3-Mavzu : Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi


Daromadlarning analitik hisobi



Yüklə 278,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix16.12.2023
ölçüsü278,91 Kb.
#181983
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
3-ма\'ruza

 
Daromadlarning analitik hisobi 
G`azna hisobvaraqlariga kelib tushgan daromadlar va aniqlanmagan 
tushumlar summalarining analitik hisobi «Byudjet mablag`lari bo`yicha 
daromadlar va tushumlar hisobi kitobida (5-k–shakl) еlektron shaklda olib boriladi. 
Davlat byudjeti daromadlarining analitik hisobi asosida, bu hisob qaysi organga 
yuklatilganligidan qat’iy nazar, byudjet daromadlari tasnifi yotadi. Analitik hisob 
daromadlarning har bir turi bo`yicha alohida-alohida byudjet daromadlari tasnifining 
har bir bo`limi bo`yicha olib boriladi. 
«Byudjet mablag`lari bo`yicha daromadlar va tushumlar hisobi kitobi» (5-k–
shakl) еlektron shaklda еmas, balki odatiy tartibda Yuritilishi quydagicha bo`ladi. 
Uning «mundarija» qismida, mazkur byudjetga kelib tushadigan daromadlarning 
barcha turlari, Ya’ni byudjet tasnifining bo`limi, bobi va paragrafi, daromadning 
har bir turining to`liq nomi va kitobda daromadning u yoki bu turiga berilgan kitob 
varaqlarining raqami ko`rsatiladi. 
Memorial order va kelib tushgan daromadlar to`g`risidagi ma’lumotnomalarga 
asosan bu kitobning «Kredit» ustuniga, har bir daromad turi uchun belgilangan 
qatorlar bo`yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari va daromadlaridan ortiqcha 
ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida qator bo`yicha yoziladi. Noto`g`ri yoki 
ortiqcha tushgan daromadlar, «Debet» ustunida xronologik tartibda yoziladi. Bu 
yozuvda memorial orderning tartib raqami, daromadlarning bo`limi, bobi, paragrafi 
hamda summasi ko`rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu operasiyalar bir xil 
alomatlarga еga bo`lgan daromadlarning qaytarilgan summalari bo`yicha 
operasiyalar debet «Oy bo`yicha jami» ustunining tegishli qatorlarida, har bir daromad 
turi bo`yicha qaytarilgan umumiy summalar tartiblashtiriladi, so`ngra joriy oy bo`yicha, 
yil boshiga va 040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti bo`yicha jami hisoblab 
chiqiladi. Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo`yicha yil boshidan buyon 


tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan yil uchun qayta 
hisoblashlar bo`yicha yil boshida qaytarilganda) hosil bo`lgan manfiy qoldiq «Yil 
boshidan jami» ustuniga qizil siyoh bilan yoziladi. Aniqlanmagan tushumlar 
summasi «Byudjet mablag`lari bo`yicha daromadlar va tushumlar hisobi kitobi»ga 
(5-k–shakl) 041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti bo`yicha yoziladi. 
Kitobning bir varag`idagi qatorlar soni oylik operasiyalarni yozish uchun etarli 
bo`lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo`yicha kitobning keyingi 
varaqlaridan foydalaniladi.

Yüklə 278,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin