hamda zararli mikroorganizmlarni ularning ichki qismlariga kirishdan saqlaydi.
Bundan tashqari qoplovchi to’qimalar gaz almashinuvini ta'minlaydi,
qisman
o’simlik va atmosfera o’rtasida havo almashnuvini idora qiladi. Qoplovchi
to’qimalar kelib chiqishiga ko’ra 3 xil bo’ladi: 1) Birlamchi qoplovchi to’qima-
epiderma; 2) Ikkilamchi qoplovchi to’qima-periderma; 3) Uchlamchi qoplovchi
to’qima-po’stloq (ritodorm) dan iborat.
Epiderma. Birlamchi qoplag’ich to’qima yupqa parda-epidermisdan iboratdir.
Epiderma (yunoncha
epi-yuqori, derma-teri ma'nosini bildiradi). Epiderma
sellyuloza po’st bilan o’ralgan tirik parenxima hujayralardan hosil bo’ladi.
Birlamchi meristemadan hosil bo’lgan epiderma,
bir-biriga zich joylashgan
hujayralardan tuzilgan. Epidermis hujayralari rangsiz bo’lib, ular ichida tirik
protoplazma va yirik markaziy vakuolalar bor. Xloroplastlar epiderma hujayralarida
uchramaydi. Bu hujayralarning po’sti esa hamma joyda bir xil qalinlashmaydi,
bundan
tashqari kutin qavati, mum qatlami yoki mayda tukchalar zich bo’lib
joylashgan. Tukchalar oddiy va bezli bo’ladi. Bezli tuklarda efir moylari’ kislotalar
va fermentlar mavjud. Bu tukchalar ham himoya vazifasini bajaradi. Epiderma
tashqi muhit bilan maxsus og’izchalar yordamida bog’lanadi. Og’izchalar orqali gaz
almashinuvi va suv bug’latish kabi muhim hayotiy jarayonlar amalga oshadi.
Og’izchalar ikkita loviyasimon hujayralardan va ular o’rtasida joylashgan hujayra
oralig’i og’izchadan iborat. Og’izchalar atrofida joylashgan epiderma hujayralari
ko’pincha boshqa hujayralardan farq qiladi va ular og’izchaning
yordamchi
hujayralari deyiladi. Loviyasimon hujayra bilan birga yordamchi hujayralar
murakkab og’izcha apparatini hosil qiladi. Og’izchaning ustki va ostki tomonlarida
oldingi va keyingi druzlar hamda og’izcha tagida havo bo’shlig’i joylashgan.
Og’izchalarning ochilib va yopilib turishi ichki va tashqi omillarga bog’liq. Tashqi
omillardan biri o’simlikni suv bilan ta'minlanganlagiga qarab og’izchalarning
ochilishi va yopilishi kuzatiladi. Loviyasimon hujayralarning harakati turgor va
plazmoliz hodisalariga ham asoslangan.
Epidermis hujayralari orasida ko’pgina yoriqsimon
teshiklar ustitsalar bor,
ular o’simliklar tanasidan suv bug’lanishi va ular ichiga gazlar kirishi uchun xizmat
qiladi. Ustitsalarni hosil bo’lishida xloroplast bo’lgan ikkita yirik, dukkaksimon
hujayra kattalashadi. Uchlari bilan bir-biriga birikkan va o’rta qismi erkin bo’lgan
bu hujayralar qamrovchi hujayralar deb ataladi. Ustitsa yorig’ini
kengaytirish va
toraytirish xususiyatiga ega. Qamrovchi hujayralarning turgor holati kuchaysa
ustitsalar ochiladi, bosim kamaysa u yopilib qoladi.
Dostları ilə paylaş: