ)ni yaratish imkonini beradi.
Kompyuterda ma'lumotlar bazasini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi kengayganligi (40-60Gb) katta imkoniyatlarga ega bo’lgan ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini bermoqda.
Kompyuterda ma'lumotlar bazasini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil — qanday mazmunga ega bo’lgan ma'lumotlar (ya'ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi — yig’ilgan ma'lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro’yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki u haqda biror ma'lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o’zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy MBddalar haqidagi ma'lumotlar bazasi uchun MB’ljallangan dasturlar aviapassajirlar ro’yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir.
Ma'lumotlar bazasidan foydalanishni taxlil qilish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Siz uchun kerak bo’lgan biror ma'lumot (hodisa ёки hоlат taxlili) berilgan darslikda yo’q deylik. O’qituvchining ko’rsatmasiga ko’ra, u falon muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o’qiyotgan ta'lim muassasasining kutubxonasida bor bo’lsin deylik. Kitobni izlab kutubxonaga borasiz (bu erda kitob ma'lumotlar bazasi sifatida namoyon bo’ladi). Lekin siz borgan paytdanoq kutubxona ma'muriyati kitobni (arap u kitob kutubxonada mavjud bo’lsa) sizga bermaydi. Siz avval ana shu kutubxonadagi kitoblardan erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lishingiz kerak. Buning uchun esa, ma'muriyatda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi kitoblardan foydalanish imkoniyati beriladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdagi ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun ham maxsus dasturiy vositalarning majmui — ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi yaratiladi.
Ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi deb ataladi.
Ma'lumotlar bazasida axborotlar asosan matn va raqam ko’rinishida saqlanadi. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi vazifasiga ma'lumotlar bazasini boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
Ma'lumotlar bazasiga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qat'i nazar unga qulay ko’rinishda javob berish.
Ma'lumotlarni MBdifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga MBs holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o’zgartirish.
Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to’xtatilganda ma'lumotlar bazasining qayta tiklanish qobiliyati.
Ma'lumotlarni himoyalash: ma'lumotlar bazasidan ruxsatsiz (sanktsiyasiz) foydalanishning cheklanganligi.
Ma'lumotlar bazasidan tarmoqda foydalanish: ma'lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi o’zining ma'lum ko’rinishdagi ichki tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo’lishi kerak.
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi. Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta'minlaydi:
oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning engilligi; murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari va boshqa vositalarni yaratishning mumkinligi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan ko’proq foydalaniladi. Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), «Elektron jadvallar» va ma'lumotlar bazasini qayta ishlash tizimlari misol bo’ladi. Keng tarqalganligi bo’yicha «Ishchi grafiklar» tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o’rinda turadi.
Muayyan yo’nalishdagi ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularda foydalanuvchining tizim bilan muloqoti asosida ma'lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashda ko’riladigan tipik vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi.