Parxezbop nonlar. Bunday mahsulotlarga mahsus resept bo’yicha tayyorlangan
va turli kasalliklarga mubtalo bo’lgan kishilarga mo’ljallangan non mahsulotlari kiradi.
“Zdorov`e” donli non oliy navli bo’g’doy unidan (40%)
va dag’al tortilgan
dondan
tayyorlanadi; yog’ bosgan va ichaklari sust ishlaydigan kishilarga
mo’ljallanadi.
Tuxum po’choqli teshkulcha rahit va me`dasida kislota ortib ketgan kasallarga
mo’ljallanadi.
Milliy nonlar. Nonning
odatdagi navlaridan tashqari, ayrim respublikalarda
milliy navlari ham ishlab chiqariladi. Ular odatdagi
navlardan hamirining tarkibi,
tayyorlash jarayoni, pishirish vositalari (tandir noni, shakli, o’lchami,
tashqi bezagi,
ta`mi va boshqalari) bilan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: