№3 ma’ruza mavzu: Tabiiy tosh materiallarri



Yüklə 109,55 Kb.
səhifə5/12
tarix03.02.2023
ölçüsü109,55 Kb.
#82737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
¹3 ma’ruza mavzu Tabiiy tosh materiallarri

Maydalangan jinslar – loy, qum, shag‘al, xarsangtosh, mayda tosh va sementlanib qolgan jinslar - konglomeratlar, brekchiylar, qumtoshlar.
Kimyoviy cho‘kindilar - gips, angidrid, ohaktoshning ayrim xillari, dolomit, magnezit, ohak tufi, mergel.
Organogen qatlamlar – chig‘anoq, ohaktosh, bo‘r, trepel, diatomit, uglerodli jinslar (torf, neft, ozokerit).
Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarining katta bir guruhi - cho‘kindi jinslar g‘ovakli va zich buyumlar tayyorlashda xom ashyo sifatida muhim ahamiyatga ega.
Opal (SiO22N2O) tarkibida 2 dan 14 %gacha suv bo‘lgan amorf (kristallanmagan) mineraldir. U rangsiz yoki xira oq. Unda aralashmalar ko‘p bo‘lsa, sariq, ko‘k, qora ranglarda bo‘lishi mumkin. Zichligi 1900–2500 kg/m3, qattiqligi 5–6, mo‘rt.
Xalsedon (SiO2) tolali, yashirin kristalli kvarsdir. Tabiatda oq, kulrang, yaltiroq, sariq, qo‘ng‘ir va ko‘k ranglarda uchraydi. Zichligi 2600 kg/m3, qattiqpigi 6. Xalsedon opal mineralining kristallanishi hamda to‘yingan quyqalar cho‘kindisidan hosil bo‘ladi.
CHo‘kindi kvars (SiO2) – cho‘kindi tog‘ jinslari tarkibida kvars bo‘lgan yoki opal bilan xalsedonning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mineral. U ko‘pincha kremnezemli tog‘ jinslari tarkibida darz va yoriqlarni to‘lg‘izgan holatda uchraydi.
Tuproqli minerallar cho‘kindi tog‘ jinslari xossalarining o‘zgarishida katta rol o‘ynaydi. Bunday minerallar suvli alyumosilikatlar guruhiga kiradi. SHular ichida kaolinit, montmorillonit va slyudalar tabiatda keng tarqalgan.
Kaolinit (Al2O32SiO22N2O) dala shpati, slyuda va har xil silikatlarning nurashi natijasida maydalanib yanada parchalanishidan hosil bo‘lgan mineraldir. Rangi oq, ayrim hollarda qo‘ng‘ir va ko‘k tuslarda ham uchraydi. Zichligi 2600 kg/m3, qattiqligi 1. Bu degani bo‘r kabi yumshoq. Kaolinit tarkibida ko‘p mineralli kaolin tuproqlari bor.

Yüklə 109,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin