3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja



Yüklə 118,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix14.04.2023
ölçüsü118,68 Kb.
#97645
1   2   3   4   5   6   7   8
Mexanik to’qima. Mexanik to’qima o’simlik organlarini tik tutib turishda, 
shamol, yomg’ir, qor kabi tabiatning kuchli hodisalariga bardosh berishida asosiy 
rol o’ynaydi. Mexanik to’qima hujayralari mustahkam bo’lishiga sabab, hujayrasi 
po’sti qalin bo’ladi. O’simlikning bo’yiga o’sadigan a'zolarida (poya, ildizlarda) 
mexanik to’qima hujayrasi odatda prozenximali, bo’yiga va eniga bir tekisda 
o’sadigan organlarda hujayra ko’pincha parenximali bo’ladi. Mexanik 
to’qimalarning 3 xil tipi mavjud bo’lib, kollenxima, sklerenxima va sklereid- 
toshsimon hujayralardan iborat. 
Kollenxima. Tirik hujayralardan iborat bo’lib, hujayra po’sti sellyulozali 
bo’ladi. Kollenxima asosan epiderma ostida joylashgan birlamchi po’stloqning 
parenxima hujayralaridan vujudga keladi. Hujayralar bo’yiga cho’zilib, faqat 
burchakli qalinlashgan bo’lsa burchakli kollenxima deyiladi. Hujayralarning oldingi 
va keyingi devorlari qalinlashgan bo’lsa, plastinkasimon kollenxima deyiladi. 
Kollenxima hujayralarining kattaligi 2 mm gacha boradi. Yalpizdoshlar, ziradoshlar, 
qovoqdoshlar oilalarining poya qirralari kollenxima hujayralari bilan to’la bo’ladi. 
Kollenxima po’stiga xlorruxyod eritmasi ta'sir ettirilsa moviy tusga kiradi. Bu esa 
hujayra po’sti sellyulozadan iboratligidan dalolat beradi. 
Sklerenxima. Sklerenxima muhim mexanik to’qima hisoblanib, o’simlikning 
ildiz, poya kabi o’q organlari va o’tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiradi. 
Ko’pchilik o’simliklarda uni birlamchi po’stloqda va peritsiklda mexanik halqa 
sifatida yoki mexanik to’qima boylamlari sifatida uchratish mumkin. Sklerenxima 
hujayralari uzun prozenxima va bir-birlari bilan juda zich joylashib, uchi 
o’tkirlashgan tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig’i bir tekis qalinlashadi va unda 
qavat-qavat tuzilish ifodalanadi. Hujayra qobig’ining yog’ochlanishi nihoyatda 
mastahkamlik va elastlikni vujudga keltiradi. Sklerenxima hujayralarida 


qalinlashish bilan birgalikda yaxshi ifodalangan teshik kanallari ham hosil bo’ladi. 
Sklerenxima hujayralari qobig’i shakllanib bo’lgandan so’ng hujayralarning tiriklik 
qismi nobud bo’ladi. Shuning uchun o’lik mexanik to’qima hisoblanadi. U kelib 
chiqishga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. O’simlik organlarida 
joylashshishiga qarab lub tolalari va yog’ochlik tolalarga bo’linadi. Lub tolalari 
o’simlik organlarining po’stloq qismida uchrab, ular birmuncha uzunligi bilan 
ajralib turadi. Masalan, lub tolalari uzunligi zig’irda 40-120 mm, gazandada-80 mm 
ga boradi. Lub tolalarining hujayra qobig’i zig’ir, kendir o’simligida odatda, tezda 
yog’ochlanadi. Ulardan dag’al matolar to’qish va arqonlar tayyorlashda 
foydalaniladi. 
Sklereidlar. Ular o’simlikning ildiz, barg va mevalarida yakka-yakka yoki 
to’da-to’da bo’lib joylashadi. Sklereidlar yumaloq ovalsimon, cho’ziq va 
shoxlangan shakllardagi, hujayra qobig’i yog’ochlangan jonsiz mexanik to’qimadir. 
Hujayra qobig’ida va teshik kanallar yaxshi ifodalanadi. Tosh hujayralar nok, behi 
kabi o’simlik mevalarining et qismida, yong’oq po’chog’i va olcha, olxo’ri kabi 
o’simlik mevalarining danaklarida keng tarqalgan. Shoxlangan sklereidlar choy
kameliya va zaytun o’simliklari barglarida tayanch hujayralar nomi bilan uchraydi 

Yüklə 118,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin