(1) Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan
tashqari boshqa kelib
tushgan mablag`lar summasiga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 019 – «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari» subschyoti;
Kredit 049 - «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari tushumi» subschyoti.
(2) Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa kelib
tushgan mablag`lar qaytarilganda bu qaytarilgan mablag`lar summasiga
g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 049 - «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari tushumi» subschyoti;
Kredit 019 – «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari» subschyoti.
(3) Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa kelib
tushgan mablag`lar «Byudjet mablag`lari oluvchilarning
byudjetdan tashqari
boshqa mablag`lari tushumi va ishlatilishi natijasi» subschyotiga o`tkazilganda bu
o`tkazilgan summaga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 049 - «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari tushumi» subschyoti;
Kredit 099 – «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari tushumi va ishlatilishi natijasi» subschyoti.
Daromadlar
hisobi
bo`yicha
23402
balans
nomerli
bank
tranzit
hisobvaraqlaridan byudjetga ortiqcha to`lovlar qaytarilgan yoki ortiqcha
o`tkazilgan soliqlar, yig`imlar yoki boshqa majburiy to`lovlar
boshqa soliq turi
yoki byudjetga majburiy to`lov turlari bo`yicha kamomadni to`lash hisobiga
o`tkazilgan holatda buxgalteriya provodkalari rasmiylashtirilmaydi.
Byudjetda to`lovlarni hisobga olish va ularni qaytarish tartibi O`zbekiston
Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq belgilanadi. Yuridik va jismoniy
shaxslarning byudjetga ortiqcha to`langan summalarining qaytarilishi bo`yicha
yozgan arizalari soliq organiga kelib tushadi. Soliq organi to`lovchilarning shaxsiy
hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar asosida ko`rsatilgan to`lov bo`yicha to`lovchida
ortiqcha to`langan summaning mavjudligi to`g`risida xulosa beradi va ko`rsatilgan
summani byudjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to`lovlar hisobiga o`tkazish to`g`risida
qaror qabul qilish uchun to`lovchining arizasi bilan birga Moliya organiga yuboriladi.
Soliq organida shaxsiy hisobvaraq Yuritilmaydigan to`lovlar va soliqlar bo`yicha xulosa
Moliya
organi tomonidan, shaxsiy hisobvaraq Yuritilmaydigan to`lovlar va soliqlarni
to`lovchi tomonidan to`lab qo`yilganligini tasdiqlovchi to`lov hujjatlari asosida
tayyorlanadi va tegishli g`aznachilik organi bu xulosa beriladi.
Fuqarolarning soliqlar va yig`imlarga o`tkazgan ortiqcha summalarini qaytarish
O`zbekiston Respublikasi bank muassasalarida bu
fuqarolar tomonidan maxsus
ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga ortiqcha to`langan summalarni o`tkazish yo`li
bilan amalga oshiriladi.
Mazkur byudjetga ortiqcha yoki noto`g`ri kelib tushgan mablag`lar tegishli
Yuridik yoki jismoniy shaxslar qaytarilganda bu qaytarilgan summaga g`aznachilik
organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
Kredit 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki
Kredit 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti.
Daromadlarni qaytarish byudjet daromadlari tasnifining hisobga o`tkazilgan
bo`linmasi bo`yicha, agar me’yoriy hujjatlar bilan boshqa tartib nazarda tutilmagan
bo`lsa, amalga oshiriladi. O`tgan yili ortiqcha tushgan va bekor qilinishi natijasida joriy
yilda tushishi ko`zda tutilmagan hamda boqimanda hosil bo`lishi va to`lovchilarda
mablag` yo`qligi natijasida joriy yilda kelib tushmagan summalar bo`yicha byudjetga
to`lovlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tasnifining 12- «Yig`imlar
va har
xil nosoliq daromadlar» bo`limining 25- «Boshqa tushumlar» paragrafi bo`yicha
qaytariladi.
Buxgalteriya xizmati to`lovlarning har bir turi bo`yicha tugagan oyda tushgan
va qaytarilgan daromadlar haqidagi ma’lumotlarni har oy tegishli soliq organlari bilan
solishtirib boradi. Tushgan va qaytarilgan to`lovlar haqidagi ma’lumotlarni solishtirishda
aniqlangan tavofutlar bartaraf еtiladi.
Dostları ilə paylaş: