3-laboratoriya mshg’uloti
Mavzu: HASHAROTLARNING OYOQ VA QANOT TUZILISHINI OʻRGANISH.
Mashg’ulotdan maqsad: Talabalarga hasharоtlarning oyoq va qanotlarini tuzilishi haqida ma‘lumot berish.
Kеrakli materiallar va jihоzlar: Mikrоskоplar, 10-20 marta kattalashtirib ko’rsatadigan stоl va qo’l lupalari, binоkulyarlar, to’g’rilagich vannachalar, Pеtri shisha idishlari, suvli tоmizgichlar, qisqichlar, to’g’rilagich qaychi, ignalar, entоmоlоgik to’g’nag’ichlar, buyum оynasi, suvarak va bоshqa hasharоtlarning ko’kra va oyoq qismini ifоdalоvchi jadvallar, slaydlar hamda tayyor prеparatlar.
Hasharotlarning oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib toscha, o’ynog’ich, son, boldir va panjalardan iborat bo’ladi.
Hasharotlarning oyoqlari hayot kechirish xususiyatiga moslashuviga ko’ra turli tipda tuzilgan. Yangi sharoitga moslashish yoki harakatlanish xususiyatiga ko’ra oldingi yoki orqa juft oyoqlar tubdan o’zgarishi mumkin. Asosan quyidagi tipdagi oyoqlar farqlanadi.
1.Sakrovchi oyoqlar. Bunday oyoqlarning son qismi yo’g’onlashgan bo’lib, orqa juft oyoqlarigina sakrovchi bo’ladi (chigirtka, burga va chirildoqlarning orqa oyog’i).
2.Suzuvchi oyoqlar. Hamma qismi, boldir panjasi keng va yassi bo’ladi. Suzuvchi oyoqlarning ayrim qismlari, jumladan, barmoq yuzasi ularning qirrasiga joylashgan tukchalar tufayli juda kengayadi.Aksariyat hollarda keyingi juft oyoqlar, ayrim hollarda o’rta juft oyoqlar ham suzuvchi bo’ladi. Ular oyoqlarining har qaysisi ham bir vaqtda harakat qiladi (suvsar qo’ng’izning keyingi oyog’i).
3.Yuguruvchi oyoqlar. Boldiri va panjasi bir xil uzun va ingichka, yuguruvchi bo‗ladi (chumolilar va vizildoq qo‘ng‘izlarda);
4.Tutuvchi (qamrovchi) oyoqlar. Tutuvchi oyoqlar sonida uzunasiga ketgan chuqur ariqcha bo‗ladi. Bu ariqchaga boldir joylashadi, natijada tutilgan o’ljani kesish va qisish jarayoni amalga oshadi. Tutuvchi oyoqlarning boldiri va sonining tanaga qaragan ichki chekkasida, odatda, yirik tishlar bo’ladi. Ularning vazifasi tutilgan o’ljani ushlab turishdan iborat. Masalan, beshiktervatarlarda. Lekin, ayrim hollarda, tutuvchi oyoqlarda bunday tishlar bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, suv qandalasi (Naucoris)ning oyoqlarida bunday tishlar bo’lmaydi. Ko’p hollarda esa oldingi oyoqlar tutuvchi vazifasini ham bajaradi.
5.Yopishuvchi (so’ruvchi) oyoqlar. Kaftida panjasi juda kengaygan ayrim bo’g’imlarga bo’linib, bu bo’g’imlarda kuchli so’rg’ichlar bor (qo’ng’ir suvsar erkagining oldingi oyog’i).
6.Yig‘uvchi yoki savatchali oyoqlar. Metatarzusi va boldiri juda kengaygan va boldirining tashqariga qaragan yuzasi chuqur bo’lib, boldir va panjasi tuk bilan qoplangan, odatda, keyingi oyoqlar yig’uvchi bo’lib, gul changini yig’ishga moslashgan (asalarining orqa oyoqlari).
7. Qazuvchi oyoqlar. Bularning boldiri keng va yassi bo’ladi. Boldir uchida
baquvvat, yirik tishlar bor. Qazuvchilar oyog‗ining barmoqlari kalta, ayrimlarida mutlaqo yo‗qolib ketgan (buzoqboshining oldingi oyog‗i).
Dostları ilə paylaş: |