3-Mavzu : Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi



Yüklə 278,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix16.12.2023
ölçüsü278,91 Kb.
#181983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3-ма\'ruza

 
 
3.2.G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari hisobini tashkil 
etishning о‘ziga xos xususiyatlari.
O`zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to`g`risida»gi qonuniga muvofiq davlat 
byudjeti daromadlari: (1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig`imlar, bojlar va 
boshqa majburiy to`lovlar; (2) davlatning Moliyaviy va boshqa aktivlarini 
joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; (3) 
qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadYa еtish huquqi bo`yicha davlat 
mulkiga o`tgan pul mablag`lari; (4) Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek 
chet еl davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; (5) rezident-Yuridik 
shaxslarga va chet еl davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga 
tushadigan to`lovlar hamda (6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 
O`zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va to`lovlar amal qiladi: 
1) umumdavlat soliqlari; 
1)
mahalliy soliqlar va yig`imlar. 
Umumdavlat soliqlari tegishli byudjetlar o`rtasida har yili byudjet to`g`risidagi 
qonunda belgilanadigan me’yor bo`yicha taqsimlanadi.
 
Qoraqalpog`iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig`imlar O`zbekiston 
Respublikasining Soliq kodeksi, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun 
hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan 
tartibga solinadi. 
O`zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to`g`risida»gi qonuniga muvofiq 
respublika byudjeti daromadlari: (1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va 
normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig`imlari, bojlari va boshqa majburiy 


to`lovlar; (2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo`yicha davlat Moliyaviy 
va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan 
daromadlar; (3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadYa еtish huquqi 
bo`yicha davlat mulkiga o`tgan pul mablag`lari; (4) Yuridik va jismoniy 
shaxslardan, shuningdek chet еl davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul 
tushumlari; (5) rezident-Yuridik shaxslarga va chet еl davlatlariga berilgan byudjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to`lovlar hamda (6) qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 
O`zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to`g`risida»gi qonuniga muvofiq 
Qoraqalpog`iston Respublikasining respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar 
daromadlari: (1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq 
Qoraqalpog`iston 
Respublikasi 
byudjetiga 
va 
mahalliy 
byudjetlarga 
yo`naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa majburiy to`lovlar; 
(2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog`iston 
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga o`tkaziladigan umumdavlat 
soliqlari, yig`imlari, bojlari va boshqa majburiy to`lovlar; (3) qonun hujjatlarida 
belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini joylashtirish, 
foydalanishga berishdan olingan daromadlar; (4) qonun hujjatlariga muvofiq meros 
olish, hadYa еtish huquqi bo`yicha davlat mulkiga o`tgan pul mablag`lari; (5) 
Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotasiYalari, byudjet subvensiYalari va 
byudjet ssudalari; (6) Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet еl 
davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari hamda (7) qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 
Davlat byudjetiga kelib tushgan umumdavlat soliqlari, yig`imlari, bojlari va 
boshqa majburiy to`lovlar O`zbekiston Respublikasi banklari tomonidan qabul 
qilinadi va belgilangan tartibda 23402 «Respublika byudjeti mablag`lari» 
hisobvarag`iga kirim qilinadi. 
Davlat byudjetining 23402 «Respublika byudjeti mablag`lari» hisobvarag`iga 
kelib tushgan soliq va boshqa to`lovlar hisobidan belgilangan tartibda va miqdorda
tegishli banklarda ochilgan mahalliy byudjetlarning g`azna hisobvaraqlariga 
ajratma qilinadi. 
Maktabgacha bolalar tashkilotlarida bolalarining ovqatlanganligi uchun ota-
onalarning badallari va byudjet mablag`lari oluvchilar xodimlarining ijtimoiy 
to`lovlarini qoplash uchun kleib tushgan mablag`lar g`azna hisobvaraqlariga kirim 
qilinadi. 


Byudjet mablag`lari oluvchilarning o`tgan yillarda paydo bo`lgan kreditor 
qarzlarning joriy Moliya yilida kelib tushgan summasi hamda muayYan joriy 
Moliya yilida paydo bo`lgan debitor qarzlarning summasi g`azna hisobvaraqlariga 
kirim qilinadi.
Tegishli g`aznachilik organlarining g`azna hisobvaraqlari bo`yicha har kuni 
beriladigan bank muassasasining ko`chirmalariga ilova qilingan to`lov hujjatlari, 
mazkur byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asosiy hujjat bo`lib 
xizmat qiladi.
G`azna hisobvaraqlariga kelib tushayotgan byudjetlarning daromadlari hisobi 
har bir daromad turi bo`yicha tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida Yuritiladi. 
G`azna hisobvaraqlariga kelib tushayotgan byudjetlarning daromadlari hisobi 
byudjet tasnifining bob va paragraflari bo`yicha Yuritiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ularning 
bajarilganligi haqidagi belgisi bo`lgan to`lov hujjatlarining nusxalari, mahalliy 
byudjetlarga yo`naltiriladigan umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy 
byudjetlar ajratmalar vedomosti mahalliy byudjet hisobvarag`idan ko`chirmalar 
bilan birga hamda tijorat banklari va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
muassasalarining hisobotlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shakllar va 
boshqalar byudjet daromadlarini buxgalteriya hisobida qayd qilish uchun xizmat 
qiladi. 
O`zbekiston Respulikasi bank muassasalaridan ko`chirma olingandan so`ng 
g`aznachilik organi ko`chirmaga ilova qilingan hujjatlarni sinchiklab tekshirib 
chiqishi kerak. Mazkur byudjet bo`yicha tushgan summalarni o`tkazilishi 
to`g`riligini aniqlash va tushgan summaning byudjet tasnifining qaysi bo`linmasiga 
kiritilishini aniqlashi lozim. Kunlik tekshirilgan hujjatlar daromadlar turlari 
bo`yicha guruhlanadi va byudjet tasnifining har bir bo`linmasi bo`yicha umumiy 
summalari avval bir kunda «G`azna hisobvarag`iga kelib tushgan daromadlar 
to`g`risida ma’lumotnoma»ga (3-shakl), so`ngra «Byudjet mablag`lari bo`yicha 
daromadlar va tushumlar hisobi kitobi»ga (5-k–shakl) qayd qilinadi. 
Mazkur byudjet daromadlariga tushgan summalarga taalluqligiga etarli asoslar 
bo`lmaganda yoki tushgan summa daromadlar tasnifining qaysi bo`linmasiga 
o`tkazilishini aniqlashning imkoni bo`lmasa, bu summalar «Aniqlanmagan 
tushumlar» subschyotiga yoziladi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetiga, 
Qoraqalpog`iston 
Respublikasining respublika byudjetiga va mahalliy byudjetlarga tushuvchi 


daromadlar, quyidagi ikkinchi tartibli schyotlari (subschyotlari) bo`lgan, 04 passiv 
birinchi tartibli schyotda hisobga olinadi: 
040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti; 
043 – «Yuqori byudjetning prognoz ko`rsatkichlarini oshirib bajarilishidan 
mahalliy byudjetlarga kelib tushgan daromadlar» subschyoti; 
044 

«Respublika 
g`azna 
hisobvarag`iga 
respublika 
byudjeti 
hisobvaraqlaridan mablag`lar tushumi» subschyoti 
047 - «Byudjetga o`tkazilishi lozim bo`lgan mablag`lar tushumi» subschyoti; 
048 - «Ijtimoiy nafaqalar to`lovi uchun byudjetdan tashqari Pensiya fondi 
mablag`larining tushumi» subschyoti; 
049 - «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa 
mablag`lari tushumi» subschyoti. 

Yüklə 278,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin