3-ma‘ruza: don un va non mahsulotlari reja: Donlarni klassifikasiyasi



Yüklə 475,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix24.04.2023
ölçüsü475,22 Kb.
#102015
1   2   3   4   5   6
3-Maruza

2.Dukkakli donlar  
Bu ekinlarga no’xat, loviya, yasmi, soya va boshqalar kiradi. Ular oqsilga boy 
(20—30%), kraxmali-ko’p (50% ga yakin) va 2 dan 5% gacha yog’ (soyada 22% gacha) 
bo’ladi.


Dukkakli ekinlar ikki urug’palla va urug’lik qobig’i bilan qoplangan o’simtadan 
iborat. No’xat, loviya va yasmik eng ko’p tarqalgan dukkakli ekinlardir.
Pusti archilgan no’xat oziq no’xatdan, uning daral, to’yimliligi kam qobig’ini olib 
tashlab tayyorlanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan no’xat quyidagi turlarga 
bo’linadi: pardozlanib butun archilgan no’xat, yanchilib va pardozlanib archilgan 
no’xat.
Yuqorida qayd etilgan no’xat turlari sariq yoki yashil bo’lishi mumkin. Namligi 
ko’pi bilan 15%.
Loviya qimmatbaho dukkakli ekinlardan bo’lib, mamlokatimizning ayniqsa 
janubiy rayonlarida keng tarqalgan. Loviya oqsili no’xatdagi oqsilga qaraganda ancha 
yaxshi hazm bo’ladi. Loviya oq, bir hil tusli va olabula rangli bo’ladi. Oq loviya bir 
necha turga: bombasimon, arpa yormasimon, ovalsimon, ilonchasimon, ko’raksimon, 
qisqichbakasimonlarga bo’linadi. Bir hil tusli loviya yashil, jigar rang, pistoqi, qizil, 
olabula.
Solod undirilgan javdar yoki arpa donini ivitib va yanchib olinadi. Rangli loviya 
esa olabula va to’q olabula bo’ladi. Loviyaning barcha turlarida namlik 20% dan 
oshmasligi lozim.
Yasmik—eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o’rta hisobda 30% ga yaqin 
oqsil bo’lib, ta`mi hushhur, yaxshi pishadi. Uning barcha turlari ichida tarelkasimon 
yasmik oziqlik ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga qarab, u shimoliy va janubiy, rangiga 
qarab, yashil, och yashil va hilma-hil (qoramtir) turlarga bo’linadi. Yashil va och yashil 
yasmik sifat jihatidan eng yaxshi hisoblanadi.
3.Un mahsulotlari  
KURBONOV M.T tomonidan 2004 yilda ximoya qilingan “Alohida bo’g’doy 
navlaridan olingan unlarni non, makaron va unli qandolat mahsulotlarini tayorlashdagi 
haraktiristikasi” nomli nomzodlik dissertasiyasida O’zbekistonda etishrilgan don 
mahsulotlaridan tayorlangan unlar sifat ko’rsatkichlari non, makaron va unli qandolat 
mahsulotlarini tayorlashda mahsulotlarni tavarshunoslik xossalari bo’yicha Rossiya, 
Ukraina, Qozoqiston davlatlaridan keltirilgan unlardan qolishmasliklarini ilmiy 
tadqiqot va eksperemental ishlar orqali isbotlab berdi.
Un tortish sanoati korxonalarining geografik notekis joylashishning yo’qotilishi, 
ularning yangi, ilg’or texnika bilan jihozlanishi, texnologik prosesslarning 
avtomatlashtirilishi, unning kat`iy assortimenti belgilanganligi, unga standartlar 
tasdiqlanganligi, un tortish texnologik sxemalarining har hilligi cheklanganligi hozirgi 
zamon un tortish sanoatining katta yutuqlaridir.


Un, asosan, bo’g’doy va javdardan, ba`zan arpa, makkajo’hori, suli, no’xat, soya 
va ba`zi boshqa ekinlardan tortiladi.
Oldin turli aralashmalardan tozalangan don tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan: 
dag’al yoki oddiy va mayin yoki navlab tortish usuli bilan olinadi. Dag’al tortilganda 
don val`s yoki tegirmon toshida bir yo’la un qilinadi. Bunday usul bilan, asosan, javdar 
uni olinadi.
Un tur, tip va navlarga bo’linadi. Unning turi un olingan don ekini bilan 
belgilanadi. Nima maqsadga mo’ljallanganligiga qarab unning turlari tiplarga (nonbop, 
makaronbop va boshqalarga), uning tur va tiplari esa sifatiga qarab, tovar navlariga 
bo’linadi.

Yüklə 475,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin