3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja



Yüklə 118,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix14.04.2023
ölçüsü118,68 Kb.
#97645
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy to’qima. Asosiy to‘qimalarning vazifasi o‘zida ozuqa to‘plash va 
o‘simliklarni oziqlantirishdan iborat. Asosiy to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan 
o‘rniga va bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: Assimilyatsion -
(xlorenxima), so‘ruvchi, g‘amlovchi, suv g‘amlovchi va aerenxima. 
Assimilyatsion to‘qima. Yupqa qobiqli, sitoplazmasida xloroplastlar 
saqlovchi tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Bu to‘qima xlorenxima ham 
deyiladi. Hujayrada xloroplastlar hujayra qobig‘i tagida bir qator bo‘lib joylashadi. 
Assimilyatsion to‘qima organlarda tiniq epiderma tagida joylashadi. Bu esa 
og‘izchalar orqali gaz almashinuvini yengillashtiradi. Assimilyatsion to‘qima 
barglarning, yosh novdalarning va pishmagan mevalarning asosiy to‘qimalari bo‘lib, 
siyrak hujayralari orasida yirik gazlarni to‘plovchi hujayra oraliqlariga ega. Bu 
to’qima hujayralarida fotosintez bo’ladi.


So’ruvchi to’qima. Ildizning uchida uchratamiz. Ildizdagi so’ruvchi to’qima 
tuproqdan suv va undagi erigan moddalarni shimib, ildizga yetkazib beradi. Unib 
chiqayotgan bug’doy donidagi so’ruvchi to’qimaning shimib olgan suvi 
endospermdagi zahira moddalarni o’zlashtira oladigan holga keltirib murtakka 
yetkazib beradi. Suvda, botqoqlikda o’sadigan o’simliklarda havo to’plovchi, 
quruqlik yerlarda esa suv to’plovchi to’qimalar ham bo’ladi. Masalan, sholi ildizida 
aerinxima, kaktusda esa suv to’plovchi to’qima bor. Bular o’simliklar turiga ko’ra 
suv yoki havo to’plovchi rezervuar hisoblanadi. 
Aerenxima hujayralarning turli tomonlari bilan birikishidan hosil bo’ladi. 
Aerenxima gaz almashinuvi qiyin bo’lgan suvda va botqoqlikda yashaydigan 
o’simliklarda juda yaxshi rivojlangan bo’lib,o’simlikl organlarini kislorod bilan 
ta’minlaydi. 
O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi o‘zidan suv va ozuqani o‘tkazishdan iborat. 
Ya’ni ildiz orqali shimib olgan suv va unda yerigan mineral moddalarni barggacha 
(ko‘tariluvchi oqim), bargda hosil bo‘lgan fotosintez mahsulotalrini ildizgacha 
(tushuvchi oqim) o‘tkazib boradi. O’simliklarda moddalar harakatini amalga 
oshiruvchi bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishdagi o’tkazuvchi to’qima hosil 
bo’lgan. Ularni shartli ravishda pastdan-yuqoriga ko’tariluvchi oqim va yuqoridan 
pastga tushuvchi oqim deb qabul qilingan. Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim 
ksilema yoki yog’ochlik deb atalgan umumiy to’qima orqali, pastga tushuvchi oqim 
esa floema yoki lub orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 118,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin