№3 ma’ruza mavzu: Tabiiy tosh materiallarri



Yüklə 109,55 Kb.
səhifə1/12
tarix03.02.2023
ölçüsü109,55 Kb.
#82737
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
¹3 ma’ruza mavzu Tabiiy tosh materiallarri

№3 MA’RUZA


Mavzu: Tabiiy tosh materiallarri.




Mavzuni yoritish rejasi.

1. Magmatik, cho‘qindi va metamorfik tog‘ jinslari.


2. Jins hosil qiluvchi manbalar
3. Tabiiy tog‘ jinslarining tuzilishi, mikro va makro strukturasi.
4. Tabiiy tosh materiallarini ishlatish sohalari.
5. Tabiiy tosh materiallarni olish, qayta ishlash, tashish va ishlatish.

Er qatlamida joylashgan tog‘ jinslari geologik belgilariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: magmatik (vulqondan otilib chiqqan) yoki birlamchi, cho‘kindi yoki ikkilamchi, metamorf (shakli o‘zgargan) jinslar (3.1-rasm).




Er qatlamining quyi qismi magma deb ataluvchi yuqori haroratda erigan bo‘tqasimon suyuqlikdan iborat. O‘zining tarkibiga ko‘ra, u er qatlamidan kam farq qiladi. Magmaning er yuzasiga otilib chiqqan qismi magmatik (yoki otilib chiqqan) jinslar deb ataladi. Tabiiy sharoitda shakllangan magmatik jinslar turli minerologik tarkibga va tuzilishga ega. Binobarin, ularning texnik xususiyatlari ham bir xil bo‘lmaydi.


Er qatlamining yoriqlari bo‘ylab ko‘tarilayotgan magma haro­rat­ning pasayishi natijasida chuqurlikda asta-sekin soviydi. Magmaning er yuzasiga ko‘tarilgan qismi esa tez sur’atda soviydi.
Jins hosil qiluvchi minerallar
Er qatlamini tashkil etuvchi barcha tabiiy toshlar minerallardan tashkil topgan. Tog‘jinsining xususiyatlari asosan shu jinsning tarkibiga kirgan minerallarning turiga, miqdoriga va zarrachalarning o‘zaro bog‘lanish kuchiga bog‘liq. Quyida tog‘ jinsi tarkibini tashkil etgan asosiy minerallar bilan tanishib chiqamiz.
Kvars (SiO2) – asosan qumtuproqdan tashkil topgan yashirin yoki ochiq kristall shaklida uchraydigan nihoyatda zich, mustahkam va chidamli mineral. Kvarsning zichligi 2,5–2,8 g/sm3. Siqilishdagi mustahkamligi 200 MPa, cho‘zilishdagisi esa 100 MPa dan ko‘p. Qattiqlik shkalasida kvars ettinchi o‘rinda turadi. Oddiy haroratda kvars barcha kislota va uning eritmalarida chidamlidir. YUqori haroratda kvars ftorli vodorod va fosfor kislotasi bilan reaksiyaga kirishib, silikatlar hosil qiladi. Agar nam sharoitda reaksiya davom ettirilsa, silikatlar hosil bo‘ladi.
Kvarsni 575°S dan 870°S gacha qizdirganda, u tridimit holatga aylanadi, ya’ni hajmi kattalashadi. Uning bu xususiyati kvars ishlatiladigan buyumlar tayyorlashda e’tiborga olinishi zarur. 1710°S da esa kvars suyuqlanadi va tez sovitilsa, kvars shishasi hosil bo‘ladi. Kvars sanoatda o‘tga chidamli buyumlar (dinas) tayyorlashda, sopol buyumlari ishlab chiqarishda, kvars qumi esa shisha sanoatida va silikat g‘ishti, kislotaga chidamli sementlar ishlab chiqarishda, shuningdek, qorishma va betonlar uchun mayda to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.

Yüklə 109,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin