№3 ma’ruza mavzu: Tabiiy tosh materiallarri


Elektr tokini o‘tkazuvchanlik



Yüklə 109,55 Kb.
səhifə10/12
tarix03.02.2023
ölçüsü109,55 Kb.
#82737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
¹3 ma’ruza mavzu Tabiiy tosh materiallarri

Elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati tosh ashyolarning zichligiga va suv shimuvchanligiga bog‘liq. Tabiiy toshlardan dielektrik ashyolar sifatida asosan, marmar va slanetslar ishlatiladi.
Tosh ashyolarning mustahkamligiga va ularning qayta ishlanish darajasiga qarab Moos shkalasi bo‘yicha qattiqdigi aniqlanadi.
Tog‘ jinslarining turlarini o‘rganishda ularning tashqi ko‘rinishidagi belgilari quyidagi tarzda yozib boriladi:
1. Jinsning shakli, undagi qatlamlarning yo‘nalishi, darz yoki yoriqlarning soni va kattaligi.
2. CHo‘kindi tog‘ jinslarining mineralogik tarkibi va ulardagi tabiiy sementning xususiyati. Jinslarning mineralogik tarkibi 5.2-jadvalda keltirilgan jins hosil qiluvchi asosiy minerallarning tasnifidan foydalanib aniqlanadi. Tosh tarkibidagi tabiiy sementning xususiyatini aniqlash uchun jins avvalo sinaladi. Agar jins mustahkam va chidamli bo‘lsa, undagi bog‘lovchi tabiiy sement, qum, tuproq, mustahkamligi kichik bo‘lsa, loyli sement bo‘ladi.
3. Rangi va mineral donalarning o‘zaro ichki bog‘lanishi shu jinsning quruq holatida ikkiga bo‘lib anikdanadi.
Tajribahonada sinash ishlarining hajmi va toshlarni ishlatishga yaroqli-yaroqsiz ekanligi yuqorida keltirilgan shartlar aniqlangandan keyingina topiladi.
Muzlashga chidamlilik. Tabiiy toshdan ishlangan namunani suvga to‘la shimdirib, keyin muzxonada muzlatab va yana muzlagan namunani eritib, standart usullarda sinab muzlashga chidamliligi aniqdanadi. Tosh ashyolar muzlashga chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi (siklda): 10, 15, 35, 100, 150, 200. Toshlarning muzlashga chidamlilik markasi katga. Har xil minerallar tartibsiz joylashgan bo‘lsa, bunday toshlar muzlashga chidamsiz bo‘ladi.
Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi. Tabiiy toshlarning yo‘l qurilishida, polbop taxtalar va zinapoya kabi buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan turlari o‘ta mustahkam, ishqalanishga chidamli bo‘lishi kerak. Mayda kristalli toshlarni ishqalaganda juda silliqbo‘lib ketadi. SHuninguchun zinapoya, polbop taxtalar, yo‘l qurilishi uchun kristallari o‘rta yiriklikda bo‘lgan tabiiy toshlar ishlatiladi.

Yüklə 109,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin