№3 ma’ruza mavzu: Tabiiy tosh materiallarri


Sochiluvchan tabiiy tosh ashyolari



Yüklə 109,55 Kb.
səhifə9/12
tarix03.02.2023
ölçüsü109,55 Kb.
#82737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
¹3 ma’ruza mavzu Tabiiy tosh materiallarri

Sochiluvchan tabiiy tosh ashyolari qum, shag‘al, xarsangtosh va boshqalar beton qorishma va temirbeton konstruksiyalarini tayyorlashda mayda va yirik to‘ldirgichlar sifatida ishlatiladi.
Tabiiy toshlarning asosiy xossalari
Tabiiy toshlar har xil xususiyatlarga ega. Barcha tabiiy tosh qurilish ashyolari og‘ir, engil, yaxlit va sochiluvchan guruhlarga bo‘linadi.
Zichligi yuqori bo‘lgan yaxlit tabiiy tosh ashyolarining (granit, diabaz, marmar va boshq.) zichligi 2500–3100 kg/m3. ga teng bo‘lsa, g‘ovak ashyolarning (trepel, bo‘r va chig‘anoq ohaktosh, pemza, tuf) zichligi 500–1700 kg/m3 ga teng. Bu ashyolarning issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning zichligiga bog‘liq. Og‘ir tosh ashyolarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5–3,0, g‘ovakli va serg‘ovak ashyolarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti esa 0,2– 0,6 Vt/mtrad. gacha bo‘lishi mumkin. Tosh ashyolarning erish harorati ularning tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Monominstal jinslarning erish harorati nihoyatda yuqori. Masalan, kvarsning erish harorati 1710°S, marmarniki 1810°S, dolomitniki 1710°S gateng. Tarkibida dala shpati, temir oksidi va ishqorlar bo‘lgan ko‘p mineralli jinslarning erish harorati esa kamroq bo‘ladi. Masalan, granit 1450°S, diabaz 1350°S, tarkibida temir birikmalari bo‘lgan tuproq 1200°S da eriydi.
Tabiiy tosh ashyolarning yuqori haroratga chidamlilik darajasi ularning mineralogik va kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Tarkibida gips bo‘lgan tosh jinslar 100°S dan yuqori haroratda buzila boshlaydi. Magniy karbonatli minerali bo‘lgan jinslar 725°S da, kalsiy karbonatli jinslar esa 827°S dan yuqori haroratda buziladi. Kvars va boshqa minerallardan tashkil topgan kristall tog‘ jinslari 700°S dan yuqori haroratda o‘z mustahkamligini kamaytiradi, chunki ularning tarkibidagi minerallar issiqpik ta’sirida turlicha kengayadi.
Tabiiy toshlarning suv va namlik ta’siriga chidamliligi ularning tuzilishiga, g‘ovakligiga bog‘liq. O‘zaro tutash bo‘lmagan g‘ovaklardan tashkil topgan toshning issiqlik va havo o‘tkazuvchanligi kam bo‘ladi.

Yüklə 109,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin